31
Kuzatishlar
shuni tasdiqlaydiki, lirik qo`shiqlarga oddiy ko` ngil ochish yoki
shunchaki vaqt o`tkazish vositasi sifatida munosabatda bo`lish aslo mumkin emas.
Chunki:
Yurakkinamning taftiga tandir qiziydi,
Ko`zginamning yoshiga o`rdak suziydi,
kabi misralarda qo`shiq to`qiyotgan shaxsning yuragida qatlanib yotgan alam
va dard ta`sirida jigaridan oqayotgan zardob belgilari namoyondir.
Shunday qilib lirik qo`shiqlarda xalqimizning
hissiyotlari badiiy
ifodasini topganligini alohida qayd etish lozimdir.
Mahmud Koshg`ariyning «Devonu lug`atit-turk» asarida Alp Er Tunga -
Afrosiyob vafoti bilan bog`liq marsiyalar keltirilgan. Bugungi kunda o`tkaziladigan
nikoh to`ylaridagi yor-yorlar, kelin salomlar ham oilaviy marosimlarga taalluqlidir.
Bu qo`shiqlarda xalq oila hayotida ro`y bergan ko`ngilli yoki ko`ngilsiz
voqeaga
nisbatan o`z munosabatini bildirganiga guvoh bo`lamiz. Agar «Yor-yor» va «Kelin
salom»larda xursandchilik kayfiyati etakchi bo`lsa, marsiyalarda inson boshiga
tushgan kulfatning naqadar og`irligi ifodalanadi.
Inson hayoti davomida muttassil mehnat bilan shug`ullanadi. Chunki haqiqiy
ma`nodagi inson uchun faqat mehnat turmush kechirish manbai hisoblanadi. Qadimgi
zamonlarda ham shunday bo`lgan,
hozir ham Shunday, bundan keyin ham shunday
bo`ladi. Shuning uchun xalq qo`shiqlarining salmoqli qismini mehnat bilan bog`liq
namunalar tashkil etadi. Folklorshunos olimlar mehnat qo`shiqlari o`z tarkibida ham
turlarga bo`linishini qayta-qayta ko`rsatib o`tganlar. Shartli ravishda ularni o`rim,
xo`p hayda, yorg`ichoq,
turey-turey, churiya, sog`im, kashta kabilarga ajratish
mumkin. Aslini olganda, bu qo`shiqlar
hunarmandlar, dehqonlar, chorvadorlar
mehnati bilan bog`liqdir. Shuning uchun ba`zi bir adabiyotlarda mehnat qo`shiqlari
chorvachilik,
dehqonchilik, hunarmandichilik kabi nomlari bilan ajratib ko`rsatiladi.
Bu qo`shiqlarning vujudga kelishi va ijro etilishi sabablarini mehnat jarayoni bilan
bog`lash maqsadga muvofiqdir. Chunki ajdodlarimizning shug`ullangan mehnat
turlarida muttasil ravishda takrorlanadigan zerikarli harakat ustun turgan. Odamlar bu
zerikarli mehnatni ma`lum darajada ruhiy jihatdan osonlashtirishni
istaganlar va
qo`shiq aytishni o`ylab topganlar:
Dostları ilə paylaş: