VA MURUVVAT UYLARIGA JOYLASHTIRISH, ULARNI DAVOLANISH VA DAM OLISHINI TA’MINLASH 9.1. Qariya va nogironlarni Sahovat va muruvat uylariga joylashtirish tartibi Aholi salmog‘ining qarishi bilan belgilanayotgan demografik
vaziyatning o‘zgarishi ham (BMTning tahliliga ko‘ra, 2040 yillarga
borib pensionerlar salmog‘i mehnatga layoqatli aholi salmog‘iga
nisbatan ikki barobar ortar ekan) hozirgi vaqtda ijtimoiy himoya va
pensiya ta’minotiga va ularni isloh qilishga jahon hamjamiyati tomonidan
bo‘layotgan qiziqishning yanada oshishiga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008-yil 29-avgustda 1848-
son bilan ro‘yhatga olingan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirining 2008-yil 30-iyuldagi 27-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan yolg‘iz
keksalar, pensionerlar va nogironlarni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat
va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidagi Respublika urush
va mehnat faxriylari pansionati, «Sahovat» va «Muruvvat» uylariga
rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida qoidalar O‘zbekiston Respublikasining
«O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish
to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
to‘plami, 2008 y., 29-30-son, 277-modda) va O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-sonli «Aholi bandligini
oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari
faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007 y., 15-son,
156-modda) muvofiq, yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligi tizimidagi Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati,
«Sahovat» va «Muruvvat» uylariga rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan pensiya yoshiga
yetgan, alohida uyda, xonadonda, yotoqxonada yashayotgan va farzandlari
(shu jumladan, asrab olingan farzandlari), eri (xotini) bo‘lmagan
hamda qonun hujjatlariga muvofiq homiylik belgilanmagan yolg‘iz
92
keksalar, pensionerlar va I yoki II guruh nogironlari hamda yoshidan
qat’i nazar, uzluksiz davom etuvchi ruhiy xastaligi oqibatida mehnatga
layoqatsiz, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan I yoki II-guruh nogironlari
farzandlari (shu jumladan, asrab olingan farzandlari), eri (xotini)
bo‘lishi, qonun hujjatlariga muvofiq vasiylik yoki homiylik belgilanishidan
qat’i nazar, mazkur qoidalarning 3-bandiga muvofiq,
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligi tizimidagi Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati,
«Sahovat» va «Muruvvat» uylariga (tibbiy-ijtimoiy muassasalarga)
joylashtirilishi mumkin.
Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati, «Sahovat» va
«Muruvvat» uylarida yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarga
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy-ijtimoiy va madaniymaishiy
xizmatlar ko‘rsatiladi.Qariyalar va nogironlarni sanatoriylarga
yuborish orqali davolash, ularning salomatliklarini tiklash, ularga
ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamning tarkibiy qismidir. Mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi har yili kurortlar boshqarmasi bilan
shartnoma tuzib, sihatgohlarda davolanish uchun pensionerlarga
yo‘llanmalar sotib oladi.
Shu bilan birga, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligiga qarashli «Tovoqsoy», «Taxiatosh», «Oltiariq», «Kosonsoy»,
«Marjonbuloq», «Mingchinor» sanatoriylari va «Nuroniylar» oromgohlari
mavjud bo‘lib, bu yerda ham har yili minglab pensionerlar davolanib
o‘z salomatliklarini tiklaydilar. Ijtimoiy ta’minot tizimidagi
sihatgoh va da olish uylariga yo‘llanmalar bilan ta’minlash O‘zbekiston
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
2005-yil 6-iyulda 1489-son bilan ro‘yhatga olingan «Nogiron va pensionerlarni
sihatgoh va dam olish uylariga bepul yo‘llanmalar bilan
ta’minlash haqida»gi Yo‘riqnoma bilan tartibga solinadi.