83
1.
I. Karimov «Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch». – T.: Ma`naviyat»,
2008. – 176 b.
2.
I. Karimovning «Alpomish» dostonining 1000 yilligi yubileyida so`zlagan
nutqi. «Xalq so`zi» gaz. 1999, 9 noyabr.
3.
I. A.Karimov «O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida». – T.:
«O’zbekiston», 2011. – 440 b.
4. Safarov O. O`zbek xalq og`zaki ijodi. – T.: «Musiqa»
nashriyoti, 2010. 5-70-
betlar.
5. Madayev O. Sobitova T. Xalq og`zaki poetik ijodi. – T.: «Sharq» NMAKBT,
2010, 159-262-betlar.
6. Masharipova Z. O`zbek xalq og`zaki ijodi. – T.:2008, 24-40-betlar.
7. O`zbek folklori ocherklari. 1-jild. – T.: «Fan», 1988. 25-35-betlar.
A S K I YA
REJA:
1. Askiyaning maydonga kelishi.
2. Askiya turlari.
3. Askiya musobaqasi.
4. Mashhur askiyachilar.
5. Askiyaning tarbiyaviy ahamiyati.
Askiya o`zbek xalq og`zaki ijodigagina xos bo’lgan milliy janrdir. Dunyodagi
boshqa xalqlarda askiya janri mavjud emas. Bu janrning atamasi folklorshunos
olimlarning ta’kidlashicha arabcha
«zakiy» so`zidan olingan. Ko`plikdagi
«azkiyo»
so`zi keyinchalik
«askiya» shakliga o`tgan. Bu so`z so`zamol, zakovatli, o`tkir zehnli
degan ma`nolarni anglatadi. Askiya ijrochilari askiyaboz, askiyachi deb yuritiladi.
Askiya - so`z o`yini, ko`chma ma`noli so`z va jumlalarni ilg`ab olish, unga
javob
topa bilish, shama qilish san`atidir. Masalan, Namangan
davlat universiteti
professori o’zbek folklorining zukko bilimdoni Odijon Nosirov ham askiyani nozik
tushinuvchi insonlardan biri edi. O’tgan XX asrning 90- yillari edi. Namanganning
mashhur bog’i markazidagi “Beshchinor” choyxonasida tushlik qilib o’tirgag edik.
Qo’shni so’rida domlani juda yaxshi taniydagalar-“Navbahor” futbol jamoasining
muxlislari o’tirishar va bugun bo’ladigan o’yin haqida bahslashar edilar. “Navbahor”
sobiq ittifoqning birinchi ligasida o’ynar edi. Bugungi
uchrashuv Stavropolning
“Rotor” jamoasi bilan bo’lar edi. Tabiiyki, domla futbol ishqibozlari bilan salom-alik,
hol-ahvol so’rasib, bugungi o’yin haqida so’radilar. Shunda shadod ishqibozlardan
biri sho’hlik bilan:
84
- Domla, bugun “Rotor”ning oyog’ini osmondan qilamiz, - dedi hazillashib.
- “Rotor”ning oyog’ini osmondan qilolmaysizlar, buninig iloji yo’q, - kulib
javob qaytardilar, domlamiz. Hamma hayratlanib jim qoldi. Kamina ham hayratimni
yashiraolmasdim. Axir sevimli jamoamizning g’alabasini
kim ham xohlamaydi
deysiz.
- Nimaga? – ishqibozning navbatdagi bu savoliga domla kulib, quyidagicha
javob berdilar:
- Chinki “Rotor”ning oyog’ini osmondan qilsangiz ham “Rotor” bo’ladi.
Zukko domlamiz hech kimning xayoliga kelmagan fikrni nazarda tutib askiya
qilayotgan ekanlar. Ya’ni “Rotor” so’zining yozilishinidan,
har ikka tarafdan bir xil
o’qilishini hisobga olib, so’z o’yini qilgan ekanlar. Odiljon Nosirov ham boshqa
ko’plab namanganliklar qatori sevimli jamoamiz “Navbahor’ga ishqiboz edilar.
Ammo, avvalo, filolog olim ekanliklari, qolaversa, gap kelganda otangni ham ayama
degan qoidaga amal qilgan ekanlar. Bu esa samimiy kulgiga sabab bo’ldi.
Askiyabozlar tarafma-taraf bo`lib olib, qochirma so`zlar bilan askiya
boshlaydilar,
tinglovchilar
u
yoki
bu
tomonning
so`zga
chechanligi,
hozirjavobligidan mamnun bo`lib kuzatadilar. Tomonlardan
biri ustun kelganda,
kulgi qahqahaga aylanadi. Tinglovchi ishqibozlar o`sha tomonni ma`qullab, qarsak
chalib olqishlaydilar.
Askiya hozirjavoblar musobaqasi ekan, so`zga chechanlik uning mahorat
mezoni hisoblanadi. Askiya davomida askiyabozlarning zukkoligi, chandish,
badihago`ylik san`atiga moyilligi hal qiluvchi vazifani ado etadi. Askiyabozning
mana shu xususiyati tortishuvda zarur va kerakli so`zlarni topa bilish, o`z o`rnida
ishlatish mahoratini namoyon qiladi. Demak, askiyachi so`zga chechan, zukko va
dunyoqarashi keng, bilimdon bo`lishi shart.
Askiya kompozitsiyasi tugallangan ikki fikrning bir-biriga qarshi qo`shilishdan
tashkil topadi. Har bir fikr o`ziga xos tugun va echimga ega. Qarshi qo`yilgan fikrlar
o`zaro bir-birini inkor etishi yoki tasdiqlashi, kuchaytirishi lozim. Ana shu fikrlar
asosida satira va yumor mavjud. Demak, har bir askiyada ikki xil kulgi
ramziy yoki
ko`chma ma`noda aytilgan so`z yoki ibora asosida yuzaga keladi. Chunki
askiyachilarning biri tomonidan yaramas illatlar ochiladi va zaharxanda kulgi
ko`tariladi. Kulgining ikkinchi xilida askiyachilardan biri noqulay holatga tushib
qoladi. Bu kulgi- yengil, beg`ubor yumoristik ruhdagi kulgini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: