257
a) rasmdan ko‘rish mumkinki, soliq har
bir firmaning uzoq muddatli
oraliqdagi o‘rtacha xarajatini siljishga olib keladi. Bu o‘z navbatida ba`zi bir
xarajatlari yuqori bo‘lgan firmalar foydasini qisqartirib nolga tenglashtiradi. Ular
bu tarmoqdan chiqib boshqa, ko‘proq foyda oladigan tarmoqlarga o‘ta boshlaydi.
Natijada bu bozor taklifi chizig‘ini chapga (b rasm) yuqoriga siljitadi (
1
S
dan
2
S
holatga) va xarajatlr oshganinin ko‘rsatadi. Bozor narxi
1
P
dan
2
P
ga o‘sadi,
bozor taklifi esa
1
Q
dan
2
Q
ga kamayadi. Soliq ta`siri tugagandan keyin, ya’ni
tarmoqda yangi uzoq muddatli muvozanat (
E2
nuqta) vujudga kelganda tarmoqda
kamroq mahsulot ishlab chiqaruvchi kamroq firma qoladi.
18.4.
Raqobatlashgan bozor samaradorligi
Biz ko‘rdikki davlatning bozor mexanizmiga aralashuvi jamiyatda to‘liq
yo‘qotishga olib keladi. Shuning uchun ham davlat o‘zining iqtisodiy siyosatini
shlab chiqqanda to‘liq yo‘qotishlarni hisob-kitobdan chetda qoldirmasligi kerak.
Lekin, bundan davlatning raqobatlashgan bozorga aralashuvi har doim ham
yo‘qotishlarga olib kelaveradi, deb bo‘lmaydi. Quyidagi
ikki holda davlatning
aralashuvi raqobatlashgan bozorda iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning
turmush darajasini o‘sishga olib keladi.
Birinchidan, iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning harakati natijasida
vujudga keladigan yutuq yoki yo‘qotish bozor narxida o‘z ifodasini topmasa.
Bunday yo‘qotish yoki yutuqlar bozorga nisbatn tashqi samara deyiladi, nima
uchun deganda, ular bozorga nisbatan tashqarida ro‘y beradi. Bozorga nisbatan
tashqi samaraga misol qilib ishlab chiqaruvchilar
tomonidan atrof-muhitni
zaharlash natijasida vujudga keladigan jamiyat xarajatlarini keltirish mumkin.
Ushbu xarajatlarni faqat davlatning aralashuvi orqali bartaraf qilish mumkin (bu
masalaga keyingi boblarning birida batafsil to‘xtaymiz).
Ikkinchidan “bozor qiyinchiligi” - bu yerda mahsulotning sifati, kim
tomonidan, qachon ishlab chiqarilganligi to‘g‘risida axborotning to‘liq
bo‘lmasligi, iste’molchilarni ortiqcha yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin, ya’ni
iste’molchi naflikni maksimallashtiradigan tovarlarni sotib olish bo‘yicha to‘g‘ri
qaror qilolmasligi mumkin. Bunday holda davlatning aralashuvini (tovarlar
yorlig‘ida tovar to‘g‘risida to‘liq axborot bo‘lishni davlat tomonidan talab
qilinishi) samarali deb qarash mumkin.
Raqobatlashgan bozorning muvozanat holatda ishlashi iste’molchi va
ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini maksimal bo‘lishini ta`minlaydi, demak,
muvozanat holatda iste’molchilr o‘z talabini
mavjud ishlab chiqarish
xarajatlarida mumkin bo‘lgan eng past narxda qondiradi. Raqobatlashgan bozor
samaradorligi ishlab chiqarishni ta`minlaydi.
Uzoq muddatli oraliqda raqobatlashgan bozorning muvozanat holati sharti
quyidagicha tenglik bilan ifodalanadi:
P
AC
MC
MR
(18.14-rasm).
258
Ma`lumki qisqa muddatli oraliqda, raqobatlashgan
bozor sharoitida firma
ortiqcha foyda olishi yoki zarar ko‘rishi mumkin. Lekin, uzoq muddatli oraliqda
bunday holat istisno qilinadi, nima uchun deganda,
tarmoqga kirish, undan chiqish
erkin bo‘lganda, tarmoqdagi yuqori foyda boshqa firmalarni o‘ziga jalb qiladi,
tarmoqdagi zarar bilan ishlaydigan firmalar boshqa tarmoqqa o‘tadilar.
Dostları ilə paylaş: