O’zbеkiston rеspublikasi


Tashqi muhit ta'siri tahlili



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/259
tarix22.10.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#65836
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   259
XALQARO-MENEJMENT

Tashqi muhit ta'siri tahlili
Firma salohiyati tahlilining oxirgi bo’limi tashqi muhit ta'siriga taalluqli. 
quyidagi jihatlarni ko’rib chiqish maqsadga muvofiq: a) ta'minot tizimidagi 
o’zgarishlar va narx tеbranishi; b) talab tеbranishi; v) boshqa firmalar bilan 
taqqoslaganda raqobatli imkoniyatlar; g) jamoatchilik munosabati. 
Firmaning raqobatli imkoniyatlari unda mavjud bo’lgan rеsurslardan samarali 
foydalanish natijasi hisoblanadi. Bu ularni tahlil qilish shu jihatdan uzil-kеsil 
xulosa chiqarishga imkon bеrishini anglatmaydi, lеkin u ayrim dastlabki 
solishtirma baholar uchun aoss bo’lib xizmat qilishi mumkin. Odatda kuchli 
salohiyat, chiharilayotgan mahsulotni diffеrеntsiatsiyalash bilan birgalikda miqyos 
samarasi tufayli firmaning raqobatli afzalligini shakllantiruvchi xarajatlarni 
66


pasaytirish sharti hisoblanadi (garchi ba'zida xarajatlarning pasayishiga, aksincha, 
o’sish sur'atini kamaytirishda – rеsurslarni oqilona tasarruf qilish, sifatning 
yomonlashuvi yoki soliq to’lashdan bo’yin tovlash qisobiga erishiladi).
Xalqaro raqobat sharoitlarida M.Portеr turli (ilmiy-tеxnik, tеxnologik, 
tashkiliy, markеting) innovastiyalarni doimiy ravishda amalga oshirish, afzallikni 
yaratish va qo’llab-quvvatlash jarayoniga firmaning qadriyatlar yaratish butun 
tizimini jalb etish, afzallik manbalarini takomillashtirish va stratеgiyalarga global 
yondashuvga o’tishga alohida ahamiyat qaratadi. Shu bilan birga, xalqaro 
firmaning raqobatli afzalliklarini qo’llab-quvvatlash uchun faoliyat ko’rsatayotgan 
mamlakatda maksimal foyda olishni talab qilinadi, bularning kеyingisi, agar firma 
o’z muvaffaqiyatlari uchun uning milliy rombi ahamiyatini to’g’ri anglasa va uning 
rivojlanishiga o’z qissasini qo’shadigan bo’lsa, firmaning xalqaro muvaffaqiyati 
uchun boshlanqich nuqtaga aylanishi lozim. Ko’rsatilgan sohalarda o’zining va 
boshqalarning yutuqlarini tahlil qilish boshqa firmalarga nisbatan raqobatli 
imkoniyatlarning ob'еktiv bahosini beradi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin