Piter Druker (menejment nazariyotchisi) shunday deb ta ’kidlaydi: “Marketingning maqsadi - sotiladigan xatti-harakatlarni rivojlantiradi.
Uning maqsadi xaridomi shunchalik yaxshi bilish va tushunishdirki, natijada mahsulot yoki xizmat o'zini o ‘zi sotadi".
Marketing sohasidagi adabiyotlarda asosan marketingning to‘rtta maqsadi keltiriladi. Bular quyidagilar hisoblanadi:
mumkin boigan maksimal yuqori iste’molga erishish;
iste'molchilaming talabining maksimal qondirilishiga erishish;
iste’molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashiga imkoniyat yaratish;
aholi tunmish darajasi sifatini oshirish.
Mumkin boigan maksimal yuqori iste’molga erishish. Ko^pchilik rahbarlar marketingning maqsadi - ishlab chiqarishning maksimal o ‘si- shi va korxonaning boyishida asosiy omil yuqori iste’molga erishishni rag'batlantirishda deb biladilar. Bu fikmi boshqacha ifodalasak, odamlar qancha ko‘p sotib olsa va qancha ko‘p isteinol qilishsa, shuncha baxtli
boiadilar, degan ma’noni anglatadi. Lekin, ba’zi bir kishilar moddiy boyliklar masalasining ortishi katta baxtga erishishdan dalolatdir dcgan fikrga shubha bilan qaraydilar. Demak, marketingning maqsadi faqat mumkin bo'lgan maksimal iste'molga erishishdangina iborat emas ekan. Iste’molchilar talabining maksimal qondirilishiga erishish. Bu nuqtayi nazarga muvofiq marketing tizimining asosiy maqsadi mumkin bo‘lgan maksimal yuqori iste’molga erishish emas, balki istc’molchi- laming talabini maksimal qondirishdan iboratdir. Bu degani tovar mas- sasi iste’moli ko‘p bo‘lsa-da, u biron-bir ahamiyatga ega bo‘lmasligi mumkin. Ulaming ahamiyatliligi, tovar massasining ko‘pligi bilan emas, balki bu tovar massalarining qanchalik darajada iste’molchilaming tala bini qondira olishi bilan oichanadi. Afsuski, iste’molchilarning talabi ning qondirilish darajasini o'matish to hozirgi kungacha muammo-
ligicha qolmoqda.
lste’molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashga imko- niyat yaratish. Ba’zi bir bozor mutaxassislari marketing tizimining asosiy maqsadi tovarlar xilma-xilligmi maksimal ta'minlash va iste’mol chilaming keng assortimentdagi tovarlarni tanlashiga imkoniyat yara- tishdan iboratdir deb hisoblaydilar. Tizimning maqsadi iste’molchining talabiga to‘liq mos keladigan tovami topishiga yordam berishdan iborat bo‘lishi kerak.
Aholi turmush darajasi sifatini oshirish. Ko‘pchilik mutaxassislar marketing tizimining asosiy maqsadi aholi "turmush darajasining sifati"ni yaxshilashdan iborat deb biladilar. Bu tushuncha quyidagilami o‘z ichiga oladi:
tovarning sifatt, miqdori, assortimenti, narxi;
mehnatga haq to‘lash darajasi;
madaniy muhitning sifati va boshqalar.
Marketingning asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanishining obyektiv sabablari, zarurati bilan belgilanadi. Yuqorida qayd qilinganidek, marketing, eng avvalo, tovarlar to‘planib, sotilmay qolgan va iqtisodiyot inqirozi kuchaygan sharoitda, uni shu inqirozdan chiqarish quroli sifatida ixtiro qilingan va yaratilgan ekan. Uning maq sadi nihoyatda keng va murakkab masalalami hal qilishga qaratilgandir. Marketing ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifning muvozanatiga erishgan holda. uni tashkil etgan korxona, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir.
Marketing maqsadlarini uzoq muddatli va qisqa muddatli turlarga bo‘lish mumkin. Ular iqtisodiy ko‘rsatkichlar va firmaning o‘xshash mahsulotni ishlab chiqaruvchilar orasidagi mavqei bilan belgilanadi. Marketingning asosiy tasdiqlangan maqsadi bo‘lib, inson ehtiyojlarini qondirishdan iborat ekanligini hisobga olgan holda, "Marketing tizimining haqiqiy maqsadi nima?" degan savolga umumlashgan tarzda to‘rtta muqobil javob mavjud:
maksimal yuqori istc'molga erishish;
iste’molchilaming maksimal qondirilishiga erishish;
maksimal keng tanlash imkoniyatini ta’minlash;
hayot sifatini maksimal ko‘tarish.
