O`zbekiston respublikasi


Vo`y-vo`y, shuginaga kim lab burdi?



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/74
tarix14.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#65145
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

Vo`y-vo`y, shuginaga kim lab burdi? 
Yig`lama, oppoqqinam, 
Boshimdagi qalpoqqinam. 
Bolalar qo`shiqlari ham bolalar folklorlarining asosiy qismini tashkil qiladi. Bu 
qo`shiqlar aksariyat harakatli o`yinlar paytida ijro etiladi. SHu o`rinda hammamizga 
qadrdon bo`lgan «Oq terakmi, ko`k terak?» qo`shig`ini eslatish muhimdir. 
Shuningdek, «Boychechak», «Oftob chiqdi olamga», «Laylak keldi» kabi bolalar 
mavsumiy qo`shiqlari ham mashhur ekanligini ta`kidlash lozim. 
Yomg`ir yog`aloq, 
Echki tuvaloq. 
Boyning xotini,
Qorni yumaloq… qo`shig`ida hazil- mutoyiba sezilib turadi.
Hukmlagichlar ham qadimgi ajdodlarimizning totemistik e`tiqodlariga 
daxldor marosim qo`shiqlarining davrlar o`tishi bilan ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot 
ta`sirida o`zgarishlarga uchrab, asta-sekin bolalar repertuariga o`tib, bolalarcha 
muShoxadakorlik asosida qaytadan sayqallanib, yangi motivlar, yangi timsollar 
hisobiga to`lishib, ularning mavsum, marosim she`riyatida barqarorlashgan 
namunalari sanaladi. 
Jonivorlarga, parrandalarga, qurt-qumursqalarga, o`simliklarga nisbatan 
to`qilgan, fol ochish, sehr-jodu qudratiga ega deb bilish va hokazolar hukmlagichlar 
mohiyatini belgilaydi. Aytishuvlarning kompozitsion asosini savol-javob tashkil 
etadi. Savol-javob bolalarning hali o`zlariga noma`lum voqelikni o`rganish, 
o`zlashtirish, qolaversa, kashf etish yo`llari bo`lib, o`ynoqi ritmga solinganligi tufayli 
poetik mohiyat kasb etadi.
Tegishmachoqlar qofiyadosh laqablardan o`sib chiqib, bolalarning bir-
birlariga va kattalarga hazilkashliklari, tegishishlaridan tug`iladigan goh mutoyibali, 
goh mulozamatli, goh madhiyali yumoristik badihalar hisoblanadi. Ular tuzilishi 
jihatdan ixcham: ikki, uch, to`rt, besh, olti va sakkiz satr atrofida bo`ladi. 
Tegishmachoqlarning quyidagi turlari mavjud: 1. Laqab - tegishmachoqlar. 2.
Portret - tegishmachoqlar. 3. Epigramma - tegishmachoqlar. 4. Uyaltiruvchi - 
tegishmachoqlar.


74 
Sanamachoqlar keng tarqalgan o`yinboshi badihalari bo`lib, o`yin boshlanishi 
oldidan navbatda turuvchini aniqlash, galda qoluvchini belgilash vazifasini bajaradi. 
Ular o`yinda kompozitsion qismining asosi bo`lolmasalar - da, muqaddima sifatida 
uning kompozitsion qismini tashkil etadi va o`sha o`yinning umumiy yo`nalishiga 
poydevor quradi. Sanamalarda sanash ohangi qo`l yoki oyoq harakatlari bilan 
to`ldirilib, tasdiqlanib turiladi. eng so`nggi so`z kimning chekiga tushsa, o`sha 
navbatda qoladi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin