8
bo`lgan shaxs bajaradi. Ammo shaxs yaratgan dastlabki asar ko`rinishi
yillar
davomida og`zaki usulda ijro etilishi natijasida, xalqning boshqa iqtidorli farzandlari
tomonidan unga qayta-qayta o`zgarishlar kiritiladi, natijada jamoa ijodi sifatida
shakllanadi.
Olimlarning kuzatishlari
shuni tasdiqlayaptiki, hatto tinglovchilar ijro
davomida asardagi tasvirlanayotgan voqealarga nisbatan o`zlarining qiziqishlarini
bildirishlari orqali ham mazkur asar nusxasiga o`zgarishlar kiritar ekanlar.
O`ylaymizki, ana shu jarayonni ham folklordagi jamoaviylik belgisi bilan bog`lash
mumkin bo`ladi.
Binobarin, xalq og`zaki ijodida jamoaviylik va individual ijod
tushunchasi bir-birini inkor etmaydi.
Ommaviylik esa yaratilgan folklor
namunasining xalq vakillari istiqomat qiluvchi hamma
hududlarda tarqalishi bilan
bog`liqdir. To`g`ri, bu hududlar ba`zan tarixiy - etnografik jihatdan chegaralangan
bo`lishi mumkin. Masalan, doston, ertak, askiya va boshqa janrlardagi asarlar
O`zbekistonning hamma viloyatlarida bir xil ijro etilmaydi. Ammo shunga qaramay,
asarlar tarqalishidagi ommaviylik har bir namunaning o`zbek xalqi madaniy merosiga
taalluqli ekanini tasdiqlayveradi.
Dostları ilə paylaş: