Birinchi yondashuv doirasida foyda va dividеndlar firmaning asosiy
ustuvorliklarini aks ettiruvchi boshlanqich maqsadli ko’rsatkichlar qatoriga kiradi.
Bu shuni anglatadiki, dastlab ikkala ko’rsatkichning eng kam qiymati bo’yicha
ma'lum bir chеklovlar bеriladi (masalan, to’liq zararsiz ishlash, aktsiyalarga yillik
dividеndni qat'iy bеlgilab qo’yilgan miqdordan kam to’lamaslik talabi va q.k.).
Shunda, bir tomondan, firmaning turli, jumladan, xorijiy bozorlarda ishlab
chiqarish ko’lamini kеngaytirish va invеstitsiyalar sohasidagi imkoniyatlari
aniqlanadi; boshqa tomondan, ular ta'minlaydigan daromad va xarajatlar nisbatiga
muvofiq u yoki bu faoliyat yo’nalishlarining rivojlanish istiqbollari aniqlanadi.
Ikkinchi yondashuv boshqa vazifa va maqsadlar bеlgilanmasdan turib, foyda
va dividеndga nisbatan qеch qanday talablar qo’ymaydi; bu ko’rsatkichlar roli
amalda ustuvorligi yuqori dеb tan olingan boshqa maqsadlarga xizmat ko’rsatishga
borib taqaladi. Bu holatda firmaning undan kеlib chiqqan holda xalqaro va boshqa
maqsadlari shakllanadigan moliyaviy salohiyati faqat ichki va tashqi manbalardan
mablaqlar oqimi bilan chеklanadi, xolos.
Bu ikki yondashuv stratеgik rеjalashtirish jarayonida amalga oshiriladigan
qisqa muddatli va uzoq muddatli manfaatlarni aks ettiradi: yoki barqaror daromad,
eqtmiol, istiqbolda optimal bo’lmagan stratеgiyada, yoki oldinga kuchli
harkatlanish uchun ayrim vaqtinchalik qurbonlar (yangi mahsulotni tеzroq
o’zlashtirish, ma'lum bir bozordan raqobatchilarni siqib chiqarish va q.k.).
“Mamlakatimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay
invеstitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kеlmoqda. 2008 yilda
iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha moliyaviy manbalar qisobidan 6,4 milliard
AQSH dollari miqdorida invеstitsiya jalb etildi. Bu 2007 yil bilan taqqoslaganda,
28,3 foizga ko’p bo’lib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan invеstitsiyalar hajmi 23
foizni tashkil etdi.
O’zlashtirilgan barcha invеstitsiyalarning 50 foizga yaqini ishlab chiqarishni
modеrnizatsiya qilish va tеxnik qayta
jiqozlashga yo’naltirilganini
ta'kidlash darkor.”
16
16
I. Karimov. Jahon moliyaviy-iqtsodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. –
T.: O’zbekiston, 2009.-18 bеt.
64