Iste’molchining ustuvorligi
Avtokompaniyalar avvallari deyarli barcha avtomobillarini qora rangda ishlab chiqarishgan, «bu davrda mijoz xohlagan rang qora edi». Bugungi kunda barcha avtomobillarni qora rangda ishlab chiqarish g‘oyasi be’mani ko‘rinadi. Turli xil rangdagi minglab mashinalar ham mijozlarni qoniqtirmayapti. Bugungi kunda vaziyat o‘zgarib ishlab chiqaruvchilar uchun mijoz shoh darajasiga yetdi. Bugungi kunning iste’molchilari sizning mahsulotingiz, xizmatingiz va brendingiz haqi- dagi fikrini sizga aytish va ta’sir etish xususiyatiga ega. Xaridorlaming xatti-harakatida bunday o'zgarishlaming yuzaga kelishiga nima sabab bo'ldi, degan tabiiy savol tug‘iladi.
Nega Nordstrom kompaniyasi (ingliz tilidan tarjima qilinganda - Nordstrom, Inc. - Amerika hashamatli do'konlar tarmog‘i. 1901-yilda Jon U. Nordstrom va Karl F. Uollin tomonidan asos solingan bo‘lib, u poyabzal do‘koni sifatida paydo bo'lib, kiyim-kechak, poyabzal, sumka- lar, zargarlik buyumlari, aksessuarlar, kosmetika va atirlar bo‘limlari bilan to ‘liq xizmat ko'rsatadigan chakana savdo tarmog‘iga aylandi) agar mijoz u sotgan tovar qismlarini olib kelsa, uni qayta qabul qiladi, chunki mijoz shuni xohlaydi. Nordstrom shuning uchun ham mavjud. Bugungi kundagi xaridorlar avvalgilaridan tubdan farq, qiladi shu sababli ham «sotuvchi» bozorlari «xaridor» bozorlariga aylanmoqda. Ishlab chiqaruvchilar xaridorlar fikridan kelib chiqib, o‘z mahsulotini differensiatsiya qila boshladilar. Lekin aynan nima xaridorlaming bun- chalik katta rol o ‘ynashiga sabab bo‘ldi? Bunda asosiy 5 ta sababni ko'rsatib o'tish mumkin.
Iste’molchi doimo haq
To‘g'ri, ba’zi holatlarda xaridor xato fikr bildirishi mumkin, lekin ishlab chiqaruvchi uchun buning ahamiyati yo'q, u har doim iste’molchi ehtiyojini to'liq qondirish uchun javobgar va iste’molchi fikri kom- paniya uchun omad kaliti bo‘lib xizmat qiladi.
Mijozlarni saqlab qolish yangilarini jalb qilishdan osonroq
Statistik ma’lumotlarga qaraganda o‘z mijozimizni saqlab qolish yangisini jalb qilishga ko‘ra, besh marotaba arzonroqqa tushadi.
Dostları ilə paylaş: |