O`zbekiston respublikasi



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/74
tarix14.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#65145
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   74
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

Choy, Choy, Choy momo, 


78 
Choy momosi o`libdi, 
O`g`li yetim qolibdi, 
Bosa-bosa beringlar, 
Bosilib qolsin bu shamol. 
Uga-uga beringlar, 
Ugilib qolsin quv shamol.
Allohu, Allohu. 
Kuzgi marosim folklori orasida shamol chaqirish alohida ajralib turgan. Bu 
marosimning Farg`ona vodiysi, Toshkent, Jizzax, Samarqand va Buxoro atroflarida 
aytiluvchi qo`shig`ining 4 misrasigina saqlanib qolgan, xolos.
Haydar, ota-onang o`libdir, 
Moli senga qolibdir. 
Bolang suvga oqibdir, 
Shamolingni qo`yvor. 
Qo`shiqda shamol homiysi sifatida murojaat qilinayotgan Haydar Muhammad 
alayhissalomning kuyovi Hazrat Alining nomlaridan biridir.
Agar qish, yoz, bahor, kuz fasllari bilan bog`langan Navro`z, Mehrjon, Hosil 
bayramlarini umumxalq nishonlaydigan marosimlar deb atasak, nikoh, sunnat, murt, 
beshik to`ylari, aza marosimlarini oilaviy chegara bilan belgilaymiz. 
Shox moylar marosimi bahor faslida dalaga qo`sh chiqarilganda o`tkazilgan. 
Odatda qishloq oqsoqollari bu marosimga bosh-qosh bo`lsalarda, butun qishloq 
aholisi faol ishtirok etgan. Marosim o`tkaziladigan paytda oqsoqol barcha 
to`planganlarga «Ishlaringga, boshlaringga kushoyish bersin; tanisihatlik, 
xotirjamlikni bersin; xudo yor, pirlar madadkor bo`lsin, Bobo dehqonning o`zi 
tarbiyat qilsin» deb duo qilgan. Shundan keyin qo`shga olib chiqilgan ho`kizlarning 
shoxlariga «Yomon ko`z tegmasin» deb zig`ir moyi surtiladi hamda yomon ruhlardan 
pok bo`lsin, deb isiriq solinadi.
Bahor faslida Sharq xalqlarida, jumladan, o`zbeklar orasida qadim-qadimdan 
Navro`z bayrami keng nishonlangan. Navro`z bahorgi teng kunlik 21 martdan 
boshlanib 25 martgacha davom etgan. Navro`z bayrami haqida juda ko`p afsona va 
rivoyatlar to`qilgan. Hatto yozma adabiyotimiz tarixida ham Navro`z bilan bog`liq 
baytlarni ko`plab uchratamiz. Masalan, Nosiriddin Rabg`uziy shunday yozadi:

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin