O`zbekiston respublikasi


«Ostonangga nochor o`ldimda-keldim»



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/74
tarix14.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#65145
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

«Ostonangga nochor o`ldimda-keldim», deb yopishib olasiz. Yo «Gadolardan 
biri»misiz? 
Dadajon:-Sizning ham o`yinchiligingiz hech qolmadi-da! «Noz etma» desa 
bo`ldi-yo`rg`alab ketaverasiz. Har narsa evi bilan-da, «Kam-kam» bo`lsin.
Mahmudjon: - Sizdaqa bekorchi - «Eshvoy»lardan o`rgildim, yana otingizni 
«Abdurahmonbegi» qo`yvopsiz-a! 
Dadajon:-Sizga birov «Assalom» desa bo`ldi, to`yga borib «Tong otguncha» 
yalla qilasiz. 
Mahmudjon: - Keling endi, Dadajon, «Qachongacha», «Daromadi 
ushshoq» qilib yurasiz. Tegishli tashkilotlar ham bizga «Nazzora qil»ar! 


86 
Dadajon:«Koshki» edi. Bizga ham g`amxo`rlik qiladiganlar «Bormikin» ?!
Mahmudjon: - «Bu oqshom» filarmoniyaga keling, gaplashdim, «Yaxshi-
Yaxshi» deyishdi. 
Dadajon:-Ana endi biz ham «Obod o`lkamdagi» «Mehnat ahli» ning 
«Rohat»ini ko`rar ekanmiz -da. 
Mahmudjon: - endi bundan keyin «Oydin ko`chalar»da «Qichqir 
xo`rozim»ni aytishni bas qilarsiz.
Dadajon:-Siz ham bundan keyin sharmanda bo`ldim «Naylayin» deb 
yurmassiz! 
Ijro etilgan payrovdagi ashula nomlari tanqid qilingan belgi-sayoqlikni fosh 
etadi. Aniqrog`i, to`yma-to`y yuradigan taqlidchi hofizlarni hajviy kulgi ostiga oladi.
Askiyaning «Safsata», «O`xshatdim», «Gulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz?», 
«Bo`lasizmi?», «Qofiya» «Radif» kabi namunalari, asosan, dialog shaklida davom 
etadi. Savol-javoblarning har biri kichik hajmdagi epizodlardan iborat bo`ladi.
Askiyaning «O`xshatdim» turida tanqidga mo`ljal bo`lgan askiyaboz kulgili 
narsa yoki jonivorga o`xshatiladi. Unga qarshi tomon ham shu xilda javob qaytaradi.
Askiyaning «Safsata» turi tarafkashlarning piching yo`lida aytgan hazili 
shaklida kechadi. Askiyaning «Bo`lasizmi?», «Gulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz?» 
turlari shaklan «O`xshatdim»ga yaqin turadi. «O`xshatdim» turida tortishuv-
o`xshatish mantiqiy xulosaga etgunga qadar cho`ziladi, keyin o`xshatilgan askiyaboz 
o`z raqibini o`xshatadi. O`xshatishdan maqsad maishiy-ijtimoiy hayotda g`ov bo`lib 
kelayotgan kamchiliklarni fosh etishdan iboratdir. 
«Tutal», «Rabbiya», «Afsona» kabi askiya turlari ba`zi bir xususiyatlari bilan 
birinchi va ikkinchi turlarga yaqin. Tutal ko`pincha she`riy usulda aytilishi bilan 
ajralib turadi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin