Marketing deganda nimani tushunasiz?
Fransiyada marketingning rivojlanishiga qanday omillar ta’sir qilgan?
Marketing va sotish o ‘rtasida qanday farqlar bor?
Marketingning maqsadi nimalardan iborat?
Marketing tizimini haqiqiy maqsadi nima?
Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolutsiyasi qanday?
Iste’molchining ustuvorligi deganda nimani tushunasiz?
Marketing jarayonining tarkibiy tuzilishini tushuntirib bering.
Makkarti tomonidan qanday model taklif qilingan?
Marketingni asosiy kategoriyalariga nimalar kiradi?
Maslouning ehtiyojlari iyerarxiyasi nimalardan iborat?
Ishlab chiqarish konsepsiyasi bilan tovar konsepsiyasi o‘rtasidagi farqni ko'rsating?
Zamonaviy marketing konsepsiyasini tushuntirib bering.
Mijozlarni ushlab turishda nimalarga e’tibor berish kerak?
29
Marketing funksiyalari va faoliyati mazmuni
Marketing funksiyasini korxonaning boshqa funksiyalaridan farqi shundan iboratki, marketing funksiyalari xo ‘jalik yurituvchi subyektlar, uning iste’molchilari, mijozlari o'rtasida ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga qaratilgandir. Shuning uchun ham marketing funksiyalari doimo o ‘zgarib boradigan ehtiyojdagi talabni shakllanishi yaratilishi, rivojlanishida javobgarlikka egadir.
Marketingning universal funksiyalari sotib olish, sotish, tashish, saqlash, standartlashtirish va baholash, moliyalashtirish, xavflar (risk)ning oldini olishni va marketing axborotlarini ta’minlashni o ‘z ichiga oladi. Biroq, zamonaviy marketing bozor m a’lumotlarini to‘plash va ushbu m a’lumotni tahlil qilish kabi boshqa funksiyalarga ega. Mahsulotni loyihalashtirish va rivojlantirishda yordam berish uchun marketing funksiyalari muhim ahamiyat kasb etadi. Marketing funksiya lari quyidagi grafikda yaqqol o ‘z ifodasini topadi (2.1.1-chizma):
Dostları ilə paylaş: |