Yaxshini topgoning qani?» deb «Tanovor» kuyida aytiladigan qo`shiq bor. Unda oq ilonning oydinda
yotishi haqida fikr bildirilgan. Bu qo`shiqni ijro etadigan o`zbeklarning ko`pchiligi
«Oq ilonning oydinda yotishi» ma`nosini bilmaydilar. Olimlarning qayd etishicha,
qadimgi rivoyatlarga ko`ra oq ilonning oydinda yotganini ko`rgan har bir kimsa
baxtli bo`lar ekan. Mazmuni izohlanayotgan mazkur qo`shiqda ana shu rivoyatga
ishora mavjuddir. Qo`shiqda oq ilonning oydinda yotmagani bilan qo`shiq
to`qiyotgan shaxsning baxtli bo`lolmagani paralell qo`yiladi. O`z sevgilisiga etisha
olmagan kimsa ruhan bu dunyoda baxtli odamning umuman yo`qligini ta`kidlashga
harakat qiladi. Agar biz:
Men bu erda o`t yoqsam, Andijonda tutuni, Bu dunyoda bormikan yurak bag`ri butuni. Bu dunyoda bor bo`lsa, yurak bag`ri butuni, Qog`ozdan o`choq yasabo, guldan qilay o`tini. deb kuylanuvchi qo`shiqni esga olsak, fikrimizning to`g`riligi yanada aniqroq
ko`rinadi.
Ma`lum bo`ladiki, xalq qo`shiqlarida inson tabiatiga xos bo`lgan ichki
kechinmalarni ifodalashga urinish yaqqol seziladi. Mumtoz adabiyotimiz vakillaridan
ayrimlari va XX asrda ijod etgan adiblarimizning ko`pchiligi o`z xotiralarida, badiiy
asarlarda, maqola va tadqiqotlarida xalq qo`shiqlarining aynan ana shu fazilatlarini
bo`rttirib ko`rsatishni ma`qul ko`rganlar.
Lirik qo`shiqlar ularning boshqa turlari kabi qadim tarixga egadir. Xususan,
ikki yoshning dil so`zlari ifodalangan dastlabki qo`shiq namunalari Mahmud
Koshg`ariyning «Devonu lug`atit-turk» asarida ham uchraydi. Navoiyning xalq
qo`shiqlaridan keltirgan namunalarida ham, bizningcha, o`ta ta`sirchan ruhiy vaziyat
o`z ifodasini topgan. Masalan ulug` mutafakkir o`zining aruz she`r tizimiga oid
«Mezon ul - avzon» asarida quyidagi misralarni keltirgan: