Oʻzbekiston respublikasi


-mavzu. Ekosistemadagi o‘zgarishlar



Yüklə 7,97 Mb.
səhifə7/114
tarix11.07.2023
ölçüsü7,97 Mb.
#136387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   114
Ekosistemalar OMON (2)

19-mavzu. Ekosistemadagi o‘zgarishlar. Ekotizimlarda baliqlar, qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar, sudralib yuruvchilar, suvda yashovchi sutemizuvchilar, amfibiyalar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan quruqlik faunasi, masalan, suv qushlari, hasharotlar va sutemizuvchilar katta biologik xilma-xillik, O‘simliklar sohasida suv o‘tlari. Ta’sir etuvchi omillar va inson ta’siri, ekosistemalarning kelib chiqishi.

  • 20-mavzu. Ekosistemada modda va energiyadan foydalanishning asosiy bosqichlari. Yalpi mahsuldorlik energiya tutib qolinishining umumiy qiymati hisoblanadi. Sof mahsuldorlik pastroq boʻlib, organizmlar nafas olish, metabolizmni amalga oshirishda foydalanadigan energiya, Birlamchi hosil qiluvchilar, energiyani oziq toʻriga olib kiruvchi, Mahsuldorlik bu bir guruh organizmlar, birlamchi hosil qiluvchilar, tanasiga biomassa koʻrinishidagi energiyaning qoʻshilishi qiymati hisoblanadi.


III. Amaliy (yoki seminar yoki laboratoriya) mashgʻulotlar boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar.
Amaliy mashg‘ulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Amaliy mashg‘ulotlar kasbiy tayyorgarlikning muhim bosqichi va shuning uchun ham uni zamon talabiga mos ravishda o‘tkazish zarur. Amaliy mashg‘ulot talabadan atrof muhit muhofazasi va uni qayta tiklash bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini amaliy tarzda mustahkamlashi, chuqurlashtirishi va umumlashtirishi hamda talabaning mustaqil fikrlash, voqelikni ekologik jihatdan tahlil qila olishi talab qilinadi, hamda quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1-amaliy mashg‘ulot.Ekosistemalarning o‘zaro bog‘liqligi: modda va energiya oqimi.
2-amaliy mashg‘ulot.O‘zbekiston sho‘rlangan ekotizimlari.
3-amaliy mashg‘ulot. O‘zbekiston tog‘- kon sanoati yerlari ekotizimlari.
4-amaliy mashg‘ulot. O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligi yerlari ekotizimlari.
5-amaliy mashg‘ulot.Yaylov yerlari ekotizimlari.
6-amaliy mashg‘ulot.Quruqlik ekosistemalarining tuzilishi.
7-amaliy mashg‘ulot.Cho‘l va chalacho‘l ekosistemalarining tuzilishi.
8-amaliy mashg‘ulot.Adir ekosistemalarining tuzilishi.
9-amaliy mashg‘ulot.Tog‘ ekosistemalarining tuzilishi.
10-amaliy mashg‘ulot.Al`p va subal`p ekosistemalarining tuzilishi
11-amaliy mashg‘ulot.O‘zbekiston “Qizil kitobi” ga quruqlik ekosistemalaridan kiritilgan umurtqasiz va umurtqali hayvon turlarini o‘rganish.
12-amaliy mashg‘ulot.O‘zbekiston “Qizil kitob” iga kiritilgan suv hayvonlari turlarini o‘rganish.
13-amaliy mashg‘ulot.O‘zbekiston “Qizil kitob” iga kiritilgan o‘simliklar turlarini o‘rganish
14-amaliy mashg‘ulot.Ekosistema tushunchasi, fanga kiritilgan tarixi va uning hozirgi holatining tarifi.
15-amaliy mashg‘ulot.Ekosistemada trofik aloqalar va oziqa zanjirlari
16-amaliy mashg‘ulot.Ekotizimlar barqarorligi va o‘zgaruvchanligi.
17-amaliy mashg‘ulot.Chuchuk suv ekosistemalarining tuzilishi
18-amaliy mashg‘ulot.Daryo va ko‘llar ekosistemalarining tuzilishi.
19-amaliy mashg‘ulot.O‘zbekiston tabiiy suv ekosistemalarida tarqaldan hayvonlar bioindikatorlik xususiyatlarini o‘rganish
20-amaliy mashg‘ulot.Ekosistemada modda va energiyadan foydalanishning asosiy bosqichlari.
Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.

Laboratoriya mashgʻulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:

  1. Laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda texnika xavfsizlik qoidalari. Laboratoriya idishlari va asboblari. Laboratoriyada ishlash qoidalari, laboratoriya idishlari va asboblarining tuzilishi har bir jihozning xarakteristikasi.

  2. Tekslik mintaqasi ekosistemasi o‘simliklarining morfologik tuzilishini o‘rganish.

  3. Cho‘l mintaqasi ekosistemasi o‘simliklarida transperatsiya jarayonini o‘rganish.

  4. Issiqxona sharoitida o‘suvchi o‘simliklarda fotosentez jadalligini aniqlash.

  5. Tabiiy suv ekosistemalari minerallanishini aniqlash.

  6. O‘zbekiston tabiiy suv ekosistemalarida tarqaldan hayvonlar bioindikatorlik xususiyatlarini o‘rganish.

  7. Atmosferadagi zaxarli gazlar va ularning adir ekosistemalariga ta’sirini aniqlash.

  8. O‘zbekiston o‘rmon ekotizimlari tuproqlari tarkibini aniqlash.

  9. Adir mintaqasidatrofik aloqalar va oziqa zanjirlarini aniqlash.

  10. Tabiiy va sun’iy ekosistemalar o‘rtasidagi farqlarni aniqlash.

  11. Suvlarning sho‘rlanganlik darajasini aniqlash.

  12. Suvlarning oqim tezligini aniqlash. Oqim tezligining tirik organizmlarga ta’sirini o‘rganish.

  13. Tuproqlarda o‘g‘ir metallarni aniqlashni o‘rganish.

  14. Tuproqlarning kimyoviy moddalardan tozalashni o‘rganish. Tozalash ..

  15. Ekosistemaning funksional strukturasi tahlili: trofik aloqalar, oziqa zanjiri va energiyaning sarflanishi.

  16. Ekosistemaning makondagi strukturasi: konsorsiya, vertikal, gorizontal tarqalish, parsella, organizmlarning makondagi tarqalishi.

  17. Ekotizimlar mahsuldorligi: ishlab chiqarilishi va sarfi, aniqlash usullari.

  18. Ekosistemalarning o‘zaro bog‘liqligi: modda va energiya oqimi.

  19. O‘zbekiston sho‘rlangan ekotizimlari.

  20. O‘zbekiston tog‘- kon sanoati yerlari ekotizimlari.



Yüklə 7,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin