Moddalarning davriy aylanma harakati, biogeotsenoz.
Ekosistemalarda materiyaning bir formadan ikkinchi formaga o‘tishi kimyoviy moddalarning biosferada aylanishi, ya’ni tashqi muhitdan organizm va undan tashqariga o‘tishi, elementlarning doimiy sirkulyasiyasi natijasida yuzaga keladi. Bu holatlarni katta aylanish —katta geologik, kinik berk aylanmani esa biogeoximik aylanish deb ataladi. Hayotga kerakli elementlarni, moddalarni va noorganik
birikmalar harakatini ozuqa elementlarining aylanishi deyiladi. Har bir moddaning aylanishitsa ikki holat ajratilatsi: 1) rezerv fond - nobiologik komponentlardan hosilbo‘lgan, sekin harakat qiluvchi moddalarning ko‘p massasi;
harakatchan yoki almashinadigan fond - bu kichik, lekin akgiv modda, uning uchun organizmlar o‘rtasida va ularni o‘rab turgan muhitda tez almashish xarakterlidir.
Tabiatda uchraydigan 90 dan ziyod elementlarning 30-40 tasi tirik organizmlar uchun zarur va shu moddalar organizmlar protoplazmasida bioximik sintez jarayonini o‘taydi. Ular ichida uglerots, azot, vodorod, kislorod, fosfor kabilar eng kerakli bo‘lib, boshqalari uncha ko‘p bo‘lmagan holda talab qilinatsigan kalsiy, temir, (kaliy, magniy) elementlarsir. Bu elementlar vaqti - vaqti bilan tirik materiyadan noorganik materiyaga o‘tib, ma’lum darajatsa murakkab bioximik sikllarsa qatnashadilar.
Uglerodning tabiatda aylanishi.Avtogrof organizmlar organik modsalarni sintez qilish uchun uglerodni o‘zlashtiratsilar. Bu uglerots atmosfera tarkibida (0,03 foiz) yoki suvda erigan holda bo‘ladi. Fotosintez jarayonida o‘simliklar tomonidan foydalanib, organik moddaga aylantiriladi, atmosferada uning miqdori o‘zgarmaydi.
Uglerotsning ekosistemalarda aylanishini quyidagi raqamlarda ko‘rish mumkin: atmosferada S02 miqlori 700 mlrd. tonna, gidrosferada erigan SO2 50 mlrs. tonnani tashkil qiladi. Yillik umumiy fotosintez jarayonida er ustida 30 mlrd. tonna, suv havzalarida 150 mlrd. tonna S02 tabiatda aylanadi. Er usti ekosistemalarida yiliga S03ning taxminan 12 foizi aylanib turadi. Atmosferadagi S02 ning o‘tib turishi 8 yilga to‘g‘ri kelatsi.