To‘g ‘ridan-to‘g ‘rimarketing - bu tovarlar va xizmatlami sotish- ni rag‘batlantirish uchun og‘zaki, yozma, telefon, elektron shaklda rekla- ma murojaatining turi. To‘g‘ridan-to‘g ‘ri marketingning asosiy xusu- siyati sotuvchi va xaridor o‘rtasida dialog o‘matish, shu asosda ular o ‘rtasida uzoq muddatli barqaror munosabatlami o ‘matish va doimiy mijozlar doirasini shakllantirishga hissa qo‘shishdir.To‘g ‘ri marketingni iste’molchidan to ‘g ‘ri buyurtma olish marketingi ham deyiladi. “To‘g ‘ri- dan-to‘g ‘ri marketing tezkor javob olish uchun tanlangan aniq mijoz bilan to‘g'ridan-to'g‘ri (interfaol) muloqotdan iborat”27. To‘g‘ridan- to 'g ‘ri marketing xaridorlar bilan uzoq muddatli munosabatlami o ‘ma- tish va saqlab qolishga imkon beradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri marketingning asosiy shakllari: - shaxsiy sotish - taqdimotlami tashkil qilish, savollarga javob berish va buyurtmalami qabul qilish uchun bir yoki bir nechta potensial xaridor bilan bevosita o‘zaro aloqa qilish; - pochta orqali to‘g‘ridan-to‘g ‘ri marketing - potensial xaridorlarga pochta varaqalari manzillaridan pochta orqali yuboriladigan xatlar, reklama materiallari, risolalar va boshqalami o ‘z ichiga oladi; - kataloglar bo‘yicha sotish - mijozlarga pochta orqali yuborilgan yoki do‘konlarda sotiladigan tovarlar kataloglaridan foydalanish; - telefon marketingi (telemarketing)
- telefondan mijozlarga tovarlarni to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri sotish vositasi
Барышева А.В. « Продажи на 100%». 3 -е издание. - СПб.: Питер, 2007. - 192 с..
67
sifatida foydalanish; - to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri javob televizion marketing - aloqa elementlari (odatda telefon raqami) yordamida reklama televizion (yoki radio) dasturlar orqali tovarlar va xizmatlar savdosi; - Interfaol (onlayn) marketing - real vaqt rejimida interfaol kompyuter aloqasi xizmatlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing. To‘g ‘ridan-to‘g ‘ri marke ting kompaniyalari marketing taklifi iste’molchilaming tor segmenti yoki individual mijozlar ehtiyojlariga moslashtirilganligini diqqat bilan kuzatib boradilar28. To‘g ‘ridan-to‘g‘ri marketing, birinchi navbatda, vositachilik reklamasi va qimmatbaho shaxsiy aloqalarisiz mijozlaming maksimal soniga to‘g ‘ridan-to‘g‘ri mahsulotni sotishni tashkil qilish usuli sifatida foydalidir. Shu bilan birga, to ‘g ‘ridan-to‘g‘ri marketing potensial mijozlar va xaridorlar bilan ishonchli aloqalami o ‘matish va xabardor qilish maqsadida maqsadli auditoriyani kompaniya bilan aloqaga jalb qilish uchun samarali vositadir.
1972-yilda F.Kotler mikromarketing va makromarketing tushuncha- larini asoslab bergan. Mikromarketing - bu bitta segment yoki alohida iste’molchilar uchun marketing strategiyasini ishlab chiqish. Odatda, firmalar individual iste’molchilar bilan pochta yoki telefon orqali bog‘lanishadi. Iste’molchilar odatda manzil kataloglari yordamida aniq lanadi. Mikromarketning afzalligi shundaki, firmalar individual iste’mol- chilaming xususiyatlaridan kelib chiqqan holda takliflami moslash- tirishlari mumkin. Ammo firmalar, agar ular iste’molchilaming indivi dual xususiyatlari to ‘g ‘risidagi ma’lumotlardan foydalanmasalar, iste’ molchilaming shaxsiy huquqlarini buzmasliklari kerak. Agar pochta ro‘yxati bo'lmasa, firmalar geodemografik tahlilga murojaat qilishadi, bu pochta kodini tahlil qilish va demografik xususiyatlar bilan bog‘lash orqali oilalami aniqlaydi. Mikromarketing turlaridan biri bu buyurtma asosida marketing, ya’ni, individual iste’molchilar ehtiyojlari asosida tovarlami ishlab chiqish. Mikromarketingda iste’molchilami tanib olish va ularga erishish hamda individual iste’molchilar uchun mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlami aniqlash uchun imkoniyatlar cheklangan. Makromarketing (ba’zi manbalarda ommaviy marketing) bu bozoming iloji boricha ko‘proq qismiga xizmat qiladigan yaxlit mar keting strategiyasidir. Makromarketing jamiyat darajasidagi ehtiyojlami tahlil qilish va xabardor qilishga asoslangan bo‘lib, ushbu ehtiyojlaming hukumat qarorlariga ta’sirini aniqlaydi. Hozirgi bosqichda makromar-
68 ketatsiya hali tizim sifatida to ‘liq shakllanmagan. Makromarketing tizi mi shakllanishi va samarali ishlashi uchun davlat bozor munosabat- larining subyekti sifatida harakat qilishi kerak. Har qanday muvaf- faqiyatli iqtisodiyotda kam ta ’minlangan aholining asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun davlat va kommunal korxonalar va tarqatish kanallari yangi modelini makromarketing tizimi bilan bir vaqtda shakllantirish kerak. Makromarketingni asosi jamiyat ehtiyojlarini o‘rganish va ushbu ehtiyojlarga asoslangan holda ulami samarali qondirish uchun yo‘na- lishlami shakllantirishdan iborat.