Aqliy tarbiya va ta’lim jarayonini tashkil etishni kuzatish. Bolalarni aqliy jihatdan rivojlanishiga rahbarlik.
1.Ilgarida qо‘llanilgan qaysi tarbiyaviy ta’sirlar bolaning ruhi va fe’l – atvorida sifat jihatdan о‘zgarishlarga olib kelgan?
2.Bolalarni faol nutqini shakllantirishdagi asosiy usullarni belgilash.
3.Mehnat topshiriqlarini mustaqil bajarish jarayonlariga rahbarlik va kuzatishning xususiyatlari.
4.Tarbiyachi tomonidan mavzuni bayon etish shakllari va bolalar tomonidan о‘zlashtirish sifati.
5.Ta’lim usullari va bilim kо‘nikmalarining mazmundorligi.
6.Tarbiyachi tomonidan rahbarlik usullari.
Bolalarning sensor tarbiyasini kuzatish: 1.Turli yosh guruhlarda bolalarning sensor rivojlanishi hususiyatlarini aniqlash.
2.Bolalarning aqliy va sensor rivojlanishida predmetlar harakatining rolini aniqlash.
3.Bolalarning ruhiy rivojlanishida faol amaliy faoliyatning ta’sirini, irodaviy va ijobiy hissiyotlar sifatini o’rganish va shakllantirish.
4.Nutqda ifoda etilishini shakllantirish.
5.Predmetlar va qo’llanmalar bilan o’yinni o’tkazilishi.
MTMda mashg’ulot jarayonini kuzatish. 1.Talabalar mashg‘ulotni kuzatadilar,bunda dastur mazmuni bilan oldindan tanishadilar.
2.Mashg‘ulot tuzilishi, uning mantig’i (davomiyligi, bolalarga beriladigan о‘quv topshiriqlarning turlari va mazmuni)
3. Pedagog tomonidan qо‘llanilgan о‘qish uslubiyotlari
4. Bolalar jamoasini tashkil etish qobiliyati
5. Kо‘rgazmali vositalar va undan foydalanish yо‘llari.
6. Bolalarning yosh va yakkama – yakka xususiyatlarni hisobga olinganligiga e’tibor berish..
Axloqiy tarbiya berish jarayonini kuzatish. 1.Bolalar jamoasini shakllantirish. Bolalarning birgalikdagi hayot tarzlarini tashkil etish.
2.Turli faoliyat jarayonida (о‘yin, mashg‘ulot, kо‘ngil ochish, о‘zaro munosabat va boshqa faoliyatlardagi ish mazmuni va xarakter birligi)
3.Odob-axloq qoidalariga amal qilishlari va bajarilishi (bolalarning tartibli va saranjom – sarishtaligi, buyumlari bilan munosabati, kattalar va о‘z tengdoshlari bilan muloqoti, ovqatlanishi, kiyinishi va uyquni tashkil etishdagi axloq sifat darajalari, oziq – ovqatlarga va nonga bо‘lgan munosabatlari)
4.Bolalarning axloqi, bilimi, saviyalari va xususiyatlari.
5.Maktabgacha ta’lim muassasasi dasturi talablarga javob berishi, mosligi va baholash.
6.Tarbiyachi tomonidan bolalarning birgalikdagi faoliyatiga rahbarlik.