Mahsulot yetakchiligi tovarlar differensiatsiyasi mumkinligi bilan ta’minlanadi. Asosiy o ‘rinni
tovami mukammallashtirish, markali mah
sulotni rivojlantirish, servis, dizayn, imijni tashkil etish va boshqalar bilan bog‘liq jarayonlar egallaydi. Iste’molchilar uchun tovar qadrining oshishi iste’molchining kerakli tovar uchun yuqoriroq narx berish tayyorligiga olib keladi.
Shunday qilib, bu yerda hukmron rolini mar keting o‘ynaydi.
Bo ‘shliqda yetakchilik narx yoki mahsulot ustunligini bozoming torroq segmentlarida ishlatishni bildiradi. Shu bilan birga korxona tomonidan tanlangan segment kuchliroq raqobatchilar e’tiborini o‘ziga tortmasligi kerak. M a’lum darajada bu amaliyot asosan korxona to monidan iste’molchilaming tor guruhini ajratish uchun qo‘llanilishi mumkin.
Korxonaning raqobat ustunligi matritsasi quyidagi matritsada kel- tirilgan strategiyalar bilan ifodalangan bo‘lishi mumkin (5.1.5-chizma).