Nazorat va mulohaza uchun savollar
Raqobat deganda nimani tushunasiz?
Bozorda raqobat nechta bosqichdan o ‘tadi?
Raqobatning ijobiy va salbiy jihatlarini aytib bering.
Subyektning mavqei qachon ustun deb hisoblanadi?
Oligopoliya deganda nimani tushunasiz?
Raqobat munosabatlari nechta bosqichda amalga oshiriladi?
Raqobat ustunligiga qanday erishiladi?
Hujumkor strategiyaning oltita asosiy turlarini sanab bering 9.“Kurashga chaqiruvchi” strategiyasining maqsadi nimadan iborat?
10. F. Kotler firmaning bozordagi ulushidan kelib chiqqan holda raqobatchilik strategiyasini qanday turlarga ajratib ko‘rsatadi?
173
9- MODUL. TOVAR SIYOSATI
Tovar va xizmat tushunchalari mohiyati
“Tovar” so‘zi lotincha “produce” - hosil qilmoq fe’lidan kelib chiqadi. "1575-yildan buyon" tovar "so‘zi ishlab chiqarilgan narsaga nisbatan qo'llanila boshlagan44. Tarixiy davrlarga kelib tovar munosa- batlari jamiyat iqtisodiyotining barcha tomonlarini keng va chuqur qamrab oladi.
Tovar ishlab chiqarish vujudga kelishi va amal qilinishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari hamda shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:
ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi. Bunda ishlab chiqa- ruvchilar u yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ixtisoslashuv, o ‘z navbatida, qiyosiy ustunlik tamoyili bo'yicha, ya’ni mahsulotni nisbatan kam muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati bilan aniqlanadi;
shaxsiy va xususiy mulkchilikning shakllanishi, ishlab chiqaruv- chilaming iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi. Bunda ular o ‘z mulklari hamda mehnat natijalarini o ‘zlari tasarruf qiladilar. Iqtisodiy alohidalik xo ‘jalik faoliyatiga oid barcha qarorlami ishlab chiqaruvchining o ‘zi hal qilishini bildiradi. Xuddi shu ikki holat tovar ishlab chiqarishni zarur qilib qo‘yadi va bozor iqtisodiyoti vujudga kelishining shart-sharoiti hisoblanadi. Mehnat mahsuli tovarga, ya’ni bozorda ayirboshlash uchun, sotish uchun tayyorlanadigan narsaga, ishlab chiqaruvchilar esa tovar ishlab chiqaruvchilarga aylanadi.
Tovaming iqtisodiy m a’nosi birinchi bo‘lib Adam Smit tomonidan izohlangan.45 Klassik iqtisodchilar va Karl Marksning nazariyasiga ko‘ra tovar - bu mehnat asosida ishlab chiqarilgan va bozorga sotish uchun olib chiqilgan har qanday narsa.
Tovami tushunishda tovaming mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Tovarga ta’rif berishda ham iqtisodchi lar tomonidan turlicha yondashuvlar mavjud. Jumladan, Ye.F.Borisov ta’rifiga ko‘ra «Tovar - bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida ayirboshlashga moijallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy nafliiik-
http://w ww.wikipedia.org/uz
Адам Смит. "Исследование о природе и причинах богатства народов". - Москва. Эксмо, 2 0 16, 203 стр.
174
dir».46 Bundan ko‘rinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi.
V.I.Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda
«ne’mat» va «tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar iqtisodiy ne’matning maxsus shakli bo‘lib hisoblanishi ko‘rsatib beril gan: «Tovar - bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne’mat».47 Bu va boshqa qator olimlaming fikrlari asosida ta’kidlash mumkinki, tovar - bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lgan, ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsuli.
Tovar ikki xususiyatga ega: bir tomondan, u kishilaming qandaydir ehtiyojini qondira oladigan, ikkinchi tomondan esa, boshqa buyumlarga ayirboshlana oladigan buyumdir. Boshqacha aytganda, tovar naflilikka (iste’mol qiymatiga) va qiymatga egadir. Marketingda tovar deganda, ehtiyoj yoki talabni qondirishi mumkin bo‘lgan va bozorda taklif etilgan har qanday narsa tushuniladi. Ishlab chiqarish sohasida tovarlar xomashyo sifatida sotib olinadi va tayyor mahsulot sifatida sotiladi.
XX asrlargacha iqtisodiyotda ayirboshlash va savdo jarayonlari markazida tovar muhim rol o‘ynagan. Bugungi kunga kelib, ayniqsa, o‘tgan asming ikkinchi yarmida yana bir asosiy tushuncha, “xizmat” tushunchasi paydo boidi. Xizmat deganda, aw alo, mehnat mahsulotini tushunish lozim. Ushbu mahsulotning asosiy belgilanishi boiib, insonlaming aniq talablarini qondirish hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, xizmat - bu insonlaming ehtiyoj va talablarini qondirishga qaratilgan faoliyatdir. Servis faoliyati deganda yakka tartibdagi xizmatlami ko‘rsatish orqali insonlar talabini qondirishga yo‘naltirilgan faoliyat turini tushunish lozim. Ushbu turdagi faoliyat bilan turli xildagi tashkilotlar shug‘ullanadi. Ular jumlasiga yakka tartibdagi tadbirkorlar va turli mulk shakliga ega boigan servis korxonalari kiradi. Ular mehnatining natijasi b o iib xizmat hisoblanadi.
Xizmatlar iqtisodiy faoliyat turi sifatida ko‘p vaqtlardan beri mavjud. Birinchi boiib, “xizmat” tushunchasini fanga klassik iqtisodiy maktab namoyandasi fransuz iqtisodchisi Jan Batist Sey kiritgan. U
Борисов Е.Ф. Экономическая теория: учеб. - 2 -е изд.. перераб. и доп. - М.: ТК Велби, Изд-во Проспект, 2005, с. 144.
Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина. А.И.Добрынина, Г.П.Ж уравлевой, Л.С.Тарасевича. - М.: ИНФ РА-М , 2005, с . 143.
175
xizmatlami faqat inson tomonidan emas, balki jism va tabiat kuchi tomonidan ham ko‘rsatiladi, deb hisoblagan.48
Klassik iqtisod maktabi asoschisi Adam Smit o‘z tadqiqotlarida xiz matlar sohasini alohida tadqiq qilmagan. Olim xizmatga mehnat sifatida qaraydi va mehnat (xizmat) ishlab chiqarilish jarayonining o ‘zida iste’mol boiishini, unumli va unumsiz mehnat (xizmat)larga bo‘linishini aytib o ‘tgan. Shuningdek, A.Smit mehnat (xizmat) qiymat yaratmasli- gini, qiymat faqat moddiy sohada yaratilishini e’tirof etgan.49
Marksizm maktabi asoschisi Karl Marks ham xizmatlami alohida tadqiq etmasa-da, u o‘z asarlarida “samarali xizmat” tushunchasini ishla- tadi. Xususan, u transport xizmatlarini sanoat rivojida samarali xizmatlar sifatida baholaydi. Shuningdek, K.Marks jamiyatda kapitalist va ishchi- lami pulning chiqish manbai sifatida, xizmat ko‘rsatuvchilami pulni kirish manbai sifatida e ’tirof etadi.50
Neoklassik maktab vakili Alfred Marshall xizmatlar to‘g ‘risida ancha dadil va Shu bilan bir qatorda, mantiqan asoslangan fikrlami maydonga tashlagan va xizmat ko‘rsatish sohasining nazariy asoslarini shakllantirishda o‘zining munosib hissasini qo'shgan. U xizmatlami mehnatning nomoddiy,'l sezgi organlari vositasida ilg‘ab bo‘lmaydigan natijalari sifatida talqin qilgan. Aynan, A.Marshall barcha ne’matlami moddiy va nomoddiy ne’matlarga b o ia r ekan, ularning barchasi mam- lakatdagi ijtimoiy boylikni shakllantirishda birday muhim ekanligini isbotlashga alohida e’tibor qaratgan. U birinchi boiib, insonning hayot faoliyatida va ehtiyojini qondirishida moddiy noz-ne’matning o‘ta mu him va zamr ekanligini e ’tirof etish bilan bir qatorda, ko‘z bilan ilg‘ab boimaydigan turli nomoddiy noz-ne’matlar va xizmatlaming ham katta ahamiyati borligini ilmiy jihatdan asoslab berdi.51
XX asrlargacha iqtisodchi olimlar xizmatlami ko‘zga ko‘rinmagan- ligi sababli, uni alohida kategoriya sifatida talqin etmaganlar. Keyincha- lik sanoat va fan-texnika rivojlanishi natijasida xizmatlar sohasi alohida iqtisodiy tizim sifatida ajralib chiqdi. Natijada, postindustrial jamiyat yuzaga keldi (9.1.1 -jadval).
Ж ан Батист Сей, Ф редерик Баетиа. “Трактат по политической экономии". - Москва.
Дело, 2000.
Адам Смит. "Исследование о природе и причинах богатства народов". - Москва. Эксмо, 2016.
Карл Маркс: Капитал. Санкт-Петербург. ИГ Лениздат, 2013 г.
Альфред М аршалл. Принципы жономнческой науки. М осква. Прогресс, 1993.
176
9.1.1-jadval Kishilik jamiyatining rivojlanish evolutsiyasi52
A g ra r ja m iy a t In d u s tr ia l ja m iy a t P o s tin d u s tria l ja m iy a t
Farqli xususiyatlari
Qishloq x o ‘jaligi Sanoat X izm atlar k o ‘rsatish Amal qilish davrlari
Insoniyat paydo
b o ig a n id a n boshlab X V III asm ing ikkinchi yarm igacha
XVIII asm ing ikkinchi yarm idan X IX asr oxirlarigacha
XX asm ing 60 -yillaridan hozirgi vaqtga qadar
Iqtisodchi olim M.M.Muxammedov “xizmat” tushunchasiga quyi dagicha ta’rif beradi: “moddiy ko'rinishga ega bo‘lmagan, inson mehnati bilan yaratilgan barcha ne’matlar, ular oldi-sotdi obyektiga aylanishi yoki aylanmasligidan qat’iy nazar, bitta ibora bilan, ya’ni "xizmat" iborasi bilan nomlanadi. Uning tarkibiga esa oldi-sotdi vositasida bozor orqali iste’molchiga borib yetadigan xizmat ham, umuman bozorga daxldor bo‘lmagan qismi ham kiradi”.53
Yana bir iqtisodchi I.S.Ochilov “xizmat” tushunchasiga “insonning, mehnat jamoasining, hududning, davlatning va jamiyatning m a’lum bir ehtiyojini qondirishga qaratilgan kishilaming naf keltiradigan ongli ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan faoliyati” deb, “xizmat ko‘rsatish”ga esa, “insonning, mehnat jamoasining, hududning, davlatning va jamiyatning ma’lum bir ehtiyojini qondirishga qaratilgan kishilaming naf keltiradi gan ongli faoliyati amalga oshirilgan qismi” deya ta’rif keltiradi, ya’ni, “xizmat ko‘rsatish”ni aniq manzilga yo‘naltirilgan xizmat sifatida qaraydi.54
Xizmat iste’molchisi - bu shaxsiy ehtiyoj uchun xizmatni oluvchi, buyurtma beruvchi yoki uni olish va buyurtma berish niyatida bo‘lgan fuqarodir. Xizmatni bajaruvchi-iste’molchiga xizmat ko‘rsatuvchi kor xona, tashkilot yoki tadbirkor. Xizmatning natijasi b o iib , tovaming iste’mol xususiyatlarini qayta tiklash (o‘zgartirish, saqlash), buyurtmaga binoan yangi mahsulot yaratish, iste’mol sharoitlarini yaratish, sog‘liqni,
С'.Н.Диянова. А.Э.Ш тезел. М аркетинг сферы услуг. Учебное пособие.-М осква: М агистр,
2 0 1 2 .
53M .M .M uhamm edov va boshqalar. Xizm at ko'rsatish va turizmning nazariy asoslari. M onografiya- Samarqand: Sam lSI, 2016 yil.
54l.S.Ochilov. Xizmat ko'rsatish sohasi korxonalarida sam arodorlikni oshirish yo'llari.
Iqtisodiyot fanlari nom zodi dissertatsiyasi av to referati- Samarqand. SamlSI, 2010-yil 26-bet.
177
shaxsning ma’naviy va jismoniy rivojlanishini ta ’minlash va boshqa bir qator muhim vazifalar hisoblanadi. Xizmat ko'rsatish tushunchasi servis tushunchasiga qaraganda kengroq m a’noni bildiradi. Y a’ni, xizmat ko‘rsatish - bu biron-bir samaraga erishishga qaratilgan har qanday fao- liyatdir. Milliy hisoblar tizimida ham iqtisodiyot sohasi sifatida xizmat lar sohasi kiritilgani, ya’ni servis sohasi atamasi mavjud emasligi ham fikrimizning isbotidir.
Servis esa - xizmat ko‘rsatishning tarkibiy qismi hisoblanadi. Masa lan, turizm xizmatlari, keng ma’noda, biroq uning tarkibiga kiruvchi mehmonxona servisi tor m a’noda qo‘llaniladi. Shuningdek, ayrim hol- larda servis deyilganda tovar sotilganidan keyin ko‘rsatiladigan xizmat (yetkazib berish, o ‘matish, ta’mirlash va hokazo) tushuniladi. Bu m a’no da yondashadigan boisak, servis - mijozni tovami sotib olganidan keyin ehtiyojlarini to iiq qondirilishidir. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish bevo- sita amalga oshirilsa, servis bilvosita amalga oshiriladi. Xizmat - foydali mehnat sarfi hisoblansa, servisning foydali yoki foydasizligining aha- miyati yo‘q, servis shunchaki inson tomonidan payqalsa boigani. Misol uchun, stomatolog tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Stomatolog huzurida navbat kutayotganda mijozga kofe ichish, jum al mutola qilish taklif etilsa, bu servis hisoblanadi (9.1,2-jadval).
Dostları ilə paylaş: |