O'zbekiston respublikasi



Yüklə 73,57 Kb.
səhifə6/11
tarix23.05.2023
ölçüsü73,57 Kb.
#121039
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Qo\'qon xonligi davlat boshqaruvida mansab va unvonlar

Xazinachi - davlat xazinasining hisob-kitobiga javobgar shaxs. Viloyat markazida ham xazinachi bo’lgan.
Inoq - xonning xos va sirdosh mulozimi.
Eshikog’asi (chehraog’asi)- eshik oldidagi soqchi, posbon. Xon maxramlarining va soqchi mulozimlarining sardori. Notanish kishilarni xon huzuriga ijozotsiz qo’ymaslikka javob beradi.
Parvonachi - bu unvon boshqa unvonlarning egalariga ham beriladi. Uning egasi o’zining xonga yaqinligidan foydalanib, xat va arizalarni saroyga olib kirib, u yerdan ketma ket parvonadek javobini olib chiqadi. (Buxoroda XII darajali mansabdor).
Dodxoh - saroy unvonlaridan. Xon oldiga boshqalarning istak va maqsadlarini (doston-adolat yig’uvchi sifatida-mual.) bayon etish huquiga ega mansab.
Dasturxonchi -xon dasturxoniga umuman oshxonasiga javobgar mansab.
Saroy qorovulbegisi -xon o’rdasining soqchilariga boshliq
Tunqator . ya’ni tungacha uyg’oq soqchi. Xonning istirohati va yurishlari vaqtida muhofazat qilardi. Xonga yaqin kishilaridan tayinlanardi.
Sarkor -xon amaldorlarining boshlig’i, xonga tegishli ishxonalar, korxonalar hamda qurilish ishlariga boshchilik qilardi.
Qushbegi (mirishkor, t.-m.)- xonga ov vaqtilari qo’shilardi. Uning ovchi itlari, lochinlari bo’lib, ov vaqtida istirohat ishlariga ham javobzgar edi.
Salomog’asi -xon nomidan xalqqa salom beruvchi
Kitobdor -saroy kitobxonasining mudiri
Risolachi -devondagi vazifalardan bo’lib, elchilar va ularning xat- xabarlariga javob berardi.
Sarmunshi -munshilarning sardori
Jam’og’a - xonning rsuhbati, qabuli va bazmlariga ishtirok etadigan kishilarni chaqirib kelardi.
Jarchi xalq yig’iladigan joylarda xonning farmon va buyruqlarini jar solib e’lon qilardi.
Jibachi - jiba yasovchi (Buxoroda 4 darajali mansabdor)
Farroshboshi -saroy xizmatchilarining sardori

2.3.Diniy mansab va unvonlar


Yüklə 73,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin