VIODUL. MARKETINGNING IJTIMOIY-IQTISODIY ASOSLARI
Marketing tushunchasi va uning vujudga kelishi
Marketing tushunchasi bozor sohasini har qanday faoliyati bilan bog‘liqdir, shu bois marketing so‘zining tarjimasi va kelib chiqishi keltiriladi (marketing - bozoming - faol, faoliyat, harakat m a’nosini anglatadi).
Marketing - ayirboshlash munosabatlarini o ‘matish va boshqarish- dir.1 Marketing - mijozlar bilan munosabatlarni o ‘matish va ulaming ehtiyojini qondirishning biznes jarayoni. Xaridorga e ’tibomi qaratgan holda, marketing biznes boshqaruvining dastlabki tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.2
Marketing Amerika Marketing Assotsiatsiyasi tomonidan mijozlar, sheriklar va umuman jamiyat uchun qimmatga ega bo‘lgan takliflami yaratish, yetkazib berish va almashtirish jarayonlari majmuasi sifatida izohlanadi.3
Marketing amaliyoti ming yillardan beri m a’lum boigan bo'lsa-da, ‘"marketing” atamasi mahsulot va xizmatlami sotib olish va sotish bilan bog‘liq tijorat faoliyatlarini tasvirlashda XIX asr oxirlarida keng qo'llanila boshlagan.4 Marketingning tarixini ilmiy soha sifatida o ‘rgatish XX asming boshlarida paydo bo‘lgan.5
Tovar-pul munosabatlari paydo boMishi, ayirboshlash jarayoni sotish va sotish siyosatini rivojlantirish hamda iste’molchilami tovar va xizmatlar bilan ehtiyojlarini to‘la qondirishda marketing mazmuni va terminologiyasi yangilanib boradi. Marketing elementlarining paydo bo4ishi XVII asming o'rtalariga borib taqaladi. Bu davrgacha tovarlami natural ayirboshlashning turli shakllari paydo bo’lgan, keyinchalik, marketing faoliyatini birinchi elementlari, ya’ni, reklama, narx, sotish
Hunt, Shelby D. (July 1976). "The Nature and Scope o f Marketing". Journal o f Marketing. 40 (3): 17-28. dpi; 10.2307/1249990. JSTOR 1249990.
Prucker. Peter (1954). The Practice o f Management. New York: Harper & Row .
M arketing definition approved in October 2007 by the Am erican M arketing A ssociation: f 11.
4 Inglish Language and Usage, http://cnglish.stackexchange.com /questions/335201/etym ology- ol-m arket iiig-how-when-did-it-change-meaning.
’ Brian Jones, D.G. and Shaw, E.H, "The History o f Marketing Thought," in Handbook o f Marketing, Weitz, R. and W ensley, R. (eds), London, UK, 2003, p. 50
5
kabilar rivojlanishi kuzatilgan. 0 ‘rta asrlarda Angliya va Yevropada bozor shaharlari paydo bo‘Idi. Ba’zi tahlilchilar "marketing" atamasi, avval, bozor sharoitida ishlatilgan bo'lishi mumkin, degan xulosaga kelganki, unda "marketing" atamasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan o'z mahsulotlarini yetkazib berish va bozorda sotish jarayonini tasvirlash uchun ishlatilgan.6
Miloddan avvalgi 200 yillardan boshlab, Xitoy qadoqlashi va tovar belgilari, joy nomlarini va mahsulot sifatini belgilash uchun ishlatilgan va davlat tomonidan qo'llaniladigan mahsulotlami brendlash miloddan avvalgi 600 - 900-yillar orasida ishlatilgan.7 1600-yilda Italiyada pulli reklama paydo boigan, 1605-yilda dunyoning birinchi gazetasi Gennaniyada nashr etilgan, 1600 - 1700-yillarda Angliyada targ‘ib qilish uchun plakatlar va qog‘ozlar ishlatila boshlagan. Piter Druker nazariyasiga asosan, marketing 1690-yillarda Yaponiyada vujudga kelgan. Mitsui oilasi Tokioga ko‘chgan va u yerda do‘kon ochib, savdo- sotiq qilgan. Yillar davomida iste’molchilar ehtiyojini qondirish uchun do‘konga kerakli mahsulotlami xarid qilgan; mahsulotlami o ‘zi ishlab chiqarish uchun manba va mablag'lar izlagan; qaytarilgan tovarlar uchun pulni, so‘zsiz, qaytarib berish prinsipini kiritgan; xaridorlar uchun mahsulotlar turlarini sezilarli darajada kengaytirgan. G ‘arbda marketing XIX asming o‘rtalarida paydo boigan. Birinchi kombayn ixtirochisi Sayrus Makkormik birinchilardan boiib, marketingni korxonaning markaziy yo‘nalishi va o'zining iste’molchilari doirasida ishlaydigan menejer deb ta’rif bergan.
Fransiyada 1836-yildan gazetada pulli reklamalar berilishi marketing amaliyotini rivojlanishiga ijobiy ta ’sir ko'rsata boshlagan. 1901-yildan boshlab AQSHning Michigan, Kaliforniya va llinoys universitetlarida marketing fani kiritilib, bu muammolar bo'yicha m a’ruzalar o'qitila boshlagan. 1902-yilda Eduard Devid Jons tomonidan olib borilgan birinchi marketing kursi Michigan universitetida o‘qitila boshlangan. 1905-yilda Pensilvaniya universitetida "Mahsulotlar marketingi" darslari o ‘qitila boshladi. Amaliyotda ilk bor AQSHning
Bintlift', J., "Going to M arket in Antiquity," In Stuttgarter Kolloquium : ur Hislorischen Geographic des Altertums, lickart Olshauscn and Holgcr Sonnabend (eds), Stuttgart, Fran/ Sterner, 2002, p.224
L ckhardt. G.M. and Bengtsson. A. "A B rief History' o f Branding m China," Journal o f Macromarketing, Vol, 30, no. 3, 2010, pp 210-221
6
ba’zi kompaniyalari boshqaruv apparati tarkibida marketing boiim lari tashkil etilgan. 1937-yilda Amerika milliy assotsiatsiyasi tuzildi.
1908-yilda marketing tadqiqotlari bilan shug‘ullanadigan birinchi savdo firmasi paydo bo‘lgan.
1911-yildan bir qator yirik korxonalarda marketing tadqiqotlari bo‘limi paydo bo‘la boshlagan.
1920-yillarda radio reklama va 1950-yilda telemarketingning amalga oshirilishi marketingni yanada rivojlanishiga olib keldi. 1926- yil AQSHda Milliy marketing va reklama assotsiatsiyasi tashkil qilingan va uning asosida keyinchalik Amerika marketing jamiyati shakllangan. 1934 - 1936-yillarda birinchilardan “American Marketing Journal”, “National Marketing Review”, “Journal of Marketing” marketing jumallari chop etila boshlagan. AQSHda marketing va reklama milliy negizida tuzilgan Amerika Marketing jamiyati barpo etilib, keyinchalik bu jamiyat 1973-yilda Amerika Marketing uyushmasi nomini olgan. Biroz keyinroq bunday uyushma va tashkilotlar G ‘arbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiyada ham paydo bo'Idi. Xalqaro marketing tashkilotlari - Yevropa marketing va ijtimoiy fikr tadqiqotlari jamiyati, Xalqaro Marketing Federatsiyasi, Yevropa Akademiyasi va shunga o‘xshagan jamiyatlar yuzaga kela boshladi. 1990-yillardan boshlab “Marketing to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyurtmalar” va “munosabatlar marke- tingi” atamalari paydo bo‘la boshlagan.
Umuman olganda, tovar ayriboshlashning boshlanishi bilan bir vaqtning o'/ida marketing asoslari, uning subyekti, obyekti va ele- mentlari ham to‘liq shakllanmagan bo'lsa-da, rivojlana boshlagan. Demak, tovar ayirboshlash marketingining boshlang‘ich nuqtasi hisob- lanar ekan.
Marketing bu nafaqat tovar ayriboshlash, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo'nalishi, ayrim firma. kompaniya, tarmoq va butun iqtiso diyot bo‘yicha amaliyot faoliyati hamdir. AQSH va boshqa xorijiy davlatlar iqtisodiy adabiyotlarida marketing ta’rifming ko‘p turlari mavjuddir. Eng keng tarqalgan marketing ta’rifi, u Amerika marketing assotsiatsiyasi tomonidan berilgan bo‘lib, uning mazmuni quyidagi- chadir:
«Marketing - bu tovar va xizmatlami ayirboshlash vositasida alohida shaxslar yoki tashkilotlar ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan
narx o'rganish, siljitish va sotishni o‘zida mujassamlashtiradigan reja- lashtirish jarayonidir».x
Marketingga olimlar turlicha ta’rif berganlar. Sh.Xant quyidagicha ta’rif bergan: “Marketing - bu tovarlarni ayirboshlash jarayoni haqidagi fan”. I.K. Belyaevskiy shunday degan: «Marketing - bu bozomi o ‘matish va tartibga solish, boshqarish tiziraidir». Jan-Jak Lamben esa marketingga shunday ta’rif beradi: «Marketing tashkilotlar va kishilami xohish va ehtiyojini tovarlar va xizmatlami erkin raqobatli ayirbosh- lashni ta’minlash yo‘li orqali qondirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy jara- yondir», «Marketing - bu bir vaqtning o‘zida biznes falsafasi va faol jarayondir».
Ushbu ta’riflardan shuni aytish mumkinki, marketing - bu bozomi o‘rnatish, u orqali istc’molchilarga ta’sir etishdan iboratdir.
Talab bilan taklifni o‘zaro ta’siri - bu alohida shaxslar yoki guruhning xohish-ehtiyojlarini uzluksiz qondirish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon o‘z navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarning o‘zaro ta’siriga asoslanadi, ya'ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlaming iste’moli (ishlatilishi) kiradi. Marketing insonlar ehtiyojini qondirish zaruriyati asosida ixtiro etilgan. Ehtiyoj va imkoniyatlar boim asa, hech qanday voqea bo'Imaydi.
Marketing atamasining asl m a’nosidan ishlab chiqilgan tovarlar bilan bozorga borish nazarda tutilgan. Savdo jarayoni muhandisligi nuqtayi nazaridan, marketing, mijozlarning qiziqishini va qoniqishlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan biznesning "bir-biriga bog'liq va boshqa funksiyalariga bog‘langan jarayonlar to‘plamidir9.
Ko‘pchilik olimlar tomonidan marketing biron bir kompaniyaning mahsulot yoki xizmat sotib olish yoki sotishga da’vat etgan faoliyatlari majmuyi sifatida talqin qilinadi. Marketing, iste’molchilarga yoki bosh qa korxonalarga reklama qilish, sotish va yetkazib berishni o‘z ichiga oladi. Mustaqil soha sifatida marketing, kompaniyaning iste’molchi- larini jalb qilish va ular bilan munosabatlami saqlab qolishga qaratilgan barcha harakatlarini o‘z ichiga oladi. Marketing-bu savdoga tayyorla- nish uchun barcha tadbirlar tizimini tashkil qiladi.
Котлер Ф. Управление маркетингом,- М.: Экономика 1980 с20.
4 Paul Н. Selden (1997). Sales Process Engineering: A Personal Mark shop. Milwaukee, Wl: ASQ Q uality Press, p. 23.
8
Marketing "mahsulotni ishlab chiqaruvchidan yoki sotuvchidan iste'molchiga yoki xaridorga, shu jumladan, reklama qilish, jo'natish, saqlash va sotish bilan bog‘liq faoliyatning umumiy majmuyi" deb ta’riflanadi.
Filipp Kotler marketingni xaridorlaming ehtiyojlari va xohishlarini (istak) almashinuv jarayoni orqali qondirish sifatida ta’riflaydi.10
Marketing amaliyoti o'tmishda ijodkorlik, reklama, tarqatish va sotish singari ijodiy soha sifatida qaralgan. Biroq marketing tadqiqotla- rida ijtimoiy fanlar, psixologiya, sotsiologiya, matematika, iqtisod, antropologiya va nevrologiyaning keng qo‘llanishini ta’minlaganligi sababli, marketing hozirgi kunda keng miqyosda fan sifatida e ’tirof etiladi.1
“The Chartered Institute of Marketing” marketingni "mijozlarning talablarini unumli aniqlash, prognozlash va qondirish uchun mas'ul boigan menejment jarayoni" sifatida e ’tirof etadi.12
«Marketing konsepsiyasi» tashkilotning maqsadlarini qondirish uchun potensial iste’molchilaming ehtiyojlari va istaklarini oldindan belgilash va raqobatchilardan ko'ra samaraliroq ta’minlashi kerakligini bildiradi. Ushbu Konsepsiya Adam Smitning "Xalqlar boyligi" kitobida birinchi marta aytib o'tilgan.13 Marketing asosida quyidagi yo‘nalishlar- da bozor har taraflama chuqur o‘rganiladi:
talabni o'matish;
bozor tarkibini aniqlash;
tovarni o'rnatish;
raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;
sotish shakli va uslublarini tahlil etish.
Marketing korxonalaming bozorda ishlash uslubi, bozor metodolo- giyasi boiib, iste’molchilar va ulaming talab istaklarini o'rnatish, ularga mos tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlarni yetkazib berish, taqdim etish, sotish, xizmat ko‘rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib- qoidalari majmuyi hisoblanadi. Bularning barchasi talab va taklifni o'zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. 1972-yilda F. Kotler mikro-
"University O f York Introduction 'to M arketing^ PDF).
2.0. Women. " The Science Q l’M arkctm g". I ’orbes. Retrieved 16 June 2017.
"Marketing library resources - content, knowledge databases". C1M. Retrieved 16 M arch 2017.
1' NetM BA.com. "M arketing Concept", www.netmba.com. Retrieved 8 Novem ber 2017.
9
marketing va makromarketing tushunchalarini asoslab beradi. 1976- yilda Shelbi Xant marketing ayirboshlash jarayoni haqida ilm hisob- lanishini ko‘rsatdi.
XX asming 80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida marketingni global- lashtirish jarayoni kuzatildi. Shuningdek, 1990-yilda Kanberra shahrida (Avstraliya) «Marketing - bu hamma narsa», «Marketing biznesni ang- latadi» shiori ostida global marketing bo'yicha Xalqaro konferensiya bo‘lib o ‘tgan.
Dostları ilə paylaş: |