O'zbekiston respublikasi



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə52/170
tarix11.04.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#96119
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   170
Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

Bozordagi ulush
Bozor o ‘sishining yuqori sur’atlari
«Yulduzlar» «Kiyin bolalar»
«Sog‘iladigan sigirlar» «Itlar»
Bozor o'sishining past sur’atlari
i i i i i i i i i i 1 i—
10 8 4 2 1 / , V4 1/8 1/16 1/32
1/64 1/128


5.1.1-chizma. BKG matritsasi


Bozordagi ulush eng xavfli raqobatchi yoki bozor yetakchisiga nisbatan hisoblanadi. Bunda «bozor ulushi» o‘qi uchun boMinish chizig‘i


«1» orqali o ‘tadi. Bu yerda quyidagi qoida amal qiladi: agar korxona ulushi raqobatchi ulushiga nisbati 1 dan kam boisa, u past bo‘ladi, 1 dan katta bo‘lsa, u holda korxonaning ulushi baland boiadi. To'rtta kvadratdan har bin ham investitsiyalar, ham marketing strategiyalari nuqtayi nazaridan alohida yondashuvlami talab etadigan bir-biridan farq qiluvchi har xil vaziyatlami tasvirlaydi. Bu yerda quyidagi strategiyalar amal qilishi mumkin:
«Yulduz» - rivojlanayotgan tarmoqda yetakchilik qilayotgan tovar yoki tovarlar guruhining shartli belgilanishi. «Yulduz»lardan tushgan foyda juda muhimdir. Lekin, shu bilan birga keyingi o‘sish uchun katta hajmdagi moliyaviy resurslar zarur bo‘ladi. Demak, firma strategiyasi- ning asosiy maqsadi - yetakchilikni saqlash va mustahkamlash. Buning uchun mahsulotni takomillashtirish, narxni pasaytirish, reklama tadbirla- rini kuchaytirish, keng taqsimot kabilar maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. Biroq tarmoq rivojlanishining sekinlashishi bilan «yulduz»
«sog'iladigan sigir»ga aylanadi.
«Sog‘iladigan sigir» deb odatda nisbatan yetuk, rivojlanishi barqa- rorlashgan va qisqaruvchi tarmoqda yetakchi o ‘rinni egallaydigan tovar va tovar guruhlariga aytiladi. Sotish barqaror holatda ekanligi va asosiy xarajatlar davridan o ‘tilgan bo‘lsa, tabiiyki, sotishdan kelgan foyda hali ham uning bozordagi ulushini saqlab turish uchun zarur bo‘lganidan ortiq bo‘ladi va boshqa assortm ent guruhlari yoki alohida tovarlarni rivojlantirish va saqlab turish uchun ishlatiladi. Bunday sharoitlarda


87
firma maksimal foyda olishga intiladi, erishish vositalari esa odatda so­ tish kanallarini ta’minlab turish, «eslatuvchi reklama», narxdan chegir- malar, takroriy xaridlami rag‘batlantirish hisoblanadi.
«Qiyin bola» (boshqacha nomi - «so‘roq belgisi») - bu tez rivojla­ nuvchi tarmoqda ishlab chiqaruvchilaming kuchli raqobati va iste’molchilaming uncha ko‘p boim agan ko‘magi sharoitlarida tovar yoki tovar gumhlari. Bozor ulushi katta emas. Firmaning vazifasi investitsiyalash manbalarini topish va tanlangan yo‘nalish doirasida rivojlanishni ta’minlashdan iborat. Strategiyaning yangi sotish kanal­ larini topish, tovami siljitishga xarajatlaming kengayishi, narxni pasay- tirish kabi variantlari samarali, bozordan chiqib ketish varianti ham bo‘lishi mumkin.
«It» - bu qisqarayotgan bozorda juda kichik ulushdagi tovar yoki tovarlar guruhi. «It» sifatida ko‘pincha iste’molchilar tomonidan tan olinmagan tovarlar, yoki raqobatchilar tovaridan ancha orqada bo‘lgan tovarlar, yoki ko‘p xarajat talab etuvchi va o ‘sish imkoniyatlari kam bo‘lgan tovarlar namoyon bo‘ladi. Strategik qarorlaming variantlari: narxning pasayishi va xizmat ko‘rsatish hajmining kamayishi, sod- dalashtirish y o ii bilan foyda olish, bozordan chiqib ketish.
BKG usuli bo‘yicha tahlil qilish yagona portfel tarkibida korxo­ naning o‘mini aniqlash, istiqbolli strategiyalami prognozlashga imkoni- yat beradi. Tez o ‘suvchi yo‘nalishlar investitsiyalarga ehtiyoj sezadi, sekin o ‘suvchiIari esa ortiqcha mablag‘larga ega bo‘ladi.
Sotishlar hajmi va foyda summasi bo‘yicha deyarli har bir yo‘- nalishning ulushini hisoblash mumkin. Shu bilan bir qatorda matritsani qo‘llash m a’lum darajada cheklangan, chunki u faqatgina barqaror sha- roitlar va ko‘rsatkichlarning cheklangan doirasi bo‘yicha natija berishi mumkin.



Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin