Har narsadan suxan qimmat yoronlar,
Yaxshi so`zni qiling hurmat yoronlar,
Vaqtingizni qadrin bilib o`tkazing,
36
Baridan shu dam g`animat, yoronlar.
Bu dunyoda Shirin, do`stlar, tiriklik,
O`z tengingiz bilan suhbat yoronlar.
Yaxshiga yonashib odam ayiring,
Har nokasga bo`lmang ulfat, yoronlar.
Yaxshiman yomonni so`zman biladi,
Tildan chiqar dilga niyat, yoronlar.
Baxshilar repertuarida boylar, eshonalar, tekinxo`rlarni ayovsiz savalagan
satirik termalar ham tez-tez uchrab turadi. Jumanbulbul yaratgan manna bu terma
shunga Yaxshi misol bo`ladi:
Agar tuya bo`lganingda jo`ng bo`laring,
Otdan keyin, eshakman teng bo`laring,
Qantar og`may xarish bo`b ag`nab yotib,
Qarg`a bilan quzg`unga em bo`laring.
Agar yilqi bo`lganda o`tmas eding,
Bahong qirq besh, ellikka etmsa eding,
Har kim olsa o`zingni aynib berib,
Chir aylanib ovuldan ketmas eding.
Savollar:
1. Terma deb nimagan aytiladi?
2. Termalar qachon ijro etiladi?
3. Termalar qanday mavzularda yaratiladi?
4. Zamonaviy mavzuda yaratilgan qanday termalarni bilasiz?
5. Termalarning qanday tarbiyaviy ahamiyati bor?
ADABIYOTLAR:
1. .Karimov «Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch». – T.: «Ma`naviyat», 2008.
– 176 b.
2. I..Karimov «O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida». – T.:
«O’zbekiston», 2011. – 440 b.
3. Madayev O. Sobitova T. Xalq og`zaki poetik ijodi.Akad. litseylar uchun
darslik – T.: «Sharq», 2010.6– 12 - betlar.
4. Madayev, Omonulla. O’zbek xalq og`zaki ijodi. – T.: «Mumtoz so’z», 2010.–
228 b.
5. Safarov, Oxunjon. O’zbek xalq og`zaki ijodi. – T.: «Musiqa», 2010.– 368 b.
6. Masharipova Z. O`zbek xalq og`zaki ijodi. – T.: 2008.
7. O`zbek folklori ocherklari. 1-jild. – T.: «Fan», 1988. 264-272–betlar.
|