Birinchiqadam sifatida kompaniyaning o‘z xodimlari yangi innovatsiyalarga ishonch hosil qilishlari kerak, chunki bu mahsulotni bozorga chiqarishning yagona yoii.
Ikkinchiqadam, uni tashqi bozorda sotish. Bu mahsulotni joylash- tirish, narxlashtirish, aloqa va reklama, savdo kanallari va yana ko‘p nar- salar bilan to‘liq marketing miksni o ‘z ichiga oladi.
Mahsulotni ishlab chiqish va rivojlantirish jarayonida innovatsion marketing mijozlar va foydalanuvchilami doimiy ravishda jalb qilish vazifasini o‘z zimmasiga oladi. Bundan ko‘zlangan maqsad - iste’mol chilar va bozorlardan rivojlanish, yangilik va o ‘zgarishlar haqida m a’lu mot olishdir. Konsepsiyaga ko‘ra, prototip va beta-testlari ko‘rinishida mahsulotni kelgusida qabul qilishni testdan o ‘tkazish va tajribalarni va g ‘oyalami rivojlanish jarayoniga kelgusi yuksalish uchun birlashti- rishdir. Innovatsiya asoslangan holda kompaniyalaming qaror qabul qilishi 5 ta bosqichdan iborat bo‘ladi, agar tadqiqot jarayonidan so‘ng bildirilgan takliflar yoki tavsiyalar ishonchli yoki dolzarb bo‘lsa qaror qabul qilinadi va amaliyotga joriy qilinadi (4.4.2-chizma).
Innovatsion marketing mijozning ehtiyojlarini yaxshiroq tushunish va qondirish, yangi bozorlami ochish yoki firmaning mahsulotini yangi bozorda samarali joylashtirishni maqsad qilib qo‘yadi. Innovatsion mar- ketingning boshqa marketing instrumentlaridan farq qiluvchi xususiyati bu firma tomonidan avval qo‘llanilmagan metodni joriy qilishdir. Yangi marketing usuli innovatsion firma tomonidan ishlab chiqilishi yoki bosh qa firmalar yoki tashkilotlar tomonidan qabul qilinishi mumkin. Yangi va mavjud mahsulotlar uchun ham innovatsion marketing usullarini joriy etish mumkin.
78
Bilim Ishonch Qaror Joriyqilish Tasdiqlash
Radetish
Qabulqilish
4.4.2-chizma. Innovatsiyaga asoslangan holda qaror qabul qilishning 5 ta bosqichi
Marketing va innovatsiyalar biznes uchun daromad keltiradi. Sama rali marketing rejasi va amalga oshirilishi savdo foydasi va daromad- laming oshishiga olib keladi. Bu quyidagi o ‘lchangan natijalami ko‘rsa- tishi mumkin:
savdo daromadlari, kompaniya foydasi va mijozlar qoniqishinmg davomiy o‘sishi;
korxonaning kapital xarajatlaridan ko‘p bo‘lgan barqaror foyda;
investitsiyalami qaytarish bo‘yicha biznesning barqaror o ‘sishi;
ishchilami ushlab turish va ishga yollashning ko‘payishi.