Oʻzbekiston respublikasi



Yüklə 7,97 Mb.
səhifə19/114
tarix11.07.2023
ölçüsü7,97 Mb.
#136387
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   114
Ekosistemalar OMON (2)

VIII. Baholash
Talabalarning fanlarni o‘zlashtirishi 5 ballik tizimda baholanadi.
5 ( a’lo) baho:
Xulosa va qaror qabul qilish;
Ijodiy fikrlar olish;
Mustaqil mushohada yurita olish;
Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish;
Mohiyatini tushunish;
Bilish, aytib berish;
Tasavvurga ega bo‘lish;
4 (yaxshi) baho:
Mustaqil mushohada yurita olish;
Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish;
Mohiyatini tushunish;
Bilish, aytib berish;
Tasavvurga ega bo‘lish;
3 (qoniqarli) baho;
Mohiyatini tushunish;
Bilish, aytib berish;
Tasavvurga ega bo‘lish;
2 (qoniqarsiz) baho:
Dasturni o‘zlashtirmaganlik;
Fanning mohiyatini bilmaslik;
Aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik;
Mustaqil fikrlay olmaslik.

MUNDARIJA:

  1. Kirish qism – fanni mohiyati, maqsadi, vazifasi, o`rganish o`bekti

  2. Fanni sillabusi

  3. Ma`ruza matni (mundarijasi)

3.1. Amaliy mashg`ulotlar topshiriqlari va ishlanmasi, seminar, laboratoriya topshiriqlar va ishlanmasi (mundarijasi)
4. Mustaqil ish topshiriqlari (topshiriqlar har bir mavzu doirasida guruhdagi talabalarni ta`minlashga qaratilgan bo`lishi lozim)
5. Fan glossariysi
6. Fanni o`zlashtirish ko`rsatkichini aniqlashga qaratilgan savollar to`plami
Bunda:

  1. Nazariy ta`limga oid savollar. b) amaliy, seminar, laboratoriya mashg`ulotlariga oid – misol, masalalar, savollar to`plami.

7. Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Insoniyat tarixida siyosiy ziddiyatlarga boy juda ko’p davrlar bo’lgan. XX asrning oxirida va XXI asrda ham insoniyat kelajakda qanday qilib tinch va osoyishta hayot kechirishi mumkin degan savol eng dolzarb masalalardan biriga aylandi. Hozirgi kunda dunyo hamjamiyatining birgalikda hal qialyotgan masalalardan eng muhimlilari mahalliy, milliy, mintaqaviy va global miqyosda barqaror rivojlanishga erishish hisoblanadi.
Ekosistemalar ekologiyasi – kelajak avlod ehtiyojlarini inobatga olgan holda, hozirgi zamon kishilik jamiyatining uzviy bog’langan ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotini bir me’yorda ti’minlashdir. Me’yor esa bevosita kishilarning bilimi va ongiga bog’liq. Ularga ekosistemaning tuzilishiga oid bilim berish va ongini rivojlantirish hamda shakllantirish, ta’lim va tarbiya sohasi davlat va jamiyatning alohida e’tiboridadir.
Qisqa qilib aytganda, Ekosistemalar hozirgi avlodlar hayotiy ehtiyojlarini kelgusi avlodlar uchun qondirishga zarar yetkazmasdan biologi oshiradigan rivojlanish hisoblanadi.
Ekosistemalar ekologiyasi va uning ekologik jihatlari fanini samarali o’zlashtirish uchun magistrlar Oliy ta’limda olgan ekologik bilimlarni, tabiatda ro’y beradigan o’zgarishlarni tahlil qiladigan va baho beradigan, o’z ish faoliyatida qo’llaniladigan bilimlari zarur. Ular mustaqil O’zbekiston Respublikasidagi ekologik muammolarni tahlil qilaolishi lozim.
Mazkur fan biologik jarayonlar, ekologiya va tabiat resurslaridan foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, botanika, zoologiya va tuproqshunoslik kabi fanlar bilan uzviy bog’langan.
Fanni o’qitish jarayonida turli hil ko’rgazmali qurollardan keng ko’lamda foydalanish ko’zda tutilgan. Ma’ruza darslari, asosan, ko’rgazmali tajribalar bilan olib boriladi.
Bu fan asosan ma’ruza, amaliy va seminar mashg’ulotlar hamda mustaqil bilim olishdan iborat bo’ladi. Magistrlarning bilimlarini nazorat qilish uchun joriy, oraliq va yakuniy baholashlar o’tkaziladi.
Ekosistemalar ekologiyasi va uning ekologik jihatlari fanining maqsadi, tabiatga yuz beradigan ekologik o’zgarishlarni kishilar jamiyatiga ta’sirini tahlil qilib, butun borliqni: toza havoni, biologic hilma-xillik kabilarni saqlab qolish va kelgusi avlodga yetkazishni o’rganishdan iborat.
Bu fanning asosiy vazifasi Respublikamizda milliy ta’lim sohasida yetishmayotgan qo’yidagi masalalarning yechimini topishga qaratilgan:
- dunyoning yetakchi davlatlarida tan olingan yangi Ekosistemalar ekologiyasi ta’limi bilan tanishish;
- ekologik ta’lim Ekosistemalar ekologiyasi ta’limining bir qismi ekanligini anglab yetish;
-ta’limga noananaviy ravishda yondashish asosida Ekosistemalar ekologiyasi ta’limini o’zlashtirish;
- ta’lim va tarbiyada yangicha dunyo qarashlarini shakllantirishni rivojlantirish.
Hullas, yuqoridagilarni tahlil qilish va umumlashtirish asosida O’zbekiston ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish imkoniyatini beradi deb umid qilamiz.



Yüklə 7,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin