jahon bozoriga web-saytlar orqali yetishish imkonini beradigan reklamalami rivojlantirish;
kompaniyaning global bozorda ishtirokini kengaytirish imko niyatlarini aniqlash uchun onlayn ma’lumotlardan foydalanish.
Bozortadqiqotlari bo‘yicha tahlilchilar - tashqi bozor haqida m a’lumot to‘playdi. Ular nima qilishadi?
xorijiy bozoming iste’molchi bazasi bo‘yicha ma’lumotlar to‘p- lash uchun turli usullami (intervyular, so‘rovnomalar va statistik tahlil- lami o‘z ichiga olgan holda) ishlatish;
kompaniyaning mahsulotiga bo‘lgan talabni aniqlash va mahalliy raqobatni va iste’molchi didini hisobga olgan holda, ushbu mahsulotlar sotilishi mumkin bo‘lgan narxlami baholash;
mahsulot taqsimoti, aloqalari uchun mavjud bo‘lgan kanallami aniqlash va tashqi bozorda xarajatlar ichki xarajatlardan qanday farq qilishini ko‘rsatish;
66
xorijiy madaniyatlami o‘matish, mahsulot xabarlariga madaniy javoblarni baholash va prognozlash.
Xalqaromarketing- tashqi iqtisodiy faoliyat, jahon bozori mar- ketingi. Uning mamlakat ichki bozorlari marketingidan ko‘pgina farqi bor. Avvalo, jahon bozoriga har bir mamlakat o ‘z marketing strategiyasi bilan kirish uchun tanlangan mamlakatning umum madaniy va iqtisodiy muhitlami tahlil qilishi zarur. Shu bilan birga xalqaro marketing firmaning tashkiliy ishlarmi jahon standartlari darajasida mahsulotni rejalashtirish, sotish, harakatini tashkil etish va narxlashtirishda o ‘ziga xos talablar qo‘yadi. Xalqaro marketing strategiyasi eksport, import va qo‘shma korxonalar tashkil etishda alohida-alohida yondashishni taqozo etadi. Xalqaro marketing jahon bozoriga chiqish imkoniyatlarini, tashqi muhitni, aniq bozomi tanlash va unga kirish usullarini aniqlash, marketing rejasini tuzish, raqobatchilar faoliyatini tadqiq qilish va boshqalami o‘z ichiga oladi.