Yangi tovar (xizmat) ishlab chiqarishda marketingning rolini oshirish
Yangi tovarni ishlab chiqarishda marketing faoliyatini amalga oshi rish muhim ahamiyatga ega. Marketologlar iste’mochi ehtiyojlariga to‘la mos keladigan mahsulot ishlab chiqarish taklifini berishi lozim. Yangi tovar yaratish jarayonida bevosita xaridor bilan ushbu tovar haqida muloqotga kirishish ham muhim ahamiyatga ega. Shu orqali muammoga yechim topish yanada osonlashadi. Har bir mijoz talabidan kelib chiqqan holda turli dizaynli mahsulot yaratishda ham marketingning o ‘mi katta. Marketolog yangi mahsulot ishlab chiqarish haqidagi g ‘oyalami chuqur tahlil qilishi va ular orasidan korxona imkoniyatlariga mos keluvchi va xaridor ehtiyojini to ‘la qondirishga qaratilgan eng optimal variantini tan- lab olishi zarur. Bundan tashqari, marketologlar ishlab chiqarish imko- niyatlarini to‘g ‘ri baholay olishi va texnologiyalarga yaxshi tushunishi zarur.
Sotish va sotishdan keyingi jarayonlarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish
Marketingda xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish differensiatsiya siyosatida muhim o‘rin egallaydi. Bugungi kunda ko‘plab tovarlar turli xususiyatlariga ko‘ra bir-biriga o ‘xshaydi, lekin ular aynan xizmat ko‘rsatish darajasi bilan o ‘zaro farqlanadi. Masalan; xaridor fast-fud mahsulotini buyurtma qilmoqchi bo‘lsa u turli do‘konlaming xizmat ko‘rsatish darajasini o ‘zaro solishtiradi va buyurtma beradi. Shu sababli marketologlar raqobatchilardan ajralib turish va xaridorlami jalb qilish uchun marketing xizmatlaridan foydalanadi. Hozirgi kunda raqobat mu- hiti rivojlangan sharoitda yangi xaridor jalb etishdan ko‘ra mavjudlarini ushlab turish va bunda xizmat ko'rsatish darajasini tartibga solish mu him ahamiyatga ega.
Kommunikatsiya siyosatini shakllantirish
Xaridorlami kompaniya ishlab chiqarayotgan mahsulot haqida axborot bilan ta’minlash va ular bilan tovarga oid sohalarda muloqotga kirishish jarayoni kommunikatsiya siyosatining asosini tashkil qiladi. Kommunikatsiya siyosatining asosiy roli u kompaniyaning ovozi bo‘la olishidadir. Kommunikatsiya elementlaridan foydalanib xaridor xayolida tovar haqida pozitiv fikr uyg'otish asosiy maqsadlardan bo‘lib hisobla nadi. Har bir maqsadli guruhning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda kommunikatsiya elementlarini oqilona tanlash ham lozim. Websayt
33
yaratish va xaridorlar orasida tovami muhokama qilishga imkon yaratish ham korxona muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shadi.