O‘zbеkiston rеspublikasi


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə48/55
tarix18.07.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#136837
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55
7 Aholiga ijtimoi

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Aholining yordamga muhtoj qatlamiga davlat tomonidan belgilangan
imtiyozlar nimalardan iborat?
2. Nogironlarni harakat vositalari bilan ta’minlash tartibini ayting.
3. Aholiga protez - ortopediya yordami ko‘rsatish tartibini ayting.
4. Qariyalar va nogironlarga transport sohasida qanday imtiyozlar
berilgan?
5. Pensionerlarni dori-darmonlar bilan ta’minlashga doir imtiyozlarni
sanab bering.
Mavzuni mustahkamlash yuzasidan test savollari
1. O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘-
risida»gi qonuni qachon qabul qilingan?
a) 1996-yil 29-avgustda b) 1996-yil 26-dekabr
d) 1997-yil 29-avgustda e) 2005-yil 24-aprel
f) 2006-yil 26-dekabr
2. O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘-
risida»gi qonunining qaysi moddasida «nogironlar, shu jumladan, nogiron
tibbiy - ijtimoiy yodam olish, kuch-quvvatni tiklashni barcha turlaridan
foydalanish, dori-darmonlar, protez-ortopediya moslamalari, harakatlanish
vositalari bilan imtiyozli asosda ta’minlanish, shuningdek, kasb-kor egallash
va qayta tayyorgarlikdan o‘tish huquqiga ega» deb belgilab qo‘yilgan?
a) 20-modda b) 22-modda d) 24-modda e) 26-modda
3. O‘zbekiston Respublikasining «Yo‘lovchilar tashuvchi shahar transportidan
bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonuni qachon
qabul qilingan?
a) 1996-yil 29 avgustda b) 1996-yil 26 dekabr
d) 1996-yil 30 avgustda e) 2005-yil 24 aprel
f) 2006-yil 26 dekabr
Test javoblari: 1 2 3
a b d
113
XULOSA
Aholining davlat himoyasiga muhtoj bo‘lgan qatlami — bolali oilalar,
qariyalar, nogironlar, boquvchisidan mahrum bo‘lganlarning ahvoli bozor
munosabatlariga o‘tish davrida narx-navoning oshishi, pulning qadrsizlanishi
bilan qiyinlashib qoladi.
Ijtimoiy adolat qoidalarini ro‘yobga chiqarish, aholining eng nochor
qatlamlari-keksalar, nogironlar, yetim-yesirlar, ko‘p bolali oilalar, o‘quvchi
yoshlarning davlat tomonidan ijtimoiy muhofazaga bo‘lgan kafolatli huquqlarini
ta’minlashdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «O‘zbekiston— bozor
munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» asarida kuchli ijtimoiy siyosat
- iqtisodiy o‘zgarishlarning ishonchli kafolati ekanligi va bozor iqtisodiyotiga
o‘tishning barcha bosqichlarida oldindan kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish
kerakligi ta’kidlangan. Bu shuni anglatadiki, bozor munosabatlariga o‘tish
davridagi iqtisodiy tizim islohoti aholini, ayniqsa uning muhtoj qatlamlarini
ijtimoiy himoyalash masalasini birinchi o‘ringa qo‘ydi.
Mustaqillikka erishgan vaqtimizdan boshlab erishilgan ulkan yutuqlarimizdan
biri — bozor munosabatlarining qaror topayotganligi, umuminsoniy
qadriyatlarga asoslangan yangicha demokratik tuzum, fuqarolik
jamiyati rivojlanib borayotganligidir.
Prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining bir qancha asarlarida ijtimoiy
himoya tizimini yanada yaxshilash va mustahkamlash to‘g‘risida o‘z
yo‘nalishlarini belgilab berdi. O‘tgan davr mobaynida ijtimoiy ta’minot
sohasida ulkan o‘zgarishlar va islohotlar amalga oshirildi.
Hukumat qarorlari va Prezidentimiz tomonidan chiqarilgan «Ish haqi,
pensiyalar, stipendiyalarning miqdorlarini oshirib borish to‘g‘risida»gi
Farmonlari kuchli ijtimoiy himoya mexanizmining o‘zgaruvchan sharoitga
mos bo‘lishi uchun kuchaytirib borish tadbirlarini o‘z ichiga olgan.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
Vazirligi davlatimizning kuchli ijtimoiy himoya siyosatiga amal qilgan holda,
«O‘zbekiston Respublikasi aholisining 2010-yilgacha davrga mo‘ljallangan
ijtimoiy himoyasi yagona tizimini yaratish kontseptsiyasi»ni ishlab chiqdi.
Bu kontseptsiyada davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirish uchun
yagona yo‘l ishlab chiqish va turli davlat idoralari va jamoat tashkilotlari
kuchlarini birlashtirish lozimligi ta’kidlab o‘tilgan. Ijtimoiy himoyaning
mavjud usullarini, ularni moliyaviy ta’minlash manbalarini tubdan o‘zgartirish,
bu muammolarni faqat davlat mablag‘lari hisobiga hal qilmay, balki
homiylar, xayriya va jamoat mablag‘larini ham jalb qilish zarur.
114
Aholini ijtimoiy himoyalash masalalari bilan ijtimoiy ta’minot organlari
bilan birga, Moliya, Sog‘liqni saqlash, Aloqa vazirliklari, Pensiya Jamg‘
armasiga hamda jamoat tashkilotlari bo‘lgan Ko‘zi ojizlar, Kar-soqovlar,
Nogironlar, Qizil Yarimoy jamiyatlari, «Mehribonlik», «Bolalar», «Navro‘
z», «Sog‘lom avlod uchun», «Nuroniy», «Mahalla» kabi xayriya jamg‘
armalari ham ish olib bormoqda, bu borada ularning vakolatlar hajmi
kengaytirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi
75-sonli qarori asosida Mehnat va Ijtimoiy ta’minot vazirliklari
birlashtirilib, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tashkil
qilindi va ijtimoiy himoya tizimi hamkorlikda amalga oshiriladigan bo‘ldi.
Chunki har ikkala vazirliklarning vazifasi davlatimiz olib borayotgan aholini
ijtimoiy himoyalash tamoyili hamda muhtoj aholini har tomonlama
muhofaza qilish bo‘lib hisoblanadi.
Hozirgi sharoitda aholining ijtimoiy himoya turlari kengayib, uning
qo‘llanish asoslarini tubdan o‘zgartirish talab qilinayotgan bir paytda xizmat
ko‘rsatilayotgan aholi soni va sarflanayotgan mablag‘ miqdori jihatidan
pensiya ta’minoti aholini ijtimoiy himoyalashda asosiy o‘rinni egallaydi.
1993-yil 3-sentabrda Oliy Majlis tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinib,
1994-yil 1-iyuldan Respublika hududida kuchga kirdi.
Qonunga asosan faqat ish staji mavjud bo‘lgan shaxslargagina pensiyalar
tayinlanishi belgilangan. Bu yoshga doir, nogironlik va boquvchisini
yo‘qotganlik pensiyalaridir.
Aholining ayrim guruhlari uchun ilgari belgilangan ko‘p yillik xizmat
pensiyalari, imtiyozli yoshga doir pensiyalar bilan almashtirildi. Qonun
pensiya darajasini jamiyat farovonligi uchun sarflangan mehnatning sifati va
miqdoriga mos kelishini ta’minladi.
Ilgari sobiq Ittifoq qonunida belgilangan ijtimoiy pensiyalar o‘rniga, ish
staji yo‘q fuqarolarga Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-iyundagi 319-
sonli qaroriga asosan yolg‘iz qariyalar, nogironlar va bolalikdan nogironlarga
nafaqalar belgilandi.
Yuqorida ko‘rsatilgan tadbirlarning hammasi bozor iqtisodiyotiga o‘tish
davrining dastlabki bosqichlarida amalga oshirilgandir. O‘tish davrida
xalqning muhtoj tabahalarini himoyalash va ularga yordam berish keyingi
bosqichlarda ham davom etib kelmoqda.
Islohotlar davomida mulkchilikning qaysi shakli va sohalarida band
bo‘lishidan qat’i nazar, barcha fuqarolarni teng ijtimoiy kafolatlar bilan
ta’minlash, ayniqsa aholining nochor qatlamlariga yordam berish, boshqacha
qilib aytganda manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimiga o‘tish
jarayonini faollashtirish talab etildi.
115
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 10-dekabrdagi «Bolali
oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish
to‘g‘risida»gi Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1996-yil 10-dekabrdagi 437-sonli qaroriga asosan, bolali oilalarga
nafaqa tayinlash va to‘lashning yangi tartibi joriy qilindi.
1999-yil 7-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
520-sonli hamda 2007-yildagi 459-sonli qarorlari bilan «hech kimi yo‘q,
yolg‘iz keksa va nogironlarni ijtimoiy himoyalashga doir 2010 yilgacha
mo‘ljallangan davlat Dasturi» qabul qilindi va yolg‘izlarning salomatliklarini
muhofazalash va ularni ijtimoiy himoyalashga doir bir qancha tadbirlar
amalga oshirilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, kishilarni ijtimoiy himoyalashning huquqiy
kafolatlangan kuchli va ta’sirchan mexanizmi mavjud bo‘lgandagina
mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlab qolish mumkin.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2009-yil 30-dekabrda qabul qilingan
«Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari
to‘g‘risida»gi farmoni aholini ijtimoiy muhofazalashni yanada
takomillashtirishga xizmat qiladi.
Fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish, aholining manfaatlarini ta’minlash
Yurtboshimiz olib borayotgan siyosatning ustuvor yo‘nalishini tashkil qiladi.
O‘zbek modeli sifatida tan olingan mustaqil taraqqiyot yo‘limizning negizida
mashhur besh tamoyildan biri - kuchli ijtimoiy siyosat olib borish ekani
bugun o‘zining yuksak samaralarini bermoqda. Istiqlolning dastlabki
kunlaridan boshlab bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish jarayonida elyurtimiz
hayotiga keskin salbiy ta’sir ko‘rsatadigan oqibatlarni imkon qadar
kamaytirish, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar, yetim
va nogironlar, talaba va pensionerlarning manfaatlarini har tomonlama
himoya etish bo‘yicha keng ko‘lamli va qamrovli ishlar amalga oshirildi.
Ushbu yo‘nalishdagi tadbirlar jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi
boshlangan murakkab sharoitda ham izchil davom etdi. Prezidentimiz Islom
Karimov rahnamoligida ishlab chiqilgan inqirozga qarshi choralar Dasturida
mamlakatimizda mehnatni rag‘batlantirish, ish haqini ko‘paytirish va aholi
daromadlari o‘sishini ta’minlash eng muhim ustuvor yo‘nalishlar sifatida
belgilangan. O‘tgan 2009-yilda aholining real daromadlari 26,5 foizga, oylik
ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar o‘rtacha 40,0 foizga oshdi.
Davlat byudjetining sotsial soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga
qaratilgan umumiy xarajatlari 2009-yilda 56,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu
ko‘rsatkich 2010-yilda 59 foizdan oshdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 15-noyabrda «Ish
haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish
to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilingan edi.
116
Mazkur Farmonga asosan, Respublika aholisining daromadlari va
turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy
madadni kuchaytirish maqsadida 2010-yil 1-dekabrdan boshlab byudjet
muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar hamda
ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalar miqdori o‘rta hisobda 1,1 baravarga oshirildi.
Unga ko‘ra:
Eng kam ish haqi - oyiga 49 735 so‘m;
yoshga doir pensiyalar - oyiga 97 285 so‘m;
yagona tarif setkasi bo‘yicha boshlang‘ich razryad - oyiga 49 735 so‘m;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 97 285 so‘m;
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz
fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga - 59 690 so‘m miqdorda belgilandi.
Har kim keksayganida, mehnatga layoqatini yo‘qotganda, shuningdek
boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa
hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega ekani Konstitutsiyamizda
mustahkamlangan. «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi va
«Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi hamda
boshqa qator qonun hujjatlarida davlat pensiyalarining yagona tizimi, ularni
tayinlash, hisoblab chiqarish, qayta hisoblash va to‘lash tartibi belgilangan.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2009-yil 30-dekabrda qabul qilingan
«Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari
to‘g‘risida»gi farmoni ushbu mexanizm samaradorligini oshirishni
ko‘zda tutadi. Mazkur hujjatda pensiya ta’minoti tizimining tashkiliy
tuzilmasini yanada takomillashtirish, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan o‘z vaqtida moliyalashtirish
hamda ularni to‘liq hajmda to‘lash, shuningdek, respublika fuqarolarining
pensiya ta’minotiga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi
ustidan nazoratni kuchaytirishga xizmat qiladigan qator yangiliklarni joriy
etish belgilangan.
Ayni paytda hujjatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi zimmasiga qo‘shimcha
vazifalar yuklangan. Yangi tuzilma fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar,
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pensiyalar hamda boshqa to’lovlarning
miqdori qayta hisoblab chiqilishini ta’minlaydi. Mehnat mayibligi
yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik bo‘yicha tayinlangan pensiyalarga
doir munosabatlami amalga oshiradi.
Pensiya ta’minoti tizimiga kiritilgan bunday yangilik fuqarolarni
ijtimoiy muhofazalash samaradorligini oshirish, tibbiy-mehnat ekspertizasi
xizmati faoliyatini tashkil etish imkonini beradi. Zotan, fuqarolarga pensiya
tayinlashning amaldagi tizimini takomillashtirish, mavjud ijtimoiy himoya
tizimining samaradorligini oshirishni davrning o‘zi taqozo qilmoqda.
Mamlakat iqtisodiy salohiyati va odamlar ijtimoiy muhofazasi bilan bog‘liq
117
ushbu masalada belgilangan qonun-qoidalarga qat’iy amal qilinishini
ta’minlash muhim ahamiyatga ega.
Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi tarkibida Byudjetdan
tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi
ustidan nazorat boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalarida tegishli
bo‘limlar tashkil qilinadi. Ular tomonidan yangi tayinlangan pensiya va
nafaqalarning hisoblab chiqilishi, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan imtiyozlar qo‘llanilishi to‘g‘riligini, shu jumladan fuqarolarning
pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildida birlamchi hujjatlarning to‘liqligi va
ishonarliligini tekshirish yo‘li bilan yoppasiga tekshiruvlar amalga oshiriladi.
Ishlovchi pensionerlarga mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar,
tashkilotlar, muassasalar tomonidan pensiyalar hamda nafaqalarning
hisoblab yozilishi va to‘lanishi to‘g‘riligini reja asosida tekshiradi. Bu esa o‘z
navbatida fuqarolarga pensiya va nafaqalar o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishining
tizimli monitoringini olib borish, qoidabuzarliklarga qarshi tegishli choralarni
ko‘rish imkonini beradi.
Davlatimiz tomonidan izchillik bilan aholining ijtimoiy zaif va himoyaga
muhtoj qatlamlarini ijtimoiy-moddiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan
kompleks chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda hamda bu tadbirlar
1997-yildan buyon har bir kelayotgan yilni muayyan nomlar bilan nomlanishida
fuqarolarning ayrim qatlamlarini qo‘lla-quvvatlashga yo‘naltirilgan
ishlarimizda o‘z ifodasini topmoqda.
Yon-atrofimizda yordamga ehtiyoj sezib yashayotgan yolg‘iz keksalar,
nuroniylar va nogironlarga zarur ko‘mak va ma’naviy madad berish masalasi
davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida. El-yurtimizga xizmati singgan,
katta hayotiy o‘gitlari bilan ibrat bo‘lib kelayotgan muhtaram faxriylar va
pensionerlami har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular sog‘lom va mazmunli
umr kechirishi uchun barcha shart-sharoitni yaratish yo‘lidagi izchil
sa’y-harakatlar buning yorqin dalilidir. Prezidentimizning «Fuqarolarning
pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi farmoni ham ana shunday ezgu maqsadga xizmat qiladi.
118

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin