O'zbekiston respublikasi



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə11/170
tarix11.04.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#96119
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   170
Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

Ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulot- lar bozori kam sonli xaridorlarga egaligi, lekin tovarlaming katta miq- dorda sotilishi bilan xarakterlanadi.
Bozorda kim yetakchilik qilishiga qarab bozorlar “sotuvchi bozori” va “xaridor bozori” ga bo‘linadi.
Sotuvchi bozori” - unda tovarga bo‘lgan talab taklifdan oshib ketadi. Bunday bozorda sotuvchi hukmronlik qiladi, xaridoming esa faol ishtirokchi bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. Bunday holatda “pul tovar orqasidan yuguradi”.
Xaridor bozori” - bunday bozorda taklif talabdan ko‘p shuning uchun xaridor (iste’molchilar) taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlar orasidan xohlaganini tanlash imkoniyatiga ega. Bunday bozorda xaridor-
22
lar ustunlikka ega bo‘lib, ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar bozorning eng faol ishtirokchilariga aylanadilar. Bunday holatda “tovar pul orqasi- dan yuguradi”.
Talab va taklifiiing miqdori va tarkibi jihatidan bir-biriga muvofiq
kelishi “muvozanatli bozor” deb yuritiladi. Muvozanatli bozorni ta’min- lashning asosiy yo‘llari quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarishning talabini va asosiy bozomi to'yintirish; yetarli darajada mahsulot zaxirasini barpo etish xaridorgir mahsulotlar narxini oshirish va aksincha, talab uncha mavjud bo‘lmagan mahsulotlar narxini pasaytirish va boshqalar.


    1. Marketing nazariyasi konsepsiyasi


Marketing konsepsiyasi tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining har xil bosqichlarida uning yo‘nalishini belgilaydigan qarashlar tizimidan iboratdir. Shu bilan birga, marketing konsepsiyasi deganda, korxona yoki tashkilotning iste’molchilarga moMjallangan, integratsiyalangan maqsadli yo‘nalishi tushuniladi. Marketing konsepsiyasi rejalashtiri- layotgan va amalga oshirilayotgan korxona yoki tashkilot faoliyatining strategik tahlili asosida ishlab chiqiladi.


Marketing konsepsiyasini ishlab chiqish, odatda, quyidagi bosqich- lami qamrab oladi:

  • ichki va tashqi muhit strategik tahlilini amalga oshirish;

  • marketing faoliyati va korxonaning maqsadlarini aniqlash;

  • marketing strategiyasini aniqlash;

  • rejalashtirilayotgan natijalarga erishish maqsadida marketing fao­ liyati elementlarini tanlash.

Marketing evolutsiyasining birinchi yirik bosqichini XX asming boshidan 30-yillaming o ‘rtasigacha deb hisoblash qabul qilingan. Bunda marketing tashkilotlar, korxonalar va shaxslar o ‘rtasidagi tovar va xiz- matlar harakatining nazariyasi yoki mahsulotni sotish bo‘yicha korxo­ naning ftmksiyasi deb tushunilardi. Shu vaqtda ketma-ket ikkita konsep- siya paydo bo‘ldi: ishlab chiqarish konsepsiyasi va tovar konsepsiyasi.
Ishlab chiqarish konsepsiyasi - mahsulot ustunligi tarzida belgilana- di, bunda eng muhim masala yaxshi tovar ishlab chiqarish va uni xaridorga arzon narxlarda sotish deb hisoblanadi. Konsepsiya shiori -
«imkoni boricha ko‘proq tovar ishlab chiqar, chunki bozor talabi chek-
23
siz». Tovar konsepsiyasi iste’molchi e ’tiborini tovarga, uning sifatiga va narxiga qaratishni talab etadi. Ya’ni, kompaniyalar o ‘z faoliyatlariga e ’tibor qaratishadi, birinchi navbatda bozorga chiqarilgan mahsulotlarini iste’molchilar sotib olishi haqida o'ylashadi. Iste’molchilar o‘xshash tovarlarni sifatlarini boshqa firmani shunday tovarlari bilan solishtirib ko‘radilar. Bu konsepsiyani, ko‘pincha, kompaniya, firma, tashkilotlar, shuningdek, notijorat tashkilotlar ham ushlab turadilar, biroq tovar konsepsiyasi muvaffaqiyat keltiravermaydi.
Sotish konsepsiyasi turli xil qo‘llab-quwat!ashlar asosida iste’mol- chilami mahsulot haqida xabardor qilishni anglatadi. Firmaning mahsu- lotini «mana, tovar tayyor, kelavering va savdolashing» shiori bilan sotishni m o‘ljallash birinchi o‘ringa chiqadi. Tovar va savdo marketing- gi konsepsiyalari mahsulot ishlab chiqarish hali seriyali, ya’ni yalpi tus olmagan davrda maydonga kelgan edi. Tovarlaming yangi turlari va xillari hisobiga yuqori darajada foyda qo‘lga kiritilar edi, chunki, cheksiz talabga ega boigan bozorda tovarlarga nisbatan talab benihoya katta edi.
Marketing rivoji tarixida o‘tgan asming 50-yillari muhim bosqich bo‘ldi. Ortiqcha mahsulot ishlab chiqarish noto‘g ‘ri yo‘1 ekanligi ko'rinib qoldi. Marketing - ishlab chiqarishni bozor talabiga moslashti- rish konsepsiyasi, uning asosini iste’molchiga - «bozor ustunligi»ga m o‘ljal olish tashkil etdi. Marketing boshqaruvining bozor konsepsiyasi yanada rivojlandi.
An’anaviy marketing konsepsiyasi o'tgan asming 50-yillari o ‘rtala- ridan boshlab marketing bozor konsepsiyasi tarzida boshqarishda firma­ ning faqat bozor strategiyasini emas, balki ishlab chiqarish strategiyasini ham belgilaydigan yetakchi vazifaga aylandi. A n’anaviy konsepsiyaga ko‘ra, marketing - ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlami sotish de- makdir. Shunday qilib, ishontirish (ko‘niktirish) bilan bog‘liq barcha tadbirlar, mahsulot va xizmatlami sotish marketing deb ataladi. Bu mar­ keting konsepsiyasi tovarlar va xizmatlami qo‘llab-quvvatlash va sotish- ga urg‘u beradi, ammo iste’molchilar ehtiyoj ini qondirishga kam e’tibor qaratadi. Ushbu konsepsiya quyidagi xususiyatlarga ega:

  1. ushbu konsepsiyaning asosiy e ’tiborini mahsulotga qaratadi, ya’ni bizda mahsulot bor va biz uni sotishimiz kerak, iste’molchilami mahsulotimizni sotib olishga ishontirishimiz kerak,

24


  1. marketing xodimlarining barcha sa ’y-harakatlari mahsulotni sotishga qaratilgan. Ular sotish hajmini oshirish uchun shaxsiy savdo va savdoni qo‘llab-quvvatlash (reklama) kabi barcha vositalami qoilay- dilar;

d) barcha marketing faoliyatining yakuniy maqsadi savdoni mak- simallashtirish orqali foyda olishdir.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin