Ishlab chiqarish nuqtayi nazaridan marketingning asosiy tamo- yillari quyidagilardan iborat:
bozor muhitidan kelib chiqqan holda tovarga doimiy yangiliklar kiritib turish; iste’molchining mahsulot sifati bo‘yicha qarashlaridan kelib chiqib yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish;
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xodimlaming ijodiy tashabbuskorligini oshirish uchun kompaniyaning yangi usullarim ishlab chiqish;
Tovarni sotish kanalini shakllantirish bo‘yicha marketingning asosiy tamoyillari quyidagicha:
kompaniyaning mahsulotlarini talab qilingan hajmda, oxirgi joyda foydalanuvchi uchun eng munosib joyga va belgilangan muddatda yetkazib berishni tashkil qilish;
barqaror va ishonchli tovar tarqatish kanalini yaratish;
marketing faoliyatini tahlil qilish, taqdim etilayotgan mahsulotlar va taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida hisobotlami taqdim etish.
Korxona o‘z faoliyatini amalga oshirishda strategik va taktik reja- lashtirishdan foydalanadi. Strategik rejalashtirish odatda uzoq muddatga m oijallangan bo‘lib korxonaning asosiy maqsadlariga erishishga yo‘naltiriladi. Taktik rejalashtirish esa faoliyat mobaynida yuzaga kelgan muammolami hal qilish va turli vaziyatlarga oid qarorlar qabul qilishda ishlatiladi. Marketingda rejalashtirish jarayoni quyidagi chizmada ko‘rsatib o'tilgan (2.4.1-chizma):
36
Nazorat - marketing faoliyatining yakuniy bosqichi. Bu yerda vaziyat tahlil qilinadi, agar ayrim kamchiliklar kuzatiladigan bo ‘lsa, taktik va strategik rejalarga qo‘shimcha va o ‘zgartirishlar kiritishga zarurat paydo bo‘ladi.