O'zbekiston respublikasi


-chizraa. Marketing jarayoni



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə8/170
tarix11.04.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#96119
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   170
Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

1.4.2-chizraa. Marketing jarayoni


Missiya bu odamlar bajarishi lozim bo‘lgan muhim topshiriqni anglatadi.
Vaziyatni tahlil qilish menejerlar tashkilotning ichki va tashqi muhitini tashkilotning qobiliyatini, mijozlarini va ish muhitini tushunish uchun tahlil qilish uchun fovdalanadigan usullardan iboratdir.

17


Marketing strategiyasi barqaror raqobatbardosh ustunlikka erishishning asosiy maqsadi bilan rejalashtirishga uzoq muddatli, istiqbolli yondashuv hisoblanadi.
Marketing miks "firma marketing maqsadlariga bozorda erishish uchun foydalanadigan marketing vositalari majmuyi" sifatida tavsiflanadi. Marketing tizimida qo‘yilgan maqsadga erishish uchun xaridorlar va boshqa subyektlarga ta’sir etish uchun marketing vositalari, ya’ni marketing usullari yig‘indisi, uslublari zarurdir. Shunday vositalardan marketing-miks, marketing kompleksi bo‘lib hisoblanadi. Bulami mar­ keting nazariyasiga 1964-yilda birinchi boiib Garvard biznes maktabi professori N.Borden kiritgan. Marketologlar tayyorlash tizimida marketing kompleksi 4 «Р» deb nomlanib, Makkarti tomonidan 1960-yilda bu model taklif etilgan. Ushbu modelda marketingning to‘rtta asosiy elementlari ajratib ko‘rsatilgan: tovar (product), narx (price), joy (place), siljitish (promotion).
Marketing faoliyatida ehtiyoj va muhtojlikni ayirboshlash orqali qondirish jarayonida, albatta, inson ishtirok etadi. Shuning uchun yuqorida ko'rsatib o‘tilgan marketing elementlari tarkibiga 5 «Р» ham kiritilib, u kishilar (people) ekanligi alohida ta’kidlab o‘tilgan. Marketing-miks elementlari 1.4.3-chizmada ko‘rsatilgan.

1.4.3-chizma. Marketing tizimidagi besh asosiy narsa


1968-yilda F.Kotler marketing-miks elementlari tarkibiga pablik- rileyshnz (public relations) va siyosatni (politics) qo‘shib, oldingi 4 «P»ni 6 “P”ga kengaytirib ko‘rsatdi.


4 “P” modelini qo‘llanilishi cheklanganligiga qaramasdan, marketing nazariyasi shakllanishi va amaliyotining rivojlanishida eng muhim rol o'ynaydi.

18
Marketing-miks keng qo'llanadigan shaklda 4 ta marketing submik- sini o ‘z ichiga oladi. Bular quyidagilar: tovar miksi, shartnoma-miksi, kommunikativ-miks, taqsimot-miksi. Tovar miksi tovar siyosatini shakl- lantiradi, tovar bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Bu chora-tadbirlar: dizayn, uni bezatilishi, mahsulot sifati, o‘rovi, xari- dorlarga xizmat ko'rsatish, kafolat xizmati siyosati, tovar diversifikat- siyasi, assortiment siyosati va hokazo.


Shartnoma siyosati tovami oldi-sotdi akti shartlari kelishuvini va bitim ko‘rinishida ulami chizmalashtirishni amalga oshiradi. Bunday chora- tadbirlarga: narx siyosati, ustama va chegirma tizimi, tovar yetkazib berish va uni to‘lov shartlari, shuningdek, kredit siyosati kiradi.
Taqsimot siyosati tovami tayyorlanish joyidan oluvchiga yetkazib berishni amalga oshiradi. Bu siyosat sotish kanalini asoslash va tahlil qilish, marketing-logistika, savdo siyosati, sotish vositalari siyosati, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish siyosati. Iste’molchilar va bozorlaming joylashuvi siyosati, yetkazib berish siyosati, tayyor mahsulotlami omborlarga joylashtirish siyosati va boshqalami o‘z ichiga oladi.
Kommunikativ siyosatning vazifasi xaridor ehtiyojini qondirish va foyda olish maqsadida talabni shakllantirish va tovar hamda xizmatni siljitish bo‘yicha muqobil va samarali faoliyatni ta’minlash uchun marketing tizimining barcha obyektlarini korxona - mahsulot tayyorlovchilar bilan o ‘zaro harakatini tashkil etishdan iboratdir.
Joriy qilish bu dastumi yoki rejani, g‘oyani, modelni, dizaynni, spetsifikatsiyani, standartni, algoritmni yoki siyosatni bajarishni tavsiflaydi.



    1. Yüklə 1,74 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin