3Fe + C = Fe3C
C ning erishi hisobiga Fe ning C sizlanishi sodir bo`ladi. 12000S da uglerodsizlangan Fe eriydi va koks, flyus bo`laklarga bo`linadi. Asta - sekin C, Si, Mn va R larni eritadi.
Erigan cho`yan esa gornda tuplanadi. Shlak hosil bo`lishi 1000 0C da CaO ni SiO, Al O, MnO bilan ta`sirlashuvidvn boshlanadi.
1250 - 1350 0C da shlak cho`yanning pastki qismida erigan holda to`plana boshlaydi.
Bu erda hosil bo`lgan CaC shlakda eriydi, chunki u cho`yanda erimaydi.
Domna pechining tuzilishi
Domna pechi 36 m li minoradan iborat bo`lib, u bir - biri bilan kesishgan ikki konusdan tashkil topgan. Konus oraligida 12 - 16 m diametrli tsilindr joylashgan.
Domnaning yuqori qismi shaxta deyiladi, eng yuqori qismi esa qoloshnik deb ataluvchi teshik bilan tamomlanadi. Qoloshnik esa koloshnik zatvori, ya`ni qopqog’i bilan berkitiladi. Domnaning eng keng qismi raspar deyilib, pastki qismi gorn, ya`ni o`txona hisoblanadi. Gornda mahsus teshiklar bo`lib, ular furmalar deyiladi, ulardan pechga issiq havo kiradi. Bu havo isitgichlar hisoblangan kauperlarda 900 - 1200 0C gacha kizdiriladi. Kauper diametri 6m - 9m, balandligi 45 m gacha bo`lgan silindrsimon, davriy ravishda ishlovchi apparatdir. Uning ichki qismi shamot g’ishti bilan o’ralgan bo`ladi. Domna pechdagi jarayonning uzluksiz bo`lishi uchun bir nechta havo isitgichlaridan foydalaniladi.
Domna pechining sxemasi:
Domna pechida ishlab chiqarilgan cho`yan quyish cho`yani bo`lib, undan quyish yo`li bilan turli materiallar ishlab chiqariladi.
Cho`yan tarkibidagi uglerodni oksidlash yo`li bilan kamaytirish orqali po`lat ishlab chiqariladi. Po`lat ishlab chiqarishning 3 usuli bo`lib,ular quyidagilardir: marten, kislorod konvertorlarida, elektr pechlarida.
Marten usulida po`lat hosil qilishda cho`yan regenerativ pechlarda qayta ishlanadi. Bu pechlarda cho`yanga temir siniqlari va ma`lum miqdorda ruda qo`shib suyuqlantiriladi. qo`shimchalarning bir qismi pechga yonuvchi gazlar bilan birga kiradigan havo kislorodi hisobiga yonadi, bir qismi esa qo`shiladigan ruda tarkibidagi kislorod hisobiga yonadi.
Kislorod konvertorlarida po`latni suyuqlantirish ham yuqoridagi marten pechiga o`xshash bo`ladi, lekin unga nisbatan intensivrok, tezligi ham 35 - 45 minut bo`ladi (martenda 6 - 8 soatga etadi).
Elektr pechlarida po`latni suyuqlantirib olishda issiqlik elektr energiyasi hisobiga hosil qilinadi. Bu usul yordamida eng yuqori sifatli po`lat ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |