O'zbekiston respublikasi


Shaxsiy kamol topish | ehtiyojlari Ijtimoiy ehtiyojlar Xavfsizlikka ehtiyojlar



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə10/170
tarix11.04.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#96119
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   170
Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

Shaxsiy kamol topish


| ehtiyojlari


Ijtimoiy ehtiyojlar Xavfsizlikka ehtiyojlar


Fiziologik ehtiyojlar j

1.5.2-chizma Maslouning ehtiyojlar iyerarxiyasi




Ayirboshlash - bu iqtisodiy subyektlar o‘rtasida o‘zaro tovarlarni almashinish jarayoni.
Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida ayirboshlash jarayonida quyidagilar talab qilinadi:

  • kamida ikkita predmet mavjudligi;

  • har bir shaxs boshqa tomonga nisbatan ma’lum qiymatga ega boigan tovarga ega boiishi kerak;

  • har bir subyekt qaror qabul qilish uchun erkin boiishi kerak (almashinuvni qabul qilish yoki rad etish);

  • har bir subyekt boshqa subyekt bilan munosabatlarga kirishish jarayonida ishonchlilik tamoyili boiishi lozim.

Agar ushbu shartlar bajarilsa ayirboshlash jarayoni amalga oshadi.

21
Ayirboshlash pul vositasida yoki barter usulida amalga oshirilishi mumkin.


Bozor (market) - keng m a’noda muomala sohasi bo‘lib, tovar ayir­ boshlash munosabatlari va jarayonlari majmuyidir. Bunda tovar bilan oldi-sotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlari asosida amalga oshadi. Ko'pincha. marketingda bozor deganda ma’lum tarmoq tovarlariga ehtiyoj sezuvchi va uni qon- dirish imkoniyatiga ega bo‘lgan potensial iste’molchilaming majmuyi tushuniladi.
Bozor ma’lum bir qiymatga ega bo‘lgan turli xil obyektlar bo‘yicha tashkil etilishi mumkin. Masalan, iste’mol tovarlari bozori, qimmatli qog‘ozlar bozori, mehnat bozori, kapital bozor va boshqalar shular jum- lasidandir. Iste’molchilaming turiga qarab iste’mol bozori va korxonalar (tashkilot) bozoriga bo‘linadi.
Iste’mol bozori - bu tovarlar va xizmatlami o‘zining shaxsiy ehtiyoji uchun sotib oladigan yakka shaxslar va oilalar majmuyidan iborat boiib, ommaviy iste’molchilarga egaligi, raqobatning xilma-xil- ligi va markazlashmagan strukturaga ega ekanligi bilan xarakterlanadi.
Korxona (tashkilotlar) bozori deganda o ‘z navbatida, ishlab chiqa­ rish - texnik maqsadlarda boshqa tovarlar ishlab chiqarishda qoilanila- digan tovarlar va xizmatlami sotib oluvchi korxonalar va shoxobchalar- ning majmuyi tushuniladi.
Davlat tashkilotlari bozori deganda esa o ‘z faoliyatlarini yuritish uchun tovarlar va xizmatlami sotib oluvchi yoki ijaraga oluvchi hamma bo‘g‘indagi davlat tashkilotlari tushuniladi.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin