Konsentrlashgan marketing alohida iste’molchilar guruhlarining
94 (segmentlarining) o ‘ziga xos talablarini hisobga oladi, ularga maksimal ravishda moslashadi, yangi iste’molchilami jalb qilish maqsadida bozor ga kirib borishi davom etadi. Korxonaning vazifasi mahsulot sotilishini maksimallashtirish emas, balki barqarorlik, doimiy xarajatlar, bozor ulu- shining yetarligi va iste’molchilaming e ’tiborini qozonishga erishishdan iborat. Hozirgi industrial jamiyatda iste’molchilar «o‘rtacha» xaridorga moMjallangan tovarlar bilan qoniqib qolmaydi, shuning uchun firmalar ommaviy va differensiallashgan marketing usullaridan tobora ko‘proq konsentrlashgan marketing texnikasiga o ‘tmoqdalar.
Har qanday boshqa biznes faoliyati singari, rejalashtirishni boshqarish va ish faoliyatini yaxshilash uchun umumiy strategiya kerak. Bugungi kunda raqamli marketing strategiyasini qo‘llash juda muhimdir. Uning yordami bilan siz yakuniy maqsadni hisobga olgan holda tanlov qilishin- giz mumkin. Bu, ayniqsa raqamli marketing sohasida juda muhimdir, chunki bu sohada ko'plab sohalar mavjud. Raqamli marketing strate giyasi hatto qo‘rqinchli ko‘rinishi mumkin. Ammo bu kompaniyalarga o ‘zlarining brendlari to ‘g‘risidagi m a’lumotlami Intemetda ko‘p vaqt sarflaydigan mijozlarga faol ravishda yetkazish uchun haqiqiy imkoniyat beradi. Raqamli marketingning bir qancha turlari mavjud:
qidiruv tizimi marketingi (search engine marketing (SEM));
qidiruv tizimini optimallashtirish (SEO);
kontekstli reklama;
ijtimoiy media marketing;
hamkorlik marketing.
Raqamli marketing strategiyasining asosiy maqsadi barcha element lami yagona rejaga birlashtirib, sizga vaqt, pul va kuch sarflaydi. Raqamli marketing strategiyasini tuzish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.
1. Auditoriyani o ‘rganish, yani marketing faoliyati to‘plamini ishlab chiqishdan oldin, siz kimga murojaat qilishni bilishingiz kerak. Shuning uchun, sizning birinchi qadamingiz auditoriyani o‘rganishdir. Buning
ko'p usullari mavjud, ammo eng ommabop va samarali usullar quyidagi- lardan iborat: