Mahsulot yetakchiligi tovarlar differensiatsiyasi mumkinligi bilan ta’minlanadi. Asosiy o ‘rinni tovami mukammallashtirish, markali mah sulotni rivojlantirish, servis, dizayn, imijni tashkil etish va boshqalar bilan bog‘liq jarayonlar egallaydi. Iste’molchilar uchun tovar qadrining oshishi iste’molchining kerakli tovar uchun yuqoriroq narx berish tayyorligiga olib keladi. Shunday qilib, bu yerda hukmron rolini mar keting o‘ynaydi.
Bo ‘shliqda yetakchilik narx yoki mahsulot ustunligini bozoming torroq segmentlarida ishlatishni bildiradi. Shu bilan birga korxona tomonidan tanlangan segment kuchliroq raqobatchilar e’tiborini o‘ziga tortmasligi kerak. M a’lum darajada bu amaliyot asosan korxona to monidan iste’molchilaming tor guruhini ajratish uchun qo‘llanilishi mumkin.
Korxonaning raqobat ustunligi matritsasi quyidagi matritsada kel- tirilgan strategiyalar bilan ifodalangan bo‘lishi mumkin (5.1.5-chizma).
Bozordagi holat Oldindan harakat qiluvchi strategiyalar
Passiv strategiyalar
Bozor yetakchilari « Ishg'ol qilish» « H im oya» « Tutib olish» « B loklash»
Bozor yetakchilarini ta’qib qiluvchilar
To g'ri raqobatchilikdan qochmoq
« H ujum » «Kurs b o ‘yicha yorib o ‘tish»
« M aydonlarda kuchlam i to ‘plash»
« Kurs bo‘yicha bo ‘vlab borish» « Q urshab olish»
«H olatlarni saqlash»
« A ylanib o ‘tish»
5.1.5-chizma. Raqobatchilar ustunligi matritsasi
92
Korxonaning harakatlar tavsifi va bozordagi egallagan o‘mi u yoki bu strategiyani tanlashni oldindan belgilaydi. Shunday qilib, ko‘pgina raqobatchilar uchun «sanash nuqtasi» sifatida bozorda ustun o‘rinni egallovchi bozor yetakchisi xizmat qiladi. Bozordagi vaziyatdan qanoat- langan korxonalar, odatda, to‘g ‘ri raqobatdan qochadilar. Biroq, raqobatchi ustunliklari yig‘ilishi bilan yetakchiga ochiqdan ochiq qarshi chiqa oladigan va hujum qila oladigan korxonalar yetakchilami ta’qib qiluvchilarga aylanadilar.
Oldindan harakat qiluvchi strategiyalami (aktiv) yoki passiv turlami tanlash, asosan, korxonaning bozordagi holatiga b ogiiq boiadi.
Dostları ilə paylaş: |