Strategik rejalashtirishning maqsadi nimadan iborat?
Korporativ strategiya mazmunini izohlab bering. 3.Strategik rejalashtirish jarayoni qanday bosqichlardan iborat?
Korxona tomonidan ishlab chiqiladigan marketing strategiyalari nechta darajada amalga oshsa optimal bo‘ladi?
Ansof matritsasiga izoh bering.
Umumiy raqobatchi matritsasini tushuntirib bering.
Bozomi bloklash deganda nimani tushunasiz?
Differensiallashgan marketing deganda nimani tushunasiz?
Ehtiyojning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi ko‘rinishi va amal qilishi talabdir. Lekin talab ehtiyojdan farq qiladi va mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Uning farqi shundan iboratki, kishilaming ehtiyoji o‘sib boraveradi, cheksizdir. U pul bilan ta’minlansa va sotib olish imkoniyatiga ega b o ‘lgan taqdirda talabga aylanadi. Demak, aytish mumkinki, talab - bu pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj sotib olish uchun zarur bo‘lgan pul bilan ta’minlan- masa, u “xohish”, “istak” b o iib qolaveradi. Bozordagi narxlami o‘zga- rib turish darajasida iste’molchilaming tovar va xizmatlaming m aium turlarini va m aium miqdorlarini sotib olishga layoqati boigan ehtiyoj talab deyiladi. A. Marshall talab va taklif qonunini va shunga muvofiq bahoni tahlil qilishga alohida e’tibomi qaratdi. U tahlilni talabdan boshladi: «Sotilishi ko‘zda tutilgan tovar miqdori qancha ko‘p boisa, unga qo‘yiladigan baho shuncha past boiishi kerak, negaki u o‘z xaridorlarini topa olsin. Baho pasayganda talab qilinadigan tovarlar miqdori ko‘payadi, baho oshganda esa - kamayadi. Bunda bahoning pasayishi bilan talabning oshishi o‘rtasida qat’iy o‘matilgan bir xil nisbat boimaydi». Talablar turlicha boiadi. Bir xil tovar va xizmatga boigan talabning ikki turi bor va ular bir-biridan farq qilinadi. Shu boisdan, yakka talab va bozor talabi boiadi. Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning moddiy va nomoddiy ne’matlarga boigan talabi - bu yakka talab deyiladi. Bir qancha iste'- molchilaming tovarlar va xizmatlarga boigan talablari yigindisi bozor talabi deyiladi.
Misol keltiramiz. Bir kg guruch narxi 10 ming so‘m b oisa, talab 4 kg boiadi, (bir oy davomida) 5 ming so'm boisa, 8 kg boiadi, 4 ming so‘m boisa, talab 10 kg ga chiqadi. Bozor talabi esa, 2 tonna, 4 tonna, 6 tonna va hokazo boiishi mumkin. Talab iste’molchining muayyan vaqt
99 mobaynida har xil narxlarda sotib olishi mumkin b o ig an mahsulot miqdori.32
Tovar narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o‘zgarishi o‘rtasida bo‘ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog‘liqlik talab qonuni deyiladi.
Tovar narxi va uning xarid qilinadigan miqdori (talabning) o ‘rta- sidagi teskari bog'liqlikni oddiy ikki o'lchamli grafikda ham tasvirlash mumkin: yotiq chiziq bozor talabi miqdorini, tik chiziq narxni ko‘rsatadi (6.1.1-chizma).