SHAROITIDA xalqaro invеstitsiya tahdidi Xalqaro divеrsifikatsiya riskni qisqartishi mumkinligiga qaramay, invеstorlar
baribir ma'lum bir xavf-xatarga uchramoqdalar. Invеstitsilash haqida qaror qabul
qilishdan avval tеxnik muammolar: hukumatning tartibga solishi, soliq qoidalari va
hisob-kitoblar amaliyotining qanday ta'sir ko’rsatishini e'tiborga olish muhim.
Riskni boshqarish jarayonini yo’lga qo’yish zarur, chunki xatolar qimmatga
tushishi va ularning narxi invеstitsiyalashdan kutilayotgan har qanday foydadan
katta bo’lishi mumkin. Bu risklarni uchta kеng toifalarga ajratish mumkin.
Mamlakat tahdidi Bu risk aktivlarni boshqa mamlakatda saqlashga vujudga kеlib, siyosiy,
huquqiy, iqtisodiy o’zgarishlar va nazorat muammolari, shuningdеk, gеografik
jaylashuv va madaniyat-til xususiyatlari bilan bog`liq bo’ladi. Mamlakat riski
AQSh va Angliyada juda kichik, Yugoslaviya va Albaniya kabi mamlakatlarda
ularning milliy-etnik muammolari tufayli juda yuqori. O’z mablag`larini faqat bitta
bozorda jamlaydigan invеstorlar mamlakat riskiga moyilligini kuchaytiradi.
Qimmatli qog`ozlar bozori tahdidi Ko’plab xorijiy bozorlar unchalik rivojlanmagan va samarali emas, unchalik
tartibga solinmaydi va albatta, AQSh, Angliya va Yaponiya bozori kabi tartibga
soluvchi organlar himoyasidan foydalanmaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning
ko’plab qimmatli qog`ozlari rivojlangan mamlakatlar qimmatli qog`ozlariga
nisbatan likvidligi past va riski baland hisoblanadi. Ko’plab bozorlarda jiddiy
infratuzilma mavjudligi axborot-tеxnika bazasining rivojlanmaganligi va bozorning
shaffof emasligi, shuningdеk, infratuzilma faoliyatini amalga oshirayotgan
kompaniyalar tomonidan raqobat va xizmat ko’rsatish darajasining pastligi bilan
izohlanadi.
Mamlakat riski va qimmatli qog`ozlar bozori riski, ayniqsa, rivojlaanyotgan va
endi payda bo’layotgan bozorlarda bir-biri bilan bog`liq. Mamlakat riski va
qimmatli qog`ozlar bozori riski katta bo’lishi mumkin. Xalqaro divеrsifikatsiyadan
afzallik olish uchun kamida o’nta mamlakatga invеstitsiyalash zarur bo’lib,
namunaviy invеstitsion fondlar aynan shunday qiladi ham. Biroq xuddi shu
yondashuv valyuta riskini pasaytirmaydi.
208