Uzluksizjarayonligi. Marketing axborot tizimining muhim vazifasi to‘g‘ri qaror qabul qilish va nazorat qilish uchun zarur ma’lu motlami to‘plash, ulami tanlash, tahlil qilish va baholashdir. Ushbu funksiya muntazam ravishda davom etishi sababli marketing axborot tizimi uzluksiz jarayon sanaladi.
Jshonchliligivato‘liqligi,aniqlilik. Marketing axborot tizimi ratsional va tezkor qaror qabul qilish uchun aniq, ishonchli va to‘liq m a’lumot beradi. M a’lumotlaming bunday turlari raqobat muhitida maj- buriy holga aylanadi.
Barqarorlikvamavjudlik. Marketing axborot tizimi tomonidan ta’minlanadigan m a’lumotlaming asoslari bir xil bo‘lganligi sababli axborot, odatda, doimiy va o ‘zgarmas bo‘lib boradi. Axborot texnolo- giyalaridagi katta rivojlanishlar sabab axborot oqimidagi doimiylik va bir xillikka erishish bugungi kunda osonlashib bormoqda.
0‘zaro(bir-biriga)bog‘Iiqkomponentlar. Marketing tadqi qotlari, marketing m a’lumotlari, ichki rekordlar(hisobotlar) va axborot tahlillari marketing axborot tizimining tarkibiy qismidir. Ushbu kompo-
49
nentlar axborotni to‘liq, ishonchli va yangilangan qilish uchun muhim ahamiyatga ega.