85 Korporativstrategiyalar uch guruhga bo‘linadi: portfelli stra- tegiyalar, o'sish strategiyalari va raqobat strategiyalari.
Marketingningfunksionalstrategiyalarikorxona tomonidan maqsadli bozorlami tanlash va ular uchun mos strategiyalami ishlab chiqishga qaratilgan. Ular ham uch guruhdan iborat, ya’ni: bozomi segmentlash strategiyalari, mavqelashtirish va marketing kompleksi strategiyalari. Funksional strategiyalar bo‘lim va xizmatlar harakatlarini korxonaning ishlab chiqarish bo‘linmalari darajasida aniqlashtiradi. Masalan, ishlab chiqarish sohasidagi funksional strategiya yaroqsiz mahsulotni ishlab chiqarmaslik, xomashyo yo‘qotishlarini kamaytirish va boshqalardan iborat bo‘lishi mumkin.
Marketingninginstrumentalstrategiyalarikorxonaga marketing kompleksi doirasida (tovar, narx, siljitish, sotish) maqsadli bozordagi marketing harakatlarining samaradorligini oshirish uchun eng yaxshi- larini tanlab olishga (vujudga kelgan bozor holatini hisobga olgan holda) imkoniyat beradi. Strategiyalami to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: oziq- ovqat strategiyalari, narx strategiyalari, taqsimlash va siljitish stra tegiyalari.
Portfelli strategiyalar. Marketing amaliyoti «portfel»ni bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan xo‘jalik boiinmalari, bir kompaniya yoki firma stra tegik jamlanmasi ko‘rinishida ко‘rib chiqadi (moliya sohasida ka- pitallami joylashtirishga o ‘xshash holda). Bular asosida korxonaning turli faoliyat sohalarini ulaming bozor ehtiyojlarini qondirish va har bir sohaga kapital qo‘yilmalami amalga oshirishdagi o ‘mi va roli nuqtayi nazaridan boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar samarali hal etiladi. 0 ‘z portfelining tahlili ko‘p profilli firmaga cheklangan resurslami turli xil tovar bozorlari o‘rtasida taqsimlashga yordam berishi kerak. Korxona resurslarini bozor faoliyatining xo‘jalik yo‘nalishlarini tanlash asosida boshqarish «jozibalik - raqobatbardoshlik matritsasi» deb nomlanadigan Boston konsalting gruppasi (BKG) uslubidan foydalanish yordamida amalga oshiriladi. Bu uslub «Djeneral Elektrik» va «Makkenzi» fir- malariga ham tegishlidir. BKG matritsasida ikkita mezon qoilaniladi: o‘sishning marketing imkoniyatlari - korxona mahsulotiga talabning o‘zgarish sur’atlari ko‘rsatkichlari bozoming jozibaligi indikatori sifatida va ichki potensial - eng xavfli raqobatchiga nisbatan olingan bozor ulushi raqobatbardoshlik indikatori sifatida (5.1.1-chizma).