O'zbekiston respublikasi


-jadval  Iqtisodiyot tarmoqlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/16
tarix08.02.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#83544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
taraqqiyotning ozbek modeli va uning asosiy xususiyatlari

1-jadval 
Iqtisodiyot tarmoqlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi
27
 (%hisobida) 
Iqtisodiyot tarmoqlari 
1990 yil 
2000 yil 
2010 yil 
Sanoat 
17,6 
14,2 
24,0 
Qishloq xo’jaligi 
33,4 
30,1 
17,5 
Qurilish 
5,8 
7,7 
12,4 
Savdo 
4,5 
10,8 
9,0 
Boshqalar 
22,2 
18,7 
23,7 
Sof soliqlar 
11,3 
12,5 
7.0 
Jami 
100,0 
100,0 
100,0 
Mahalliy sanoatni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan izchil va 
tizimli chora-tadbirlar samarasida o’tgan 20 yil mobaynida mamlakatimiz 
yalpi ichki mahsuloti tarkibida sanoatning ulushi 17,6 foizdan 24,0 
foizgacha ko’tarildi. Kishloq xo’jaligining ulushi esa qariyb 2 barobar 
kamaydi. Boshqa tarmoqlarda ham xuddi shunday sifat o’zgarishlari amalga 
oshirildi. 
Istiqlol yillarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yillik hajmi 3 
barobar, uning o’tmishda juda zaif rivojlangan mashinasozlik va metallga 
ishlov berish tarmog’i esa 11,6 barobar o’sdi. Bu umumiy sanoat 
ko’rsatkichidan qariyb 4 barobar ko’pdir. Bunday ulkan yuksalishga 
mamlakatimizda avtomobilsozliq neft-gaz mashinasozligi, temir yo’l 
mashinasozligi kabi nisbatan yangi va zamonaviy sohalarni barpo etish va 
jadal rivojlantirish orqali erishilganini alohida ta’kidlash darkor. 
Istiqlol yillarida Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan asos solingan 
mamlakatimiz uchun butunlay yangi tarmoq — avtomobil sanoati sohasida 
hozir 18 mingdan ortiq kishi ish bilan bandligi alohida ta’kidlash o’rinlidir. 
Ma’lumotlarga ko’ra, «O’zavtosanoat» kompaniyasi tizimiga kiruvchi 
korxonalarda 2011 yilning o’zida 1,4 mingdan ziyod yangi ish o’rni 
yaratilgai. Investisiya dasturi doirasida mashinasozlarimiz avtomobillar 
uchun zarur ko’plab detallarni ishlab chiqarishni o’zlashtirish ustida ish olib 
26
Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг 2012 йилда мамлакатимизни ижтимоий-
иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2013 йилга мўлжалланган энг муҳим устувор йўналишларига 
бағишланган Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасидаги «Барча режа ва дастурларимиз Ватанимиз 
тараққиѐтини юксалтириш, халқимиз фаровонлигини оширишга хизмат қилади» мавзусидаги маърузасини 
ўрганиш бўйича Ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиѐт. - 2011. 39-42 бетлар 
27
Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012.108-бет


20 
bormoqda. O’tgan yillar davomida bu borada ulkan yutuqlarga erishildi. 
Bamperlar. avtoemallar, germetiklarsanoat bo’yoqlari, tutun chiqargichlar. 
yonilg’i baqlari, yoqilg’i nasoslari, avtomobil oynalari va o’rindiqdari, 
akkumulyatorlar, elektr o’tkazgichlar uchun jgutlar, avtomobil salonining 
ichki qoplash qismlari, tashqi yoritish vositalari, yonilg’i moyi va havo 
filtrlari, kapsulalangan oynalar, generatorlar va kompressorlar, g’ildirak 
disklari va shassi uzellari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat 
ko’rsatmoqda. 
Mamdakatimizda 
tarkibiy 
qayta 
qurish, 
mulk 
munosabatlarini 
takomillashtirish 
davlat 
tasarrufidan 
chiqarish 
va 
xususiylashtirish 
mexanizmlari orqali amalga oshirildi. Bu ko’p ukladli aralash ijtimoiy 
yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning muhim shartlaridan 
biridir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiy yuksalishning muhim 
omillaridan biriga aylandi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra 2010 yilda 
mamlakatimiz aholisining har ming nafariga 15,2 kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik subyekti to’g’ri kelgan. Bu ko’rsatkich Moldovada - 12,3, 
Qozog’istonda - 6,9, Rossiyada - 11,3, Ukrainada - 7,5, Belarusda - 7,3, 
Ozarbayjonda - 1,6 tani tashkil etdi. Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikning rivojlanish sur’atlari, milliy iqtisodiyotimizdagi muhim 
o’rni va salmog’i naqadar tez usayotganligini quyidagi 2-jadvaldan ham 
bilsa bo’ladi.
28

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin