9.1.2-jadval Xizmat va servis tushunchalarining farqli xususiyatlari
F a rq qilishi X izm at Servis |
Q am rab olish darajasiga k o ‘ra
Umumiy X ususiy
1
Taqdim qilinishiga k o 'ra Bevosita B ilvosita
Taqdim qilinadigan vaqti T ovar yoki xizm at
sotilayotgan paytda
Tovar yoki xizm at sotilishidan oldin yoki keyin
Foydalilik xususiyati Iqtisodiy foyda keltiradi Iqtisodiy foyda keltirishi
ham keltirm asligi ham ! m um kin
“Servis” tushunchasi (ingliz tilida service - xizmat, xizmat qilish), ingliz tilidagi m a’noni, ya’ni “xizmat ko‘rsatish, turli xizmatlami taqdim etish” ni anglatadi. Shu bilan birgalikda, “servis” so‘zini m a’nosi bizni oxirgi o ‘n yilliklardagi iqtisodiy amaliyotimizda aniq mohiyatga ega
178
boidi. 70-80-yillarda mamlakatimizda servis zamonaviy talablarga javob beruvchi, mashhur firmalami texnik yangiliklari va qimmatbaho tovarlari hayotini uzaytirish bo'yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi korxona- larda ishlovchi malakali ishchilar tomonidan bajarilgan xizmatlar kompleksi bilan bog‘langan.
“Servis” tushunchasi bilan bir qatorda “xizmat” tushunchasi ham keng foydalanildiki, u boshqa kishiga foyda ne’mat yordam keltiruvchi harakatni anglatadi. Shunday qilib, servis faoliyati mohiyatini tushunish foyda, xizmat tushunchalari bilan bogiangan ekan. Umuman olganda, “xizmat” va “servis” tushunchalari bir xil m a’noga ega bo‘lmoqda. Shu bilan birga ular zamonaviy xizmat ko'rsatish turini aks ettiruvchi “servis xizmati” so‘z birikmasini ham hosil qilishi mumkin.
Real iqtisodiyotda tovar va xizmat hech qachon sof turda harakat qilmaydi. Taniqli amerika o‘quv qoilanm asi mualliflari, quyidagilami ta’kidlaydilar: «Haqiqatda qarib har doim tovarlarni xarid qilish hamroh xizmatlar bilan kuzatilib boradi va har qanday xizmatlami xarid qilish hamroh tovarlar bilan kuzatilib boriladi. Shunday qilib, tovarlar va xizmatlar o‘rtasidagi farqni tushinish uchun shu narsani anglash lozimki, ushbu predmetlar bir-biriga qarama-qarshi hisoblanmaydi, balki yagona kontinumning ikki tomonini aks ettiradi». Masalan, har qanday tovami xarid qilish uning reklamasi, saqlanishi, namoyish qilinishi, o‘rashi, yuklash - tushirish, kafolatlangan va kafolatlangandan keyingi xizmat ko‘rsatish bo'yicha xizmatlar bilan bevosita bogiangan. Restoranda mijozga sotish uchun tovar sifatida nafaqat ovqatni taklif qilishadilar, balki oshpazlar, ofitsiantlar xizmatlari, ovqatlanish uchun mumkin boigan stol va binolar, ayrim holatlarda esa dam olish dasturlari ham taqdim etiladi. Sezilmaydigan axborot xizmatlarini ola turib, biz tovar sifatida namoyon boiayotgan qog‘oz yoki magnit lentasidagi m a’lu- motni xarid qilishimiz mumkin. Bundan shunday xulosa keladiki, bir- biriga qarama qarshi tovar va xizmat chambarchas bogiiqdir.
Servis iqtisodiyotini shakllantirish sharoitida xizmatlar tarafiga o'zgarish vujudga kelmoqda, ya’ni hozirgi jamiyatda ko‘pchilik oldi - sotdi munosabatlari xizmatlar ko'rsatish sifatida ko‘rilmoqda. Rivojlan gan davlatlar iqtisodiyotida xizmatlar sohasining nisbatan kengayish tendensiyasi ko‘zga tashlanmoqda. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ushbu yo‘nalishda «tovarlar - xizmatlar» tizimida tenglik o ‘zgarib bonnoqda».
179
Dostları ilə paylaş: |