O`zbekiston respublikasi



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/74
tarix14.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#65145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

kelajagining poydevori» mavzuidagi nutqida og`zaki ijod asarlariga milliy mafkura 
tamoyillari singdirilgan ma`naviy qadriyatlar sifatida munosabatda bo`lish masalasiga 
alohida e`tibor berildi.
1997 yil 6 oktyabr’ kuni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
«Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»ni qabul qildi. Mazkur dasturda ham xalq 
og`zaki ijodi namunalari yosh avlodni milliy mafkura asosida tarbiyalashning asosiy 
manbalaridan biri sifatida baholandi. 
«Folklor» atamasi inglizcha so`zdan olingan bo`lib, «xalq donoligi», «xalq 
donishmandligi» ma`nolarini anglatadi. Bu atama birinchi marotaba 1846 yilda 
Vilyam Toms tomonidan qo`llangan va bugungi kunda jahon ilmu fanida xalq ijodi 
tushunchasini bildiradi. Masalan, biz «folklor» so`zini qo`llaganda xalq og`zaki 
ijodini nazarda tutamiz. Shu bilan birga «folklor» so`zi xalq amaliy san`ati, xalq 
me`morchiligi va boshqa sohalarni ifodalaydigan atamadir. Faqat har bir soha 
mutaxassisi folklor deganda o`z sohasini, masalan, biz xalq og`zaki ijodini, xoreograf 
xalq raqsini, musiqashunos esa xalq kuylarini nazarda tutadi. 



Folklor asarlarida xalq hayoti badiiy aks etadi. Shuning uchun xalq og`zaki 
ijodi so`z san`atining - badiiy adabiyotning og`zaki shakli sifatida o`rganiladi. Xalq 
og`zaki ijodining maqol, topishmoq, ertak, doston, tez aytish, sanamachoq, qo`shiq, 
askiya kabi janrlari bor. Xalqimiz tomonidan ming yillar davomida yaratilgan og`zaki 
ijod namunalari o`zbek xalqining tarixiy va qimmatli madaniy merosidir. Ayni 
kunlarda o`rganish va asrab avaylash qayta-qayta ta`kidlanayotgan xalq qadriyatlari 
tarkibida xalq og`zaki ijodi ham mavjuddir. Xususan, «To`maris», «Shiroq» kabi 
afsonalar, «Alpomish», «Go`ro`g`lining tug`ilishi», «Ravshan», «Oshiq G`arib va 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin