4
Xalq og`zaki ijodi bilan yaqindan tanishish bu asarlarda inson tarbiyasiga oid
hech qanday bo`sh o`rin qolmaganligini ko`rsatadi. Xususan, ba`zi ertaklarda asar
qahramonining ziyrakligini tekshiruvchi topishmoqlar mavjud. Bir qator epik
asarlarda esa hayotda yomonlik qilgan shaxsning jazosiz qolmasligi ta`kidlanadi.
Bevosita yosh bolalarning tarbiyasiga oid masalalar ham xalq og`zaki
ijodi
namunalaridan sezilarli o`rin olgan. Bu o`rinda topishmoqlarda majoziy fikr
yuritilishini, tez aytishlarda nutq organlari shakllanishiga e`tibor berilganini, bolalar
qo`shiqlarida estetik tarbiya bilan jismoniy tarbiyaning uyg`un ekanligini nazarda
tutamiz.
Xalq og`zaki ijodi va xalq pedagogikasining
aloqasi haqida maxsus fikr
yuritilar ekan, o`rganilayotgan asarning ma`rifiy ahamiyatini ham e`tiborga olmoq
maqsadga muvofiqdir. Chunki xalq og`zaki ijodida katta o`rin tutuvchi doston va
ertaklar orqali yosh avlodga qadim zamonlarda quyosh, yer, suv, ot, tuya, yo`lbars,
baliq, qaldirg`och, behi, chinor kabi tushunchalarning muqaddasligi uqtirilgan.
Shuningdek, bunday asarlarda to`y, aza kabi marosimlar qanday o`tkazilishi haqida
aniq ma`lumotlar berilgan. Natijada doston va ertaklarni
tinglovchilar bir tomondan,
hayot, ikkinchi tomondan, badiiy ijod namunalari orqali milliy qadriyatlarimiz ruhida
tarbiyalanganlar. Bu esa bugungi kunda davlatimiz tomonidan alohida e`tibor
berilayotgan umuminsoniylikni va milliylikni, mustaqillik mafkurasi asoslarini
o`zlashtirish omili hisoblangan.
Akademik litsey talabalar yaqin kelajakda oliy o`quv yurtlariga o`qishga
kirishlarini va ko`plari maorif xodimlari bo`lib etishishini nazarda tutsak, og`zaki ijod
namunalarini o`rganishlari zarurligi aniq seziladi. Talabalar og`zaki ijod asarlarini
o`qish jarayonida faqat asar mazmuniga emas,
balki asar matnidagi mifik
dunyoqarash elementlariga, rasm-rusum o`tkazish tartiblariga ham e`tibor bermoqlari
lozimdir.
O`zbek xalq og`zaki ijodi namunalarida ilgari surilgan ezgu g`oyalar xalq
pedagogikasi bilan chambarchas bog`liqligi katta ahamiyat kasb etadi. Bundan
tashqari o`zbek folklori elshunoslik (etnografiya), shevashunoslik (dialektologiya), til
va adabiyot tarixi, madaniyatshunoslik, musiqa, adabiyot nazariyasi,
tilshunoslik,
tarix, arxeologiya kabi bir qator fanlar bilan ham uzviy aloqada bo`ladi.
Qadimgi davr folklori manbai bo`lmish
«Avesto», «O`g`uznoma», O`rxun-
Dostları ilə paylaş: