O'zbekiston respublikasi


Marketingning asosiy kategoriyalari



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə9/170
tarix11.04.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#96119
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   170
Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

Marketingning asosiy kategoriyalari


Marketingning asosiy kategoriyalari quyidagichizmada keltirilgan:
f 1 г ^

Muhtojlik
ф i Ehtiyoj Iif? j Talab
I J 1
I I , f

Shartnoma 'M j Ayirboshlash I Tovar

B«zor



1.5.1-chiznia. Marketingning asosiy kategoriyalari


19

Ushbu tushunchalaming alohida tavsifini ko‘rib chiqamiz. Marketing markazida muhtojlik tushunchasi yotadi.
M uhtojlik- bu insonning biror narsa yetishmasligini his qilishidix.
Insonlar tabiatidan kelib chiqib muhtojlikning quyidagi turlari mavjud:
Fiziologik muhtojlik (oziq-ovqat, kiyim-kechak, issiqlik, xavfsiz-
lik);
Ijtimoiy muhtojlik (m a’naviy yaqinlik, ta’sir, muhabbat)
Shaxsiy muhtojlik (bilim, obro‘ qozonish)
Muhtojlik sezish holatida 2 ta jarayon amalga oshishi mumkin:
muhtojlikm qondirish vositasini topish yoki undan voz kechish.
Ehtiyoj - bu insonning madaniy darajasi va shaxsiga mos keladigan muhtojlikning muayyan shakli. Issiq havoda ko‘pchilikning tashnalikni qondirish hissi turlicha, Rossiyada yaxshi sovuq kvass, Germaniya - pivo, Hind okeanidagi ekvatorial orollarda - kokos sutiga ehtiyojni keltirib chiqaradi.
Ijtimoiy taraqqiyot jarayoni ehtiyojlaming tarkib jihatdan shaklla- nishiga oiib keladi. 0 ‘z navbatida ehtiyojlardan kelib chiqqan holda ishlab chiqaruvchilar o ‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishadi. Inson ehtiyojlari cheksiz lekin ulami qondiruvchi vositalar soni cheklangan. Insonning moliyaviy mablag‘i cheklanganligi bois u o‘z ehtiyojlari ichidan eng maqbulini tanlaydi.
Talab - bu xarid qilish quw ati bilan ta’minlangan ehtiyoj hisob­ lanadi. 0 ‘tgan davrdagi jamiyatda aniq vaqt oralig‘idagi talab hajmini statistik ko‘rsatkichlardan foydalanib aniqlash mumkin. Hozirgi kunda va kelajakda kutiladigan talab hajmini aniqlashda bir qancha muam- molar mavjud bunga sabab sifatida esa vaqt o ‘tgan sari talab tarkibining uzviy o'zgarishini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Tovar bu ehtiyojni qondira oladigan va e ’tibomi jalb qilish uchun bozorga taklif etilgan mahsulot. Tovar ehtiyojni qondira olish qobiliya- tiga ko'ra uch guruhga bo‘linadi:

  • ehtiyojni qondira olmaydigan;

  • ehtiyojni qisman qondiradigan;

  • ehtiyojni to ‘liq qondiradigan.

Jamiyat rivojlanishi bilan birgalikda uning a ’zolari ehtiyojlari tarkibiy jihatdan yangilanib boradi. Ehtiyojlarimiz ularni qondirishimiz uchun undovchi vosita, ya’ni, motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi. Ehtiyoj­ laming motivatsion nazariyalari orasida eng mashhuri Maslouning
20
motivatsion nazariyasi b o iib hisoblanadi. Maslouning fikriga ko‘ra, ehtiyojlar muhimlik jihatiga ko‘ra m a’lum iyerarxik ko'rinishga ega. Birinchidan, fiziologik ehtiyojlaming qondirilishi muhim ahamiyatga ega (1.5.2-chizma), ikkinchi bo‘lib esa xavfsizlikka boigan ehtiyoj qondiriladi. Ushbu ehtiyojlar qondirilgandan so‘ng, inson faoliyatida ketma-ket ijtimoiy ehtiyojlar va shaxsiy kamol topish ehtiyoj lari paydo bo‘la boshlaydi.
Marketologlaming eng asosiy vazifalaridan biri iste’molchilarning real talablarini aniqlashdan iborat. Buning uchun iste’moichi guruhini aniqlash uning ehtiyojlarini tahlil qilish va kelajakda kutiladigan o‘zgarishlami o ‘matishdan iborat. Aniqlangan ehtiyojlar asosida xaridor talabiga mos keluvchi tovar ishlab chiqarish zarur.



Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin