1-qadam. Muammoni aniqlash va tavsiflash - har bir firma o ‘z zimmasiga olgan vazifani bajarishda kerak bo‘lgan eng muhim qaror bo‘lib, uning maqsadi tadqiq qilinishi kerak bo‘lgan muammoni aniqlashdan iboratdir. Muammo yetarli darajada aniqlangan bo‘lishi kerak, chunki u juda noaniq bo‘Isa yoki tor doirada o ‘rganilgan bo‘Isa, unda aniq xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Muammoni to‘g‘ri aniqlash uchun har bir firma savollarga aniq javob berishlari kerak: Nima o ‘matish kerak? va nima uchun tadqiqot qilish kerak (qaror qabul qilish kerak)?
Marketing tadqiqoti jarayoni
Ф-
3-qadam. Axborot to'plash
1-qadam. Muammoni aniqlash
4-qadam.
Axborotni tahlil qilish
б-qadam. Qaror I qabul qilish
i _
qadam. Tadqiqot rejasini ishlab chiqish va rivojlantirish
5-qadam. Topiimalarni taqdim qilish
3.4.1-chizma. Marketing tadqiqoti jarayonining tuzilishi
qadam. Tadqiqot rejasini ishlab chiqish va rivojlantirish. Ushbu bosqich tadqiqot maqsadiga talluqli axborotni to‘plashni o‘z ichiga oladi. U quyidagilardan tashkil topadi:
M a ’lumot manbalari: tadqiqotchi tadqiqot muammosiga oid m a’lumotlarni birlamchi manbadan yoki ikkilamchi manbadan yoki har ikkala ma'lumot manbasidan to‘plashi mumkin. Asosiy manbalar - kitob yoki tadqiqot hisobotlarida mavjud bo‘lmagan dastlabki ma’lumotlar bo‘lsa, ikkilamchi ma’lumotlar kitoblarda, jumallarda, hisobotlarda va hokazolarda topilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar hisoblanadi.
51
|