SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. Metallurgiya haqida umumiy tushuncha.
2. Metallar qanday sinflarga ajratiladi?
3. Domna pechi qanday kismlardan iborat?
4. Cho`yan ishlab chiqarish jarayonini tushuntirib bering.
5. Cho`yanni qaysi usullar bilan po`latga aylantiriladi?
MAVZU: MA`DANLI TUZLAR VA MINERAL
O`G’ITLAR ISHLAB CHIQARISH
REJA:
1. Mineral o`g’itlarning ahamiyati va sinflanishi.
2. Fosforli o`g’itlar ishlab chiqarish.
3. Kompleks o`g’itlar ishlab chiqarish.
4. Azotli o`g’itlar ishlab chiqarish.
5. Kaliyli o`g’itlar ishlab chiqarish.
Mineral o`g’itlar deganda tarkibida o`simliklarning oziqlanishi uchun zarur elementlarga ega bo`lgan tuzlar tushuniladi. Mineral o`g’itlar qishloq xo`jaligi mahsulotlaridan Yuqori hosil olish maksadida tuproqqa beriladi. Zamonaviy qishloq xo`jaligini mineral o`g’itlarsiz tasavvur qilish qiyin. Ular ta`sirida hosilni 50 % - 60 % gacha ko`tarish mumkin. Qishloq xo`jaligida mineral o`g’itlarning har yili 100 mln tonnasi ishlatiladi, Shuning uchun mineral o`g’itlar ishlab chiqarish kimyo sanoatining yirik tonnali sohasi hisoblanadi.
Mineral o`g’itlarning sinflanishi quyidagi belgilarga asoslangan: agrokimyoviy ahamiyati, kelib chiqishi, tarkibi, fizik- kimyoviy xususiyati (asosan tuproq suvlarida erishi), tuprokka fiziologik ta`siri.
Tarkibiga ko`ra mineral o`g’itlar P li, N li, K li, Mg li va boshqa turlarga bo`linadi. Faqat bitta oziq elementiga ega bo`lgan o`g’itlar oddiy o`g’itlar, ikki yoki undan ko`proq elementlarga ega bo`lgan elementlar kompleks o`g’itlar deyiladi. O`simliklarning o`sishi uchun juda kam miqdorda zarur bo`lgan elementlarga ega bo`lgan o`g’itlar mikroo`g’itlar deyiladi. Masalan: borli, marganetsli, misli va boshqalar. Murakkab va aralash o`g’itlar ham bo`lib, murakkab o`g’itlarni kimyoviy reaksiyalar natijasida olinadi. Aralash o`g’itlar esa oddiy o`g’itlarni Mexanik aralashtirish natijasida olinadi.
Tuproq suyuqliklarida erishiga ko`ra suvda eruvchi va tuproq kislotalarida eruvchi o`g’itlarga bo`linadi.
Azotli va kaliyli o`g’itlar suvda eritilganda ular o`simliklar tomonidan oson shimiladi, lekin yog’in suvlarida yuvilib ketishi mumkin. Kislotalarda eruvchi o`g’itlarga fosforli o`g’itlar kiradi. Ular tuproqqa qiyinroq surilsa ham tuproqda uzoq vaqt turadi.
Mineral o`g’itlar ishlab chiqarishda homashyo bo`lib, tabiiy minerallar, kimyo sanoatining chiqindilari va yarim mahsulotlari xizmat qiladi. Asosiy homashyo bazasi tabiiy mineral homashyodir.
Dostları ilə paylaş: |