О‘zbekiston respublikasi


Fakultet kengashi raisi: __________ Bekmuratov N.Sh



Yüklə 146,05 Kb.
səhifə2/8
tarix20.11.2023
ölçüsü146,05 Kb.
#162340
1   2   3   4   5   6   7   8
36828 3-курс амалиёт

Fakultet kengashi raisi: __________ Bekmuratov N.Sh.
Dastur Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universitet ining kengashida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan.
2015-yil “_28__” -avgustdagi 1 ‑ sonli majlis bayoni

KIRISH
О‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim tо‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da pedagogik kadrlar tayyorlash tizimi ishini tubdan yangilash vazifasi qо‘yiladi. Unda: «О‘zlarining kasb-kor kо‘nikmalari va muallimlik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari lozim» deyiladi. Kadrlar tayyorlashning nazariy-amaliy jihatlari va uning mohiyati Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov asarlarida tо‘laqonli yoritib berilgan. «Kadrlar tayyorlashning sifati, erkin fikrlovchi shaxs – fuqaroni kamol toptirish ertaga sinf xonalar va auditoriyalarda kimlar dars va saboq berishiga bog‘liq» deyiladi.


О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi va Nizomida ham pedagog xodimlar tayyorlashga katta e’tibor qaratilib, maktabgacha ta’lim bо‘yicha yangicha fikrlay oladigan, xalq pedagogikasining ulkan tajribasi, milliy an’ana, qadriyatlarni, xalq ijodiyotining boy meroslaridan bola tarbiyasida qо‘llay oladigan xodimlar tayyorlash masalasi alohida о‘rin egallaydi.
Bu masalalar maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyaviy ishlarni rang-barang, yangicha yо‘nalishda tashkil etilishini taqozo etadi.
О‘quv amaliyot davrida talaba ijtimoiy-siyosiy, pedagogika, ruhshunoslik va maxsus metodikalar yuzasidan о‘zlashtirgan bilimlariga muvofiq, maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyaviy, о‘quv ishlari bilan bog‘liq faoliyatida ishtirok etishi tufayli, pedagogik kо‘nikma va malakalarni egallab boradi, ayni vaqtda о‘zining pedagogik faoliyatiga bо‘lgan qiziqishi va qay darajada loyiqligini, qobiliyatini sinovdan о‘tkazadi.
О‘quv amaliyot davrida bо‘lajak tarbiyachi – maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va о‘tkazish, maktabgacha yoshdagi bolalar va ularning ota-onalari bilan bola tarbiyasi muammoli masalalarni hal etish;
- maktabgacha ta’lim muassasasi ishini har tomonlama о‘rganish va tahlil qilish;
- turli mazmundagi metodik ish shakllarini kuzatish, о‘rganish, tahlil qilish;
- bolalarning mustaqil faoliyatlarini tashkil eta olish malakalari shakllanadi.
О‘quv amaliyotining yо‘nalishi va mazmuni о‘quv rejasiga muvofiq murakkablashib, takomillashib boradi.
Maktabgacha ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha o’quv amaliyoti 3 - bosqichning 6 semestr - 2 hafta davomida 4 soatdan maktabgacha ta’lim muassasalarida o’tkaziladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida о‘tkaziladigan о‘quv amaliyoti – bu ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarni va boshqa faoliyat turlarini mustaqil tashkil eta olish, bolalar va ota-onalar bilan ishlay olish malakalari bilan bog‘liq bо‘lgan nazariy va amaliy masalalar, pedagogika bilimlarini chuqurlashtirishga va pedagogik qobiliyatlarini yanada takomillashtirish masalalari hal etiladi.
О‘quv amaliyot davomida har bir talaba о‘zi tanlagan kasbiga munosabati, pedagogik faoliyatga qiziqish, shu sohadagi tayyorgarlik darajasi shakllanadi.
О‘quv amaliyot – ilg‘or ish tajribalarini о‘rganish maskani, mahorat maktabi hisoblanadi

Yüklə 146,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin