O`zbekiston respublikasi


Mansur Afzalov (1910-1973)



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/74
tarix14.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#65145
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

Mansur Afzalov (1910-1973) atoqli o`zbek baxshisi Islom Nazar o`g`li bilan 
uzoq yillar davomida hamkorlik qildi. Uning repertuarini, ijodini qunt bilan o`rgandi. 
Shoirdan «Orzigul» dostonini yozib olib, uni 1941 yilda nashr ettirdi. 


14 
Bu davrda folklorshunos Buyuk Karimov (1906-1945) ham o`zbek xalq 
ertaklari ustida samarali tadqiqotlar olib bordi. 1939 yilda «O`zbek xalq ertaklari»ni 
nashr ettirdi. Mazkur kitob ertaklar bo`yicha tuzilgan birinchi yirik to`plam edi. 
XX asr 30-yillarining 2-yarmida folklorning deyarli barcha janrlarini 
o`rgagishga va yozib olishga e`tibor kuchaydi. Sharif Rizo o`zbek xalq latifalarini 
to`plashga kirishdi va so`z boshi yozib, 1941 yilda 240 ta latifani 6 ta kitobcha 
holida nashr ettirdi. U «Guliston» jurnalining 1940 yil 4-sonida bosilgan maqolasida 
birinchi bo`lib qiziqchilar bilan askiyachilar bir-biridan farqlanadi deb yozadi. Olim 
maqolalarida Qo`qondagi bir guruh askiyachi va qiziqchilarning ijodiy faoliyatini 
yoritadi. 
XX asr 30-yillarining oxiriga kelib xalq dostonlariga jiddiy e`tibor berila 
boshlandi. H. Olimjon, M. Shayxzoda, Hodi Zarif, Shokir Sulaymon, M. Afzalov, 
B.Karimov, Y. Sultonov va boshqalar «Alpomish»,_«Shirin_bilan_Shakar»,_«Orzigul»,_«Murodxon»,_«Rustamxon»,_«Go`ro`g`lining_tug`ilishi»,_«Malika_ayyor»'>«Alpomish», «Shirin bilan Shakar», 
«Orzigul», «Murodxon», «Rustamxon», «Go`ro`g`lining tug`ilishi», «Malika 
ayyor» kabi o`zbek eposining eng yaxshi namunalarini nashr ettirib, o`quvchilar 
hukmiga havola etdilar. 
Ikkinchi jahon urushi davrida ham o`zbek folklorlarini o`rganish ishlari davom 
ettirildi. Bu yillarda yaratilgan ulkan tadqiqot, shubhasiz, V.M. Jirmunskiy bilan Hodi 
Zariflarning Moskvada 1947 yilda nashr etilgan, «O`zbek xalq qahramonlik eposi» 
kitobidir. Bu kitobda o`zbek folklorshunoslik fanining XX asr 40-yillariga qadar 
qo`lga kiritgan yutuqlari bir qadar umumlashtirilgan edi. Mazkur asar xalqimizning 
boy og`zaki badiiy ijodini dunyoga tanitishda asosiy rol o`ynadi va 1958 yilda 
Germaniyada nemis tilida bosilib chiqdi. 
1956 yil 20-25 sentyabrda Toshkentda «Alpomish» eposi muhokamasiga 
bag`ishlangan hududiy kengash bo`lib o`tdi. Kengashda «Alpomish» dostonining 
g`oyaviy mazmuni, xalqchilligi borasida qimmatli fikrlar bayon etildi. Bu ulkan 
eposning qozoq, qoraqalpoq, tatar, boshqird, oltoy, tojik tarmoqlari haqida jiddiy 
mulohazalar yuritildi. «Alpomish» dostoni zararli emas, aksincha, xalq uchun juda 
zarur, foydali asar ekanligi isbotlandi. 
1960-1980- yillarda o`zbek folklorini ilmiy-nazariy o`rganish sohasida juda 
ko`p va yirik tadqiqotlar amalga oshirildi. Bu davrga kelib xalq og`zaki ijodining 
badiiyati masalalarini tadqiq qilish birinchi darajali ish bo`lib qoldi. Atoqli 
folklorshunos olimlar Muhammadnodir Saidov «Malika ayyor» dostoni» (1964), 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin