Andijon davlat universiteti umumiy kimyo kafedrasi kimyoviy texn
Cho`yan ishlab chiqarish Metallurgiya asosan 2 bosqichda sodir bo`luvchi jarayondir:
1) domna pechida cho`yan olish
2) cho`yanni po`latga aylantirish.
Cho`yan mashina qismlari, og’ir gildiraklar va trubalar tayyorlashda ishlatiladi. Cho`yan olish uchun dastlabki mahsulotlar temir rudalari, flyus va yoqilg’i hisoblanadi.
Fe rudalari tarkibiga ko`ra quyidagicha sinflanadi:
a) magnitli temirtoshlar - asosan magnetit - Fe3 O4 dan tashkil topadi. U tarkibida 50 - 70 % Fe tutadi.
b) qizil temirtoshlar Fe2 O3 - gematit mineralini tutib 50 -70 % Fe ga ega, magnetitga nisbatan oson qaytariladi.
v) qo`ng’ir temirtoshlar - Fe2O3 *nH2O tarkibli Fe gidroksidlarini tutadi. Ular tarkibidagi temir tutishiga ko`ra kambag’alroqdir, ya`ni 25 - 53 % Fe tutadi. S, P, As kabi qo`shimchalar tutadi.
g) shpatli temirtoshlar - tarkibida 30 - 37 % P, FeCO3, S va R ning uncha katta bo`lmagan miqdorlarini tutadi. Ularni kuydirish natijasida Fe ning miqdori 50 - 60 % ga ortadi.
Qora va rangli metallar ishlab chiqarishning Chiqindilari ham Homashyo bo`lib xizmat qiladi. Yuqori haroratda eruvchi oksidlarni oson eriydigan shlaklarga aylantirish uchun flyuslardan (tez erituvchi moddalar) foydalaniladi. Masalan: CaSO3, MgCO3 1 tonna cho`yanni eritish uchun 0,4 - 0,8 t flyus kerak bo`ladi.
Yoqilg’i sifatida koks ishlatiladi. Uning tarkibida 80 - 86 % C, 2 - 7 % H2 O, 1,2 - 1,7 % S, 15 % kullar va tabiiy gaz bo`ladi.
Domna jarayoniga temir rudasini tayyorlash maydalash, birxillashtirish va boyitishdan iborat.
Rudalarni boyitish qaytarib kuydirish, elektromagnit separatsiya va flyuotatsiyadan iborat. Oxirgi etapi aglomeratsiyadir.
Bu jarayon maydalangan ruda va kuydirilgan oxaktoshni koks bilan transporter tipidagi aglomeratsiya mashinasida pishirishdan iborat. Domna pechida eritishda boshlang’ich homashyoning o`lchamlari katta ahamiyatga ega.
Masalan: ruda uchun 40 - 100 mm
koks uchun 40 - 80 mm
oxaktosh uchun 30 - 80 mm
Juda maydalangan bo`laklar ham domna jarayoniga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Chunki har bir o`lchami 5 mm ga kamaygan 10 % bo`laklar pechning ishlab chiqarish unumdorligini 3 % ga kamaytiradi va yoqilg’i sarfini orttiradi.