Hayot sifati murakkab tushuncha va u quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: sog'liqni saqlash, ta’limning ahvoli, hayot davomiyligi, aholi bandligi. tovarlaming miqdori, assortimenti. arzonligi, aholining xarid qobiliyati, madaniy va jismoniy muhitning sifati. Marketing maqsadlari firma maqsadlariga erishish quroli hisoblanadi. Marketingni qo‘llaydi- gan fimianing asosiy umumlashgan maqsadi va vazifasini Filipp Kotler quyidagicha ta’riflaydi:
"Kompaniya ishi = mijoz kutadigan natijalar."
Umumlashtirishnmg pastroq darajasida firmaning aniqroq miqdor va sifat borasidagi maqsadlari haqida gapirish mumkin. Firmaning sifat jihatdan maqsadlari. odatda, firmaning obro‘-e’tiborini oshirishga yo‘naltirilgan. uning ijtimoiy muhimligini kuchaytiradi. Ular quyidagilardan iboratdir:
mashhurlikni oshirish;
yuqori imijga erishish;
bandlikka, mehnat bozoriga ijobiy ta'sir ko‘rsatish;
ta’lim, sport, madaniy va boshqa tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash. Miqdoriy maqsadlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
fo y d a n in g h a jm i ;
sotilishlar hajmi;
bozor ulushining oshishi;
barqarorlikni ta’minlash;
xarajatlami kamaytirish;
mehnat unumdorligi.
13
Miqdoriy maqsadlaming tanlanishi va tartibga solinishini sodda- lashtirib, biznes sohasida quyidagi hikmat paydo boidi: "Firmaning maqsadini tanlash - bugun yuqori foyda olish yoki ertaga yuqori bozor ulushiga ega bo‘lish orasida tanlashdan iborat". Bu ifoda mantiqqa va iqtisodiy ma’noga ega bo‘lsa ham u muammoni haddan tashqari oson- lashtirib yuboradi. Maqsad har bir xodim uchun individual ravishda va umuman butun kompaniya uchun aniq shakllantirilgan boiishi kerak, shunda uni amalga oshirish ehtimoli ko'proq bo'ladi. Shu munosabat bilan marketing maqsadlarini korxonaning ichki tartibini yaxshilashga, ya'ni texnologiyani takomillashtirishga, jihozlami modemizatsiyalashga, xodimlarning malakasini oshirishga, vakolatli rahbarlikka va boshqalar- ga yo'naltirilgan deb belgilash mumkin.
Shunday qilib, firmaning maqsadi - u pirovard natijada nimaga erishmoqchi, vazifalari - qo‘yilgan maqsadga erishish uchun nima qilishi kerak. Amalda marketing quyidagi asosiy vazifalami hal qilishga moijallangan:
mavjud yoki potensial talabni aniqlash y o ii bilan u yoki bu mahsulot (tovar, xizmat)ni ishlab chiqarish zaruriyatini asoslash, bozor holatini tahlil qilish, bu ishni vaqti-vaqti bilan emas, balki doimiy ravishda bajarish. Shuningdek, nafaqat hozir ishlab chiqaradigan, balki kelajakda ham ishlab chiqaradigan mahsulotlami kuzatib borish kerak.
xaridorlar talabiga javob beruvchi mahsulot modellarining nus- xalarini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqot (IT) va tajribaviy konstruktorlik ishlari (TKI)ni tashkil etish, raqobatchilarning ish faoliyatini kuzatib borish;
korxonaning ishlab chiqarish, sotish va moliyaviy faoliyatini tartiblashtirish va rejalashtirish bu nafaqat kompaniya ishchilarining samaradorligini oshirishga, balki kompaniya haqida "juda ishtiyoqli ish beruvchi" degan mish-mishlarga olib keladi. Bu esa kompaniyani va uning mahsulotlari reklamasini yanada kuchaytiradi
tovarlarni sotish usullarini takomillashtirish;
ishlab chiqarish va sotish sohasida firmaning bosh maqsadlariga erishish uchun uning butun faoliyatini, shu jumladan, transportirovka, o‘rash, sotish, reklama, texnik va servis xizmat ko‘rsatishning operativ boshqarilishini tartiblashtirish va yo‘naltirish.
14
Dostları ilə paylaş: